60. Ovozni yozish va qayta ishlash dasturini ko’rsating? Sound Forge


Download 31 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi31 Kb.
#183571
Bog'liq
60-80 oraliq javoblar TAT


60. Ovozni yozish va qayta ishlash dasturini ko’rsating? Sound Forge

61. Sound Forge 9 dasturining vazifasi – nima? Sound Forge 9 dasturi audiomaterialni audiodiskda aylantirish uchun mo‘ljallangan, ovoz yozishni bajaradigan vositalar to‘plamini o‘z ichiga o ladi. Bu dastur nafaqat stereofonik, balki ko‘p kanalli ovozli fayllarni tez va sifatli yozish imkonini beradi.

62. Sound Forge dasturi nima uchun ishlatiladi? Dasturda ovozni tahlil qilish, yozish va tahrirlash uchun; eski fonogrammalarni raqamli ko‘rinishga keltirish va restavratsiya qilish uchun; atrofdagi akustik xususiyatlarni mod ellashtirish uchun; multimediya dasturlarda ovozni loyihalash uchun; diskni ko‘paytirish uchun vositalar mavjud.

63. Sound Forge dasturida ixtiyoriy manbadan kelayotgan ovoz qanday yoziladi? Ovozli karta yordamida ixtiyoriy manbadan kelayotgan ovoz yozishni bajarish mumkin.

64. Sound Forge dasturining menyular satrida nechta menyu bor? 6ta

65. Sound Forge dasturida kanallar va fayllar orasidagi ma’lumotlarni qulay o‘tkazish uchun qaysi texnologiya qo‘llaniladi? Dasturda kanallar va fayllar orasidagi ma’lumotlarni qulay o‘tkazish uchun Drag and Drop texnologiyasi qo‘llaniladi.

66. Sound Forge dasturida DX-i VST-plaginlar nima uchun ishlatiladi?

Sound Forge 9 audioeffektlar sonini cheksiz ko‘paytiradigan DX-i VST-plaginlarni ishlatadi.

67. Sound Forge dasturida qanday formatlar qo‘llaniladi? Sound Forge 9 AVI, WMV, MPEG-1 va MPEG-2 kabi videoformatlarni qo‘llaydi,

68. Sound Forge dasturida berilgan shartlarga mos holda fragmentlarni avtomatik o‘chirish funksiyasini ko’rsating? Auto Trim/Crop

69. Sound Forge dasturida audioma’lumotlarni tasvirlash razryadligini o‘zgartirish funksiyasini ko’rsating? Bit-Depth Converter

70. Sound Forge dasturida audiofayllardagi kanallar sonini o‘zgartirish funksiyasini ko’rsating Channel Converter .

71. Shaxsiy kompyuterlarda videomontaj jarayonida ishlatiladigan asosiy operatsiyalarni ko’rsating Shaxsiy kompyuterlarda videomontaj jarayoni hozirgi vaqtda uchta asosiy operatsiyani o’z ichiga oladi: raqamlashtirish, raqamlashtirilgan videoni qandaydir axborot tashuvchida saqlash va raqamlashtirilgan tasvirlarni dasturiy vosita lar yordamida o’zgartirish.

72. Raqamlashtirish darajasi – bu Raqamlashtirish darajasi deganda kiruvchi signallar bo’linadigan amplitudalar bo’yicha darajalar soni tushuniladi. 256 darajaga bo’linganida ma’lumot yo’qotilmasligi aniqlangan.

73. Video konverterlarning asosiy vazifasi bu –video yoki audio fayllarning kengaytmalarini ozgartirishdan iborat

74. Hozirgi kunda nechta asosiy rangli television standartlar mavjud?uchta asosiy rangli televidinie standarti mavjud:

75. Asosiy rangli television standartlarni ayting? NTSC (National Television Standard Committee – milliy television standartlar komiteti) amerika standarti, kadrdagi satrlar soni 525, chastotota 60 GGs;

- PAL (Phase Alternation Line – o’zgaruvchan fazali satrlar) nemis standarti, kadrdagi satrlar soni 625. chastota 50 GGs;

- SECAM (Séquentiel couleur avec mémoire – xotirali ranglar ketma-ketligi) fransuz standarti, kadrdagi satrlar soni 525, chastota 50 GGs.

76. Analogli video – ?Ekrandagi tasvir lyuminofor material bilan qoplangan, ma’lum to’lqin uzunligida, ya’ni aniq bir rangda nur tarqatuvchi ekran bo’ylab elektron nurlarning harakati davomida hosil qilinadi



77. Raqamli video – ?ma’lumot raqamli ko’rinishda saqlanuvchi tasvir yoki tasvirlar to’plami.

78. Raqamli video analogli videoga nisbatan qanday ustunliklarga ega?bu texnologiya tasvir namoyishidagi to’siq va buzilishlarni minimallashtirib, tasvirlardan nusxa olishdagi sifatni saqlaydi, sifatli ovoz yozadi, tasvirdagi piksellar miqdori ikki marta ko’proq bo’ladi, videoyozuvlarni tezkor va oson tahrirlash imkoniyatiga ega
Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling