6 variant Amortizatsiya ajratmalari mohiyati ahamiyati,ulardan foydalanish normalariva yoʻnalishlari


Download 55 Kb.
Sana22.12.2021
Hajmi55 Kb.
#182451
Bog'liq
6 - variant


6 - variant

1.Amortizatsiya ajratmalari.mohiyati ahamiyati,ulardan foydalanish normalariva yoʻnalishlari

2.Aylanma mablagʻlar va ularning mohiyati va ahamiyati.Aylanma va muomala fondlar

3.Sifat tushunchasi va uni oshirish zaruriyati.Mahsulotini ishlab chiqarish va isteʼmol xossasi va uning tehnikaviy darajasi.

1.AMORTIZATSIYA AJRATMALARI — mahsulot tannarxiga kiritiladigan asosiy fondlar amortizatsiyasi summasi; asosiy fondlarni qisman tiklash (kapital taʼmir va yangilash) va toʻliq tiklash (renovatsiya) fondlarini yaratishga xizmat qiladi. Amortizatsiya ajratmalari meʼyorlari asosiy fondlar qiymatiga proporsional holda hisoblanishi, yaʼni taxm. foydalanish muddatiga tekis taqsimlanishi yoki kamayib boruvchi balans usulida — jadallashtirilgan tartibda hisoblanishi mumkin. Jadallashtirilgan tartibda foydalanishning birinchi yilida amortizatsiya meʼyori 2-marta oshiriladi, ikkinchi yili qoldiq qiymatining 20% va shu tarzda ajratmalar nazarda tutiladi. Natijada asosiy fondlar qiymatining qismi ular xizmat muddatining yarmidayoq amortizatsiyalanadi. Amortizatsiya meʼyorlarining pasaytirilishi asosiy fondlarning yangilanishini sekinlashtiradi, oshirilgan meʼyorlar mahsulot tannarxini qimmatlashtiradi. Shu sababli Amortizatsiya ajratmalari normativlari davlat tomonidan tartibga solinadi. Amortizatsiya ajratmalari taʼminlashi kerak boʻlgan asosiy shart asosiy fondlar eskirishini toʻliq qoplash va ularni takror yaratishni taʼminlashdir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat Amortizatsiya ajratmalari normativlarini belgilab, jadallashtirilgan amortizatsiya orqali tadbirkorlarga soliqqa tortiladigan foyda summasini kamaytirishga imkoniyat yaratib beradi. Ayni paytda asosiy fondlar qiymatini hisobdan chiqarishni tezlatish tadbirkorni asosiy fondlarning maʼnaviy eskirishi bilan bogʻliq ehtimoli boʻlgan zarar koʻrishdan saqlaydi, yangi texnika va texnologiyani tezroq joriy etishga ragʻbatlantiradi.



2.AYLANMA VOSITALAR (mablagʻlar) — korxona (xoʻjalik)ning xoʻjalik faoliyatini moliyalash uchun foydalanadigan pul mablagʻlari; A. v. aylanma i. ch. fondlari va muomala fondlaridan tashkil topadi. Aylanma i. ch. fondlari i. ch. jarayonida bir marta ishtirok etadi, har bir i. ch. davrida butunlay isteʼmol qilinadi, oʻz natural shaklini oʻzgartiradi, uning qiymati yetishtirilayotgan mahsulotga toʻliq oʻtadi va mahsulot sotilishi bilan pulga aylanadi (xom ashyo, materiallar, kelgusi davr xarajatlari, arzon baho anjomlar va Muomala fondlari — mahsulotning korxonadan chiqib to sotilishiga qadar muomala jarayonida band boʻlgan vositalar (sotuvga chiqariladigan tayyor mahsulot qiymati, kassadagi naqd pul mablagʻlari va bankdagi hisobvaraqsa turgan mablagʻlar). Aylanma fondlarning muomala fondlari bilan birikishi iqtisodiy jihatdan asosli boʻlib, mablagʻlarning muomala va i. ch. sohalarida taqsimlanishini nazorat etishga imkon beradi.Aylanma vositalar hosil boʻlish manbalariga koʻra korxonaning oʻz Aylanma vositalarga va qarzga olingan (jalb qilingan) Aylanma vositalarga boʻlinadi. Korxonaning oʻz Aylanma vositalar yillik moliya rejasiga muvofiq i. ch. zaxiralari, tugallanmagan i. ch., tayyor mahsulot zaxiralari barpo etish uchun zarur boʻlgan minimal ehtiyojlar asosida belgilanadi. Korxona oʻz Aylanma vositalar ining rejasidagi summasi normativ deb ataladi. Katta daromad oladigan korxonalar katta miqdorda oʻz Aylanma vositalar fondini barpo etadi. Qarzga olingan Aylanma vositalar mablagʻlarga boʻlgan vaqtinchalik ehtiyojlarni qondirishga moʻljallanadi. Bankdan kredit olish va passivlarning ayrim turlari (kreditorlik qarzdorligi va b.) dan foydalanish hisobiga hosil qilinadi. Aylanma vositalardan samarali foydalanganlikning muhim koʻrsatkichi — ularning aylanuvchanligi, yaʼni Aylanma vositalarning aylanish soni va bir aylanishning kun hisobidagi davridir. Aylanish soni mahsulotni sotishdan olingan yillik tushumni Aylanma vositalarning oʻrtacha yillik qiymatiga boʻlish yoʻli bilan topiladi.Aylanma vositalarning aylanuvchanligini tezlashtirish xalq xoʻjaligida katta ahamiyatga ega. Chunki bu holda Aylanma vositalarga boʻlgan ehtiyoj kamayadi, pul va moddiy resurslardan samarali foydalaniladi.Savdoning aylanma fondlari deganda, muomaladagi mehnat predmetlari va ayrim ishlatilish muddati 1 yilgacha bo`lgan mehnat qurollari qiymatining puldagi ifodasi tushuniladi. Aylanma fondlarga ayrim kassadagi va hisob raqamlaridagi moliyaviy munosabatlar bilan bog`liq bo`lgan mablag`lar ham kiritiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida chet el nazariyasi va amaliyoti iqtisodiyotga kirib kelayotgan davrda, xalqaro buxgalteriya hisob standartlari va milliy hisobot tizimini amaliyotda qo`llanilishi munosabati bilan «Aylanma fondlar» «Aylanma mablag`lar» termenlari o`rniga «Aylanma kapital» yoki «Aylanma aktivlar» kirib keldi. Yuqorida keltirilgan tushunchalar mazmunan bir xil bo`lib, faqat boshqacha termenlar bilan atalmoqda. Shu sababli bizlar bundan buyon ushbu kategoriyani mazmunidan kelib chiqib, «Aylanma mablag`lar» termenini ishlatishni maqsadga muvofiq deb topdik. Aylanma mablag`lar o`z qiymat mazmuniga binoan, muomala jarayoniga zarur bo`lgan mehnat predmetlari, ishlatilish muddati bir yilgacha bo`lgan mehnat qurollarini sotib olish uchun zarur bo`lgan pul ta`minotidir. Aylanma mablag`lar natural-jismoniy ko`rinishi nuqtai nazaridan joriy moliyaviy-xo`jalik faoliyatini ta`minlaydigan va bir yilgacha bo`lgan davrida iste`mol qilinadigan moddiy boyliklarni o`zida mujassamlashtiradi. Aylanma mablag`larning manbalari bo`lib korxonaning o`z mablag`lari, qarzga olingan mablag`lar va jalb etilgan mablag`lar hisoblanadi. Korxonani tashkil topishda aylanma mablag`lar uning tasischilari mablag`i hisobidan shakllanadi (ustav fondi), keyinchalik uni to`ldirish korxona foydasi, jalb qilingan mablag`lar (passivlar) hisobidan to`ldiriladi. Aylanma mablag`lar asosiy fondlardan farqli bo`lib, ular muomala jarayoni bir siklida to`la iste`mol qilinadi va o`z qiymatini tovarlar va savdo xizmatlari qiymatiga to`la o`tkazadi. Aylanma mablag`larni likvidlik darajasi juda yuqori, ayrim tarkiblarini likvidligi qariyb «1»ga teng bo`ladi. Savdo jarayonida aylanma mablag`lar bir turdan ikkinchi turga aylanib turishi mumkin. Aylanma mablag`lar doimiy harakatda bo`ladi. Ular savdo jarayonining bir siklida takror ishlab chiqariladi.

Ishlab chiqaruvchilar yoki vositachilardan tovarni sotib olishda savdoning aylanma mablag`lari ishlab chiqaruvchilar yoki vositachilarning aylanma mablag`iga aylanadi, savdoga ular tovar shaklida muomalaga kirib keladi. Ushbu jarayonda ishlab chiqarishni takrorlanishini tezlashtirishga vosita bo`lib xizmat qiladi, savdo uchun uning asosiy funksiyasini bajarilishini ta`minlaydi, ya`ni ishlab chiqarishdan tovarlarni iste`molchiga yetkazish va oldi-sotdi jarayoni davom ettirishni ta`minlaydi. Ushbular bilan bir qatorda iste`molchilarni talabini qondirishga yo`l ochib beradi.

Ikkinchi jarayonda aylanma mablag`lar tovar shaklidan pulga aylanadi, bunda tovarlar muomala jarayonidan iste`mol jarayoniga o`tadi, pul esa yana muomala jarayonini takrorlash uchun harakatga o`tadi. Bu pullar yangi mehnat predmetlarini sotib olishga yo`naltiriladi va jarayon takrorlanadi.

Ushbu jarayonda aylanma mablag`lar bir tomondan muomala jarayonini tezlashtiradi va ikkinchi tomondan iste`molchilar talabini qondiradi.

Aylanma mablag`larni takrorlanish tezligidan savdo korxonalarining raqobatbardoshligi, ularni samaradorligi darajasi bog`liqdir. Shu sababli aylanma mablag`larni takrorlanishini tezlashtirish katta ahamiyatga egadir.

Aylanma mablag`larni miqdoriga har xil omillar ta`sir qiladi. Ularning biri aylanma mablag`larni takrorlanishini tezlashtirsa, ikkinchisi sekinlashtirishi mumkin.

Umuman aylanma mablag`larga ta`sir qiluvchi omilalrni uch xil guruhga ajratish mumkin: umumiqtisodiy, tashkiliy va texnik-texnologik omillarga.

Umumiqtisodiy omillarga, tovar aylanishi va uni tarkibini (assortiment tarkibini) o`zgarishi, ishlab chiqarish, tovar va boshqa moddiy ne`matlar bilan ta`minlovchilarni dislokatsiyasi, ya`ni hududiy joylanishi, savdo xizmatchilarini va savdoga xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlar ishchilarini mehnat unumdorligi darajasi kabilarni kiritish mumkin.

Tashkiliy omillarga savdo shaxobchalarini hajmi, ixtisoslashish, savdoni yangi progressiv usullarini qo`llash, boshqarishni takomillashtirish, savdo-vositachilik bo`g`inlarini qisqartirish kabilar kiradi.

Texnik-texnologik omillar ilmiy-texnik progressni joriy qilish bilan bog`liq bo`lib, ularga savdoga yangi jihozlarni, texnologik jarayonlari joriy qilish, savdoga xizmat qiluvchi tarmoqlarni texnik-texnologik taraqqiyoti (aloqa, transport, komunal xo`jaligi kabilar) kiradi.

Ushbu omillardan ayrimlari aylanma mablag`larni miqdorini oshirishga olib keladi. Bularga savdo xizmatini sifatini yuqorilash bilan bog`liq tadbirlar savdo shoxobchalarini kengaytirish, yangisini qurish, tovar aylanishi tarkibida (assortimentida) aylanma mablag`larni takrorlanish jarayonini susaytirishga olib keladigan tovarlar hissasini ortishi kabilar kiradi.

Aylanma mablag`larni kamaytirishga olib keladigan omillarga moddiy va moliyaviy resurslarni tejamli ishlatilishiga qarashli tadbirlar, tovar zahiralarini aylanish tezligini oshirish, tovar aylanishi tarkibida aylanma mablag`larni takrorlanish jarayonini tezlashtirishga olib keladigan tovarlar hissasini ko`payishi kabilar kiradi.

Yuqoridagi omillarni obyektiv va subyektiv omillarga ham ajratish mumkin. Obyektiv omilalr savdo korxonasi va uni ta`minlovchilarni xo`jalik yuritish tartibi, savdo korxonalari faoliyatiga bog`liq bo`lmagan omillar kiradi.

Subyektiv omillari boshqaruv apparat xodimlari va savdo xizmatchilarni kasbiy mahorati, ishlash prinsiplari, savdoni to`g`ri ratsional tashkil qilish borasida qabul qilingan qarorlarni joriy qilinishini va h.k. kiradi. Subyektiv omillar inson omili bilan bog`liqdir.

O`tgan mavzuda savdoni resurslari ,uni asosiy fondlari to`g`risida suxbatlashgan edik. Resurslar ,jumladan asosiy fondlar, aylanma mablag`lar hamda moliyaviy resurslar to`g`risida fikr yuritilganda ushbu resurslarni bir-biri bilan tig`iz bog`liqligi, xo`jalik faoilyati jarayonida ularni bir shakldan ikkinchi shaklga o`zgarishi, ya`ni natural-moddiy shakldan qiymat, pul shakliga va teskarisi, qiymat, pul shaklidan natural-moddiy shaklga o`tganda asosiy fondlar, amartizatsiyasi shaklida moliyaviy resurslar kapital mablag` shaklidan asosiy fondlarga aylanishini kuzatamiz.

Xuddi shunday o`zgarishlar aylanma mablag`lar va moliyaviy resurslar o`rtasida ham ro`y beradi. Masalan: tovarlar sotilish jarayonida debitor qarzga aylanishi, tovarlar oldi-sotdi jarayonida yuridik va jismoniy shaxslarni qarzdor bo`lib qolishi, ushbu jarayonda savdo korxonalarini kreditor bo`lib qolishi, ya`ni ishlab chiqaruvchi yoki boshqa ta`minotchilardan qarzdor bo`lib qolishi kabilar. Tovarlarga qo`yilgan ustamalarni sotilishi natijasida savdo korxonalarini daromadi, foydasini shakllanishi.

Ushbu jarayonga iqtisodiyotga taalluqli adabiyotlarda e`tibor berilmaydi va bu jarayon yoritilmagan. Lekin bunday o`zaro bog`liqliklarni o`rganish resurslaridan samarali foydalanish uchun tadbirlar ishlab chiqishda, samaradorlik ko`rsatkichlarini aniqlash yoki tanlashda nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Aylanma mablag`lar tarkibini nazariy va amaliy ahamiyati nuqtai nazardan natural-moddiy shakllari va qiymat ko`rsatkichi sifatida tasniflash zarur.

Savdo korxonalarining aylanma mablag`lari natural-moddiy shakllari bo`yicha quyidagi tarkiblardan (elementlardan) iborat bo`ladi:

Tovar zaxiralari (chakana savdo shoxobchalarida, ulgurji savdo omborlarida, yo`lda, ommaviy ovqatlanish korxonalarida).

Xom ashyo va tayyor mahsulotlar (ommaviy ovqatlanish korxonalarida).

Taralar, yoqilg`i, qodoqlash materiallari.

Xo`jalik ehtiyojiga ishlatiladigan materiallar (kassa cheklari, kompyuter kraskalari kabi).

Arzon inventarlar va ishlatilish muddati bir yilgacha bo`lgan tez eskiradigan mehnat qurollari.

Sanitariya va maxsus kiyim-kechaklar.

Aylanma mablag`lar qiymati bo`yicha quyidagicha tasniflanadi.

Tovar zahiralari summasi. Aylanma mablag` tarkibida tovar zahiralarini summasi 60-70 % tashkil qiladi.

Materiallar zaxirasi va arzon inventarlar va ishlatish muddati bir yilgacha, tez eskiradigan mehnat qurollari summasi.

Debitorlik qarzlari. Savdo korxonalariga qarzdor bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslarni tovarlar va boshqa narsalar bo`yicha qarzlari summasi.

Pul aktivlari. Savdo korxonalarining kassasidagi, bankdagi hisob va valyuta raqamlaridagi pul va boshqalar sifatidagi mablag`lari.

Qisqa muddatli moliyaviy qo`yilmalar. Savdo korxonalarini har xil qimmatbaho qog`ozlarga qo`yilgan mablag`lari, bankdagi depozit hisob raqamidagi pullari. Ularni ishlatilish muddati bir yilgacha, shu sababli ular iqtisodiy mazmuni jihatidan foyda (daromad) olish maqsadida qisqa muddat ichida bo`sh pul mablag`laridan foydalanishni ifoda qiladi.

Aylanma mablag`larni boshqa turlari. Bularga kelgusi davr qilingan xarajatlar kiradi. Ushbu xarajatlar kelgusi asosiy faoliyatga doir bo`lib, lekin hisobot davrida amalga oshiriladi. Ularga masalan: oldindan to`langan ijara haqlari; oldindan to`langan boshqa tarmoqlarning xizmat haqlari; boshqa oldindan bo`nak (avans) sifatidagi to`lovlar kiradi.

Ushbu xarajatlar hisobot yilida amalga oshirilgan bilan kelgusi davrning muomala (davr) xarajatlarida o`z aksini topadi.

Aylanma mablag`lar ularni rejalashtirilishi nuqtai nazardan normalashtiriladigan aylanma mablag`lar va normalashtirilmaydigan aylanma mablag`larga bo`linadi.

Miqdori real aniqlanishi normalar va normativlar orqali mumkin bo`lgan aylanma mablag`lar normalashtiriladigan aylanma mablag`lar tarkibiga kiradi.

Normalashtirilishi mumkin bo`lgan aylanma mablag`lar tarkibiga quyidagilarni kiritish zarur:

tovar zahiralari (chakana savdoda, ulgurji omborlarda, ommaviy ovqatlanish shoxobchalarida, yo`ldagi);

kassadagi va yo`ldagi pul mablag`lari;

tovarlar bilar turgan va bo`sh taralar;

kelgusi davr uchun qilinadigan xarajatalr;

moddiy-texnik ta`minot materiallari, yoqilg`i, qadoqlash va xo`jalik ehtiyoji uchun zarur bo`lgan materiallar;

belgilangan muddatda banklarga inkassa qilish uchun hisob-kitob hujjatlari topshirilmagan savdo korxonalariga yuborilgan tovarlar summasi;

ommviy ovqatlanish shaxobchalaridagi (korxonalaridagi) xom ashyolar.

Miqdorini rejalashtirilishi qiyin yoki mumkin bo`lmagan aylanma mablag`lar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:

bankdagi hisob raqamida saqlanayotgan pul aktivlari;

belgilangan muddatdan keyin banklarga inkassa qilish uchun hisob-kitob hujjatlari topshirilmagan savdo korxonalariga yuborilgan tovarlar summasi;

har xil debitorlar;

saqlash uchun moddiy javobgarlikka olingan tovarlar summasi (aksep qilish inkor qilingan holdagi);

qisqa muddatli moliyaviy qo`yilmalar.

3.Sifat bu mahsulot xususiyatlari majmui, uning jamiyat va shaxs ehtiyojlarini qondirish darajasi bilan belgilanadi. Mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tovar raqobatbardoshligini taʼminlashning muhim sharti

Mahsulot ishlab chiqarish — jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini isteʼmol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida Ishlab chiqarish zarur. Uning mazmunini mehnat jarayoni belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayoni 3 element — mehnat, mehnat ashyolari va mehnat vositalari boʻli-shini taqozo etadi. Ijtimoiy Ishlab chiqarish ishlab chiqarish vositalari Ishlab chiqarish va is-teʼmol buyumlari Ishlab chiqarishdan tashkil to-padi. Bu boʻlimlarning har biri koʻplab xoʻjalik tarmoqlaridan iborat boʻlib, ularda turli Ishlab chiqarish vositalari va isteʼ-mol buyumlari yaratiladi. Birinchi boʻlimning ikkinchi boʻlimga nisbatan ustunligi kengaytirilgan takror Ishlab chiqarish iqtisodiy qonunining ifodasidir. Ishlab chiqarish faqat mahsulot Ishlab chiqarishdan iborat boʻlmay, balki taqsimot, ayirboshlash va isteʼmolnya oʻz ichiga oladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, avvalo, Ishlab chiqarish qurollarining oʻzgarishi va mukammallashishidan boshlanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi jamiyat hamma aʼzolarining farovonligini muntazam oshira borish va har tomonlama rivojlantirishga imkon beradi.



Sifatning bu jihati texnik shartlarga moslik sifati deyiladi. Ikkinchi bosqichda konstruksiya (tuzilish) sifati baholanadi. Mahsulot sifati uning konstrukцiyasiga, korxona tomonidan qo‟yilgan texnik talablarga javob berishi mumkin, lekin konstrukцiyaning o‟zi yuqori yoki past sifatda bo‟lishi mumkin. Uchinchi bosqichda sifat tushunchasi korxonaning mahsulot va xizmatlarining iste‟molchilarning real extiyojlarini kondirish darajasini ifodalaydi. Sifatning ushbu jihati funkцional sifat deyiladi. Aytish kerakki, mahsulot yoki xizmatlar ichki texnik shartlarga tqg‟ri kelishi mumkin, uning konstrukцiyasi a‟lo darajada bo‟lishi mumkin, lekin bu mahsulot (xizmat) iste‟molchilarning konkret extiyojlarini qondirishga to‟g‟ri kelmasligi mumkin.YUqoridagilardan ko‟rinib turibdiki, sifatning xar uchchala jihati xam muhim ahamiyatga ega va raqobatbardosh sifatga ega bo‟lgan mahsulotlarni yaratish uchun bu yo‟nalishlarning barchasiga e‟tibor berish zarur.Mahsulotning yuqori sifatli bo‟lishi texnologik intizomga rioya qilish, ishchi va mutaxassislarning o‟z kasblarini yaxshi egallaganligi, vazifasiga mas‟ulitli yondoshishiga bog‟liq. Uning yuqori sifatini ta‟minlash uchun ishni izchillik bilan bajarish, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ustirish zarurdir. Mahsulot sifatini oshirish uchun qat‟iy kurash xar bir mehnat jamoasi a‟zosining asosiy faoliyat mezoni bo‟lib qolmog‟i kerak.Mahsulot sifatini yaxshilashdan maqsad iqtisodiy samaradorlikka erishilgan xolda eng kam ijtimoiy mehnat sarflab, iste‟molchilar talabini yanada tularok kondirishdir. Mahsulotning sifatini yaxshilashda iqtisodiy samaradorlik uning asosiy mezoni bo‟lishi zarur. Bu esa ishlab chiqarish va iste‟mol qilish bo‟yicha jonli va buyumlashgan mehnatning umumiy miqdori tejalishidir. YUqori sifatli mahsulot tayyorlashda xom-ashyo, materiallar, yarimfabrikatlar, yoqilg‟i, energiya sarfi normasi va joriy xarajatlar miqdori o‟zgarishi mumkin.
Download 55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling