6-variant Talaba F. I. Sh: Ergashov Aminjon Behbutovich


Download 88.54 Kb.
bet10/12
Sana02.12.2023
Hajmi88.54 Kb.
#1780341
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Investitsiya

Iqtisodiy

Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, investitsiya faolligining o’sish sur’atlari investitsiya muhitiga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Mamlakatimizda qulay investitsiya muhiti yaratilishi xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga faol jalb qilish, investitsiya faoliyatni rivojlantirish va samarali amalga oshirishning muhim asoslaridan biri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida barqaror investitsiya muhitini yaratish va uning jozibadorligini oshirish davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishning ustuvor yunalishlaridan biridir.
Mamlakatning zamonaviy iqtisodiy rivojlanish 
darajasi va shuningdek, olib borilayotgan investitsion faollikning o’sish sur’atlari investitsion muhitga bog’liq bo’ladi. Investitsiya muhiti investitsiya resurslarini joylashtirish uchun umumiy mezon bo’lib, birinchi navbatda, kapital mablag’larning daromadliligini ta’minlab beradi.
Qulay investitsiya muhiti mamlakatga kapital olib kelishni rag’batlantiradi, investorlar faoliyati faolligi ko’tarilishiga xizmat qiladi aksincha bo’lsa, 
kapital oqib ketadi, investitsiya faoliyati susaya boshlaydi. Qaerda qulay investitsich muhiti mavjud ekan o’sha tomonga investitsiyalar oqimi tezlashadi. Darhaqiqat, investitsiyalar iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuchdir.
Xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish uchun zaruriy shart- sharoitlar 
yaratilishi talab etiladi, bunda davlat tomonidan barcha zaruriy choralar ko’riladi.
Qaysi mamlakatda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar mavjud bo’lsagina o’sha davlat iqtisodiyotiga investitsiyalar qo’yilishi mumkin.
Investitsiya muhitining jozibadorligi xorijiy investitsiyalar oqimini ko’paytirishning muhim omili hisoblanadi.Iqtisodiyotda investitsiya faoliyatining rivojlanishi, ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilishning ko’lami, yo’nalishlari 
va samaradorligi, bevosita, investitsiya muhitiga bog’liqdir. Shu sababdan mazkur iqtisodiy atamaning tub mohiyatini o’rganish, yoritish va asoslab berishga bo’lgan turli iqtisodchi-olimlar, mutaxassislarning qarashlari va o’ziga xos yondashuvlari orqali o’zaro ilmiy munozaralar hozirgi kunda ham davom etmoqdaki, bu, o’z navbatida, mazkur sohaga aloqador va unga qiziqish bildiruvchilar e’tiborini o’ziga tortmasdan qolmaydi.



Download 88.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling