6-sinf tarix fanidan monitoring test O’quvchining f i. / sinf /sana
Download 139.37 Kb.
|
6-Sinf Tarix mavzulashtirilgan test 1042 (2)
4-Eneolit va bronza asri ziroatchilari (23)
Savollar va javobi1. Qaysi davrda insonlar birinchi metall-misdan foydalanishga o’tganlar? neolit davri oxirida 2. Eneolit davri qaysi mingyillikga to’g’ri keladi? mil.avv.4-3 mingyilliklar 3. Qadimgi Sharqda qachon ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshlagan? mil.avv.4-mingyillikda 4. O’rta Osiyoda sug’orma dehqonchilik qachon vujudga keldi? mil.avv.4-mingyillikda 5. O’rta Osiyoda qachon xom g’ishtdan ko’p xonali uylar qurila boshlangan? mil.avv.4-mingyillikda 6. O’rta Osiyoda qachon kulolchilik humdonlaridan foydalanishga o’tilgan? mil.avv.4-mingyillikda 7. O’rta Osiyoda qachondan sopol idishlar hayvonlar, qushlar va o’simliksimon naqshlar bilan bezatiladigan bo’ldi? mil.avv.4-mingyillikda 8. Bronza qachondan boshlab mehnat–qurollari va zeb-ziynat tayyorlashda ishlatiluvchi asosiy materialga aylangan? mil.avv.3-mingyillik o’rtalarida 9. Qaysi davrda odamlar termachilik va ovchilikdan dehqonchilik va chorvachilikka o’tdilar? bronza 10. Patriarxat davri qachon boshlangan? mil.avv.3-mingyillikda 11. Patriarxal oila - bu... ota tomonidan qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topgan oila 12. Ilonlar tasviri tushirilgan tosh tumor qaysi mingyillikka oidligini aniqlang. mil.avv.2-mingyillik 13. Bronza davriga oid Zamonbobo manzilgohi qayerdan topilgan? Buxoro viloyati Qorako’l tumani 14. Chorvadorlar va dehqonlarning qadimiy manzilgohi Zamonbobo qaysi mingyillikka oidligini aniqlang. mil.avv.2-mingyillik 15. Qadimgi ziroatchilar manzilgohi Sopollitepa qayerdan topilgan? Surxondaryo viloyati Sherobod tumani 16. Qaysi manzilgohdan yirik-yirik xumlarda saqlangan bug’doy va arpa doni topilgan? Sopollitepa manzilidan 17. O’zbekiston janubidagi bronza asri dehqonlari manzilgohi Sopollitepa qaysi mingyillikka oid? mil.avv.2-mingyillik 18. Jarqo’ton manzilgohi qachon vujudga kelgan? uch yarim ming yil muqaddam 19. Jarqo’ton manzilgohi qayerda vujudga kelgan? Surxondaryo viloyati Sherobod tumani 20. Qaysi manzilgoh ikki qismdan: qasr va jamoa a’zolari, hunarmandlar va savdogarlarning arkni qurshab turgan uylaridan iborat edi? Jarqo’ton 21. Qaysi manzilgoh qurilishida shaharning ilk alomatlari mavjud bo’lgan? Jarqo’ton 22. Odamlar qaysi davrda kulolchilik charxi va g’ildirakni kashf etganlar? bronza 23. Qaysi manzilgohda O’zbekiston hududidagi ilk ibodatxona qoldiqlari bo’lgan? Jarqo’ton Download 139.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling