6-topshiriq bajardi: Asadbek Ashirov guruh: 052-20 Reja: Kompyuter protsessorlarining tuzilishi


-rasm. K580VM80 protsessorining chizmalardagi ko‘rinishi


Download 1.21 Mb.
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1503562
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
A-a-6

3-rasm. K580VM80 protsessorining chizmalardagi ko‘rinishi.
K580VM80 protsessorining ichki tuzilishi 4-rasmda keltirilgan. Protsessorni tashkil etuvchi qismlarini tartib bilan batafsil ko‘rib chiqamiz. Tushuntirishlarni Intel protsessorlari oilasiga mansub, so‘z uzunliklari mos holda 16 va 32 razryadga teng bo‘lgan Intel 8088 va Pentium 4 protsessorlarining tuzilishlarini hisobga olgan holda, hamda ularning barchasini o‘zaro taqqoslashlar asosida amalga oshiramiz.
K580VM80 protsessori ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan 8- razryadli ichki ma’lumotlar shinasiga ega. Protsessorda, tashqi shina bilan ma’lumot almashinish, oraliq registrlar (Buffer Register - BR) yordamida amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni va adreslarni vaqtincha saqlash uchun mo‘ljallangan, hamda ularni ikki tomonga uzatib bera oladigan oraliq registrlarining chiqishlari uchta holatdan birida bo‘lishi mumkin. Bular kuchlanishning yuqori (1) va pastki (0) sathlari, hamda kirish qarshiligi yuqori bo‘lgan holat. Uchinchi holatda protsessorni tashqi shinadan uzib quyish mumkin bo‘ladi.
Bunda tashqi qurilmalarni tezkor xotira bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish (Direct Memory Access - DMA) amalga oshiriladi. Protsessorning 16-razryadli adres shinasi yordamida 64 Kbayt hajmga ega bo‘lgan tezkor xotirani bevosita adreslash amalga oshiriladi. Quyida keltirilgan UMPK-80 stendining vositalarini ko‘rsatuvchi 5-rasmda ham, yuqorida aytib o‘tilgan shinalarni ko‘rish mumkin.
4-rasm. K580VM80 protsessorining ichki tuzilish chizmasi.
Protsessorning ichki xotirasi sakkizta 8-razryadli - W2, W3, B, C, D, E, H, L va uchta 16-razryadli – buyruqlar sanagichi (PC), stekni ko‘rsatuvchi (SP) va boshqariluvchi adres registrlaridan tashkil topgan. B, C, D, E, H, L registrlari umumiy tayinlanadigan registrlar to‘plami deyiladi. Ulardan, bajarilayotgan buyruqning xiliga qarab mustaqil 8-razryadli registrlar yoki 16-razryadli juft registrlar BC, DE, HL sifatida foydalaniladi. W2, W3 registrlari esa oraliq registrlar hisoblanadi. Ularga dastur orqali murojaat qilish mumkin emas. W2, W3 registrlardan protsessor ichida bajarilayotgan buyruklar bilan ishlash davomida foydalaniladi.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling