6-Topshiriq mavzu: Qadimgi Hindiston


Download 188 Kb.
bet6/14
Sana10.11.2021
Hajmi188 Kb.
#173336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
faqat shu kompyuterda boldi

2.Oriylar muammosi. 

 Qadimgi hind-oriylar va eroniylar tili birmuncha o‘xshash bo‘lgani, ular dastlab yagona o‘lkada yashaganligi haqidagi farazni yuzaga keltiradi. Tilshunoslik va boshqa fanlarni qiyoslab ko‘rsatishicha, qadimgi hindlar va eroniylar qo‘shni bo‘lib, hind-oriy birligini tashkil etganlar. Masalan, bu xalqlar tili va qadimiy yozma asarlari («Avesto», «Veda») o‘zaro yaqinligi, diniy va ijtimoiy jarayonlar o‘xshashligi fikrimiz dalili bo‘la oladi.

Hind-oriy qabilalari ajdodlari avvalo Markaziy Osiyo va unga qo‘shni o‘lkalarda yashagan degan fikr keng tarqalgan farazlardan biridir. Bu hududda yashaganlarning bir qismi Hindistonga, qolganlari esa Old Osiyoga ko‘chib o‘tganlar.

Ular madaniyatining izlari taxminan miloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalariga borib taqaladi. Undan so‘ng Midiya forslarining ajdodlari bo‘lgan eroniy qabilalar G‘arbiy Eron tomon siljib borganlar.Boshqa fikr tarafdorlari hind-oriylarning asl vatani janubiy rus dashtlarida deb aytadilar. Hind-oriylar bu yerlardan Kavkaz orqali Hindiston va Eron tomon ko‘chib borganlar. Ba’zi olimlar oriylar Hindistonga har ikkala yo‘l, ya’ni Kavkaz va Markaziy Osiyo orqali kelgan bo‘lishi mumkin deb taxmin qiladilar.Har yili Markaziy Osiyoda arxeologlar qo‘lga kiritgan materiallar boyib bormoqda. Qazish ishlari va yangi topilmalar Markaziy Osiyoda bronza davri hamda Markaziy Osiyoning Xarappadan keyingi madaniyati o‘rtasidagi o‘zaro aloqalaridan guvohlik beradi.

Oriy qabilalarining joylashishi davomli va murakkab jarayon bo‘lib, olimlar ta’kidlashicha, u bir necha asrga cho‘zilgan. Veda matnlari va arxeologik materiallari hind-oriy qabilalarining umumiy miqiyosda sharqqa harakati va Gang vodiysini o‘zlashtirishini kuzatish imkonini beradi. O‘sha davrda ham mahalliy qabilalar bilan harbiy to‘qnashuvlar, oriy qabilalarining ichida ham o‘zaro nizolar bo‘lib turgan.

Olimlar oldida oriylar dastlab Hindistonning qaysi viloyatlarida paydo bo‘lganligini aniqlash kabi yana bir murakkab masala turibdi. Bizgacha yetib kelgan eng qadimiy yodgorlik – Rigveda miloddan avvalgi II ming yillik oxiriga mansub deb topilgan. Lekin bu asarning yaxlit to‘plam sifatida yig‘ilishi jarayoni ancha vaqtni talab qilgan. Demak Rigveda mualliflarining, ya’ni hind-oriylarning kirib kelishi ancha oldin, taxminan miloddan avvalgi XIII-XII asrlarda ro‘y bergan. Shu bilan birga, olimlar hind-oriy qabila guruhining Hindistonga bu yerda Rigveda asoschilarining paydo bo‘lishidan avval kelgan bo‘lishi mumkinligini ham inkor qilmaydilar

Oxirgi paytda hind-oriylar bilan veda davrining muayyan arxeologik madaniyatini o‘zaro bog‘lash imkonini beradigan muhim arxeologik materiallar topildi. Bu tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, Panjob, Jamna va Ganganing yuqori qismlari, bu daryo vodiylari, Ollohobod hamda shimoli-sharqiy Rajaston o‘lkalarida kulrang naqqoshlik madaniyati tarqalgan. Olimlar uning rivojlanish tarixini ikki qismga bo‘ladilar. Birinchisi ko‘proq shimoliy o‘lkalarda miloddan avvalgi XI asrga qadar davom etgan, ikkinchisi Xaryanadan janubda va shimoli-sharqiy Panjobda miloddan avvalgi 1000-500 yillargacha tarqalgan. Olimlarning so‘nggi kashfiyotlari Xarappa qishloqlarining kulrang naqqoshlik sopol madaniyati bilan bevosita aloqada bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bu topilmalar so‘nggi xarappaliklar bu madaniyat asoschilari bilan muloqotda bo‘lish bilan cheklanmay, balki o‘zaro uzoq davr hamkorlik qilishganligi xaqidadalolat beradi.

Qadim o‘rmonzorlar orasida yashash juda qiyin bo‘lgan. Hind-oriylar o‘rmonlarni tozalab yer ochishga majbur edilar. Ular turli hududlarga bir meyorda tarqalmaganlar. Ba’zi o‘lkalarda ular mahalliy qabilalar qarshiligiga deyarli duch kelmay, yangi yerlarni egallab, zudlik bilan janub va sharqqa tomon kirib borganlar. Boshqa joylarda hind-oriy qabilalari qattiq qarshilikka uchraganlar va yangi hudud va mahalliy qabilalarni kuch bilan bo‘ysundirganlar.

 

Hind-oriylarning Hindistonda mahalliy aholi bilan assimilyatsiyalashuvi va sharqqa siljishi tezroq kechgan. Hind-oriylarning Shimoliy Hindiston va keyinroq janubiy viloyatlar bo‘ylab keng yoyilishi veda qabilalarining ijtimoiy va siyosiy tizimlari taraqqiy etishi tufayli ro‘y bergan. Bu hol veda matnlarida o‘z aksini topgan.



Hind-oriylarning mahalliy qabilalar bilan o‘zaro aloqalariga oid ma’lumotlar tilshunoslik fani orqali ham o‘z isbotini topadi. Rigvedada dravit va munda tillaridan kelib chiqqan bir qancha so‘zlar uchraydi. So‘nggi veda matnlarida esa boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlar soni ko‘paygan. Masalan, Sanskritda, mahalliy o‘simliklar va hayvonot dunyosiga oid bo‘lmagan so‘zlar ko‘p uchraydi. Bundan tashqari tilga oid ma’lumotlar mahalliy qabilalarning diniy qarashlari hind-oriylarga ta’sir o‘zkazganidan dalolat beradi. Asta-sekinlik bilan o‘zida hind-oriy va mahalliy qabila yutuqlarini mujassamlashtirgan va Shimoliy hamda Sharqiy Hindistonning aksariyat aholisi uchun umumiy bo‘lib qolgan yangi madaniyat vujudga keladi. Ko‘plab tekshirishlar, arxeologiya, lingvistika, adabiy va diniy yodgorliklar ma’lumotlarini qiyoslash oqibatida olimlar uni faqat oriylar madaniyati, ya’ni kelgindi madaniyat sifatida o‘rganish noto‘g‘ri degan xulosaga keldilar. U miloddan avvalgi I ming yillikka doir hindlar madaniyatini tashkil etadi. Miloddan avvalgi I ming yillik o‘rtalarida Gang vodiysining o‘zlashtirilishi va shimoliy Hindistonda hind-oriylarning kelib joylashishi jarayoni yakunlanadi. Veda davrining tugashi va Magatxa-muariylar davri boshlanishini ayni shu vaqtdan deb belgilash mumkin.

Veda qabilalarining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik va chorvachilik bo‘lgan. Yerga ishlov berish rivoj topishi va aholining o‘troq hayot tarziga o‘tishi uchun ishlab chiqarish sohalarida temirdan foydalanish turtki berdi. Arxeologik qazish ishlari natijasiga ko‘ra, temir miloddan avvalgi X asrda ham Shimoliy Hindistonda ma’lum bo‘lgan, ammo keng ko‘lamda u keyinroq tarqaldi.

Temir qurollar yordamida Gang vodiysi o‘rmonzorlarini o‘zlashtirish, tuproq unumdorligini oshirish, sun’iy sug‘orish ishlari yengillashdi. Temir hunarmandchilik taraqqiyotini ilgari yetakladi. Yerni yog‘och omoch bilan haydab, ammo hosil o‘roq bilan yig‘ib olinar edi. Ko‘p o‘tmay, yog‘och omoch o‘rnini temir tishli moda egalladi. Bu esa toshloq yerlarga ishlov berishda ancha qo‘l keldi. Yerga ishlov berish xili ko‘p bo‘lgan, jumladan, yer haydash, ekish, hosil ko‘tarish, don-dun yanchish va h.k. Rigvedada sug‘orish uchun charxpalaklar, shu maqsadda maxsus qurilgan kanallar haqida ma’lumot keltiriladi.

Veda davri aholisi boshoqli ekinlar, shu jumladan arpa, guruch, dukkakli ekinlar (loviya, no‘xat va h.k.) ham yetishtirgan. Hind-oriylarga guruch ma’lum bo‘lmay, uni o‘stirish sirlarini ular mahalliy xalqdan o‘rgandilar.Veda qabilalari hayotida dehqonchilik bilan birga chorvachilik katta ahamiyat kasb etgan. Boylik asosan chorva boshiga ko‘ra o‘lchangan. Xastinapur shahri vayronalaridan yirik qoramol suyaklari topilgan.Aholi harakatlanishda ho‘kiz yoki ot qo‘shilgan aravalardan foydalangan. Veda qabilalari kichikroq, lekin mustahkam qo‘rg‘onlarda yashaganlar. Rigvedada nomi tilga olingan shahar-puralar qishloq markazlari va loydan solingan turar joylardan iborat bo‘lgan.




Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling