6-sinflar uchun Nazorat ishlari
Download 98 Kb.
|
6-sinf nazorat ishi
TARIX fanidan 6-sinflar uchun nazorat ishlari 6-sinflar uchun Nazorat ishlari Tarixdan hikoyalar fanidan yil davomida o`quvchilardan olinadigan 8 ta nazorat ishlari I-Nazorat ishi Nazorat ishlarini o`tkazishdan maqsad: o`quvchilarni tarixiy bilimlarini chuqurlashtirish; tarixiy xotira, tarixiy tafakkurni shakillantirish; olgan bilimlardan xulosalar chiqarishga o`rgatish. O`tilganlarni takrorlash uchun “tarixiy diktant” o`tkazish tavsiya qilinadi. Tarixiy diktant o`tkazish quyidagicha bo`lishi mumkin.Bunda nuqtalar o`rniga to`g`ri javoblarni o`quvchining o`zi qo`yishi kerak bo`ladi. Qadimgi bitiklarni o`rganish bilan ................., tangalarni o`rganish bilan esa .............. degan maxsus fan shug`ullanadi. ......................... qadim zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda qazish ishlarini amalga oshiradilar. Miloddan avvalgi V asrda yashagan yunon tarixchisi ............ turli mamlakatlarga sayohat qilib o`zining to`qqiz kitobdan iborat “............” asarini yozgan. A.P.Okladnikov tomonidan ............yilda Boysun tog`laridan topilgan .................. g`ori jahonga mashhurdir. Mezolit davrida inson .......... yasashni o`rganib oldi va chopqir hayvonlarni ovlash imkonini qo`lga kiritdi Zamonbobo Buxoro viloyatini ............ tumanida joylashgan .......... davri manzilgohidir. Temirdan birinchi bo`lib Kichik Osiyodagi ........ miloddan avvalgi XIV-XIII asrlarda foydalandilar. Topshiriq javoblari :epigrafika, numizmatika,Arxeologlar, Geradot, Tarix ,1938, Teshiktosh, o`q –yoy, Qorako`l, bronza, xettlar. Mazkur diktantni baholash quyidagicha bo`lishi munkin 11 yoki 9 ta javobni to`g`ri yozgan bo`lsa -5 ball; 8 yoki 7 ta javobni to`g`ri yozgan bo`lsa -4 ball; 6 yoki 5 ta javobni to`g`ri yozgan bo`lsa -3 ball; 4 yoki 3 ta javobni to`g`ri yozgan bo`lsa -2 ball; 2 yoki 1 ta javobni to`g`ri yozgan bo`lsa -1 ball; Download 98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling