6-sinf tarixdan mavzuli testlar Raximjon Xamrabayev


qurilmalar bilan qurshalgan tomsiz katta inshoat


Download 294.87 Kb.
bet58/60
Sana10.11.2023
Hajmi294.87 Kb.
#1765335
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
6-SINF MAVZULI TEST

qurilmalar bilan qurshalgan tomsiz katta inshoat.


Animizm – insonni qurshab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga ishonch. Lotincha «anima» so‘zi «jon», «ruh» tushunchalarini anglatadi.


Antik – lotincha «qadimgi» ma’nosini bildiradi.


Antik tarix – Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim davri ta rixi.


Antropologiya – yunoncha «antropos» – odam, «logos» – fan
so‘zlaridan iborat bo‘lib, «odam haqidagi fan» ma’nosini anglatadi.


Argonavtlar – oltin mo‘ynani (sehrli qo‘chqor terisini) izlab,


«Argo» degan ko‘p eshkakli kemada dengiz sayohatiga chiqqan Ellada qahramonlari.
Arxeologiya – yunoncha «arxayos» – qadimgi, «logos» – fan, degan so‘zlardan tashkil topgan, ashyoviy manbalarni o‘rganuvchi va ular bo‘yicha tarixiy o‘tmishni qayta tiklovchi fan; qadimshunoslik ma’nolarini anglatadi.


Budda – Siddhartha Gautamaning ikkinchi ismi, laqabi; «ma’rifatlangan» tarzida tarjima qilinadi.


Buddaviylik – miloddan avvalgi VI asrda Hindistonda Sid dhartha Gautama tomonidan asos solingan diniy ta’limot.


Varvar – dastlab: yunon tilida so‘zlashmaydigan har qanday chet ellik kishi; keyinchalik bu so‘z madaniylashmagan odamlarga nisbatan ishlatiladigan bo‘ldi.


Gilgamish – Mesopotamiyaning afsonaviy qahramoni, tarixiy shaxs, Uruk shahri podshosi.


Goplit – Qadimgi Yunoniston va Yunoniston-Makedoniya armiyalarining og‘ir qurollangan piyoda jangchisi.


Demokratiya – yunoncha «xalq hokimiyati», har bir fuqaro o‘z mamlakatini boshqarish masalasi bo‘yicha o‘z fi krini bayon etadigan, shuningdek, davlat boshqaruvida ishtirok etadigan ijtimoiy tuzum.



Download 294.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling