6-sinf uchun ona tili va adabiyot fanidan imtihon savollari


Download 15.18 Kb.
Sana09.05.2023
Hajmi15.18 Kb.
#1448197
Bog'liq
6-sinf imtihonnnnnWord (2)



6-sinf uchun ona tili va adabiyot fanidan imtihon savollari
Havo ochiq. Quyoshning iliq taftidan, tungi yomg’irdan so’ng hovli yuzi selgib, yengil hovur ko’tarilib turardi. Yaqindagina keltirilgan bolalar hali xonalarga joylashmagan. Katta oshxona binosi yonida to’da-to’da bo’lib turishardi. Aftidan, har bir bola o’z vagonidagilar to’dasida edi. Ularning shovqin-suroni, bir-birini yig’latgan, qichqirib chaqirishgan ovozlari hovlini boshiga ko’tarib, quloqni qomatga keltirardi. Yoqasi qolsa ham beqasam, deyilganidek, duch kelgan narsani ilib olishgan, birontasining egnidagini kiyim qatoriga qo’shib bo’lmasdi.
1Yuqoridagi matn kimning qaysi asaridan olingan?
2.Matndan ravish so’z turkumiga oid so’zlarni toping.
3. Matndan yordamchi so’z turkumlariga oid birliklarni toping.
4. Matnda ishtirok etgan qo’shma fe’llarga misol yozing.


5.Matn yuzasidan o’z xulosangizni yozing.

7-sinf. Ona tili va adabiyot
Kampir hali ham boshdan oyoq oq kiyib, o`g`li Ibrohimga aza tutib yurardi. Faqat qaddi avvalgidan biroz bukchayganroq. Lekin ko`zlari Boburning yuziga tushganda uning og`ir kasalga o`xshab sarg`ayib qolganidan qanoat hosil qilganday mamnun yiltiradi.
Beklar hamon Baydaning o`ldirilishini talab qilmoqda edilar.
Malikaga zimdan tikilib turgan Bobur so`nggi takliflardan Baydaning rangi o`chib, yuzi ko`kimtir tusga kirganini ko`rdi, Shunda Muhammad Do`ldayning ishorasi bilan beklar jim bo`ldilar.
Savollar:

  1. Matn kimning qaysi asaridan olingan?

  2. Matndan yordamchi so`z turkumiga oid birliklarni toping.

  3. Matn tarkibidagi ravishlarni toping.

  4. Qaysi kelishik qo`shimchalarini olgan so`z o`zi bog`langan so`z bilan ketma-ket kelganda belgisiz qo`llanadi?

  5. Fonetik hodisalar necha turga bo`linadi? Har biriga misollar yozing.

  6. 5ta ibora yozib, ma’nosini izohlang.


Download 15.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling