63-bob. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash


Download 20.23 Kb.
bet4/5
Sana15.02.2023
Hajmi20.23 Kb.
#1200716
1   2   3   4   5
Bog'liq
SUV resurslardan foydanalganlik uchun Soliq

446-modda. Soliq davri
Kalendar yil soliq davri hisoblanadi.
447-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi 
Soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi
Soliq organlari soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda quyidagilar uchun soliq summasini aniqlaydi:
dehqon ho‘jaliklari uchun;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun;
tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun;
1-oktabrga qadar qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun — qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqlarni yetishtirish (o‘stirish) uchun ular tomonidan avvalgi soliq davrida foydalanilgan suv hajmining 70 foizi miqdorida. Avvalgi soliq davrida qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan foydalanilgan suvning hajmi to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq summasi suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv iste’moli normativlari bo‘yicha aniqlanadi. 
Soliq hisoboti suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyi bo‘yicha soliq organlariga quyidagilar tomonidan yilda bir marta taqdim etiladi:
O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tomonidan, bundan qishloq xo‘jaligi korxonalari mustasno — hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay;
qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan — joriy soliq davrining 15-dekabridan kechiktirmay;
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — soliq davridan keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmay.
Soliq organlari soliq to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasini dehqon ho‘jaliklariga, shuningdek qishloq xo‘jaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga soliq davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay topshiradi.

Download 20.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling