6-sinf tarixdan mavzuli testlar Raximjon Xamrabayev
Download 294.87 Kb.
|
6-SINF MAVZULI TEST
39 –mavzu ( 25 ta)
1.Rimda nima sababdan shaharlar ko’paydi? a)hududi kengayib borgani uchun b) qullar soni ko’payib borgani sari c)shaharda aholi soni ko’payib borgani sari d)qishloqliklar shaharga ko’chib kela boshlaganlari uchun 2.Rimda osma quvurlar nima deb atalgan? a) charxpalak b)ko’prik c) akveduk d) freska 3.Rimliklarning kiyimi nima deb atalgan? a)toga b) villa c) rido d) po’stin 4.Rim respublikasida odamlar qanday binolarda istiqomat qilishgan? a)loydan qurilgan uylarda b)qamishdan yasalgan uylarda c) ikki-uch qavatli bonolarda d) paxsa bilan o’ralgan uylarda 5.Badavlat odamlar uylarida qanday imkoniyatlarni yaratishgan? a) hayvonlarni boqishgan b)markaziy isitish tizimi bo’lgan c)hovuzlar qura boshlagan d) qullarni saqlashgan 6.Shisha yoki tosh parchalaridan ishlangan sur’at nima deb atalgan? a)freska b)mozaika c)toga d) akveduk 7.Rimda shohona uy-joylarni nima deb atashgan? a) villa b) dala hovli c)g’ishtli uylar d) akveduk 8.Xom suvoqqa ishlangan rasmlar nima deb atalgan? a)akveduk b)freska c)villa d)mozaika 9.Qullar sotiladigan bozor qaysi shaharda bo’lgan? a)Pampey b)Italiya c)Rim d)har bir shahrida 10.Odamlarning jamiyatdagi o’rnini nima bildirib turgan? a)kiyib yurgan liboslari b)qilgan ibodatlari c)qilgan ishlari d)bosh kiyimlari 11.14 yoshgacha bolalar qanday rangli toga kiyishgan? a)sariq *b)pushti c)yashil d) oq 12. Oppoq rangdagi togani kimlar kiygan? a)14 yoshli kattalar b)12 yoshdan kattalar c)10 yoshdan kattalar d)ayollar 13.Rimliklar jangda mag’lubiyatga uchrashsa qanday xayolga borishgan? a)qurbonlik qilmadik deb o’ylashgan b) xudolar sharafiga gulxan yoqish kerak c)urush Xudosi Marsning jahlini chiqardik d)Xudolar bizni qarg’adi. 14.Rim davlatining homiysi kim bo’lgan? a)Mars b) Morfey c)Fortuna d) Yupiter 15.Neptun qaysi xudo? a) dengiz b) uyqu c) osmon d) taqdir ilohasi 16.Uyqu xudosi kim bo’lgan? a) Diana b)Vulqon c) Morfey d)Yupiter 17.Sevgi xudosi kim bo’lgan? a)Venera b) Morfey c) Baxus d) Vulqon 18.Baxus kim bo’lgan? a)bahor xudosi b) yashin xudosi c) ov xudosi d) may xudosi 19.Sudlov ilohasi kim bo’lgan? a) Yustitsiya b)Fortuna c) Yupiter d) Diana 20.Qurbonliklar baxsh etiladigan ko’tarma joy nima deb atalgan? a)akveduk b) villa c) forum d) altar 21. Yupiterning haykali qayerda o’rnatilgan? a)bozorlarda b) ibodatxona c)saroylarda d)agorada 22.Marosimlarni o’tkazilishi ustidan nazorat qilgan kohinlarni kim deb atashgan? a)avgurlar b) kohinlar c)pontifiklar d)vestalkalar 23.Fol ochuvchi kohinlarni kim deb atashgan? a)avgurlar b)kohina c)pontific d) vestalkalar 24.Ayol kohinalar kim deb atalgan? a)avgurlar b) pontifiklar c) kohinlar d) vestalkalar 25.Vestalkalarni majburiyatlari nimadan iborat edi? a)fol ochish b)olovni saqlash c )marosimlarni o’tkazish d)xudolar bilan maslahatlashish Download 294.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling