66-maktab fizika fani o’qituvchisi umarova nafisa
Download 0.67 Mb.
|
7-sinf Fizika fanidan Jismlarning o\'zaro ta\'siri, kuch dars taqdimoti
66-maktab fizika fani o’qituvchisi UMAROVA NAFISA7-sinf fizika darsligi asosida 18-mavzu: Jismlarning o‘zaro ta’siri. Kuch OCHIQ DARS ISHLANMASITinch turgan jism boshqa jismlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi natijasida harakatga kelishi mumkin. Harakatlanayotgan jism esa bunday ta’sir natijasida tezligini yoki harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi. Tajriba. Ustiga temir bo‘lagi qo‘yilgan po‘kakni idishdagi suv yuziga qo‘ying. Agar suv yuzidagi temirga magnit yaqinlashtirilsa, po‘kak ustidagi temir bilan birga magnit tomon suza boshlaydi (55-rasm). Temir bo‘lagining harakatiga sabab, uning magnit bilan o‘zaro ta’sirlashuvidir. Qo‘lingizdagi koptokchani tik yuqoriga otsangiz, u yuqoriga υo boshlang‘ich tezlik bilan harakatlana boshlaydi. Bunda koptokchaga siz ta’sir etdingiz. Yuqoriga ko‘tarilgan sari Yerning tortishi ta’sirida koptokchaning tezligi kamaya boradi. U ma’lum balandlikka ko‘tarilganida, tezligi nolga teng bo‘lib to‘xtaydi va so‘ngra pastga qarab tusha boshlaydi. Stol ustida tinch turgan sharchani turtib yuborsangiz, u joyidan qo‘zg‘aladi. U harakatga keladi, lekin sharcha va stol sirtining ishqalanishi ta’sirida sharchaning harakati sekinlashib boradi va to‘xtaydi. Kuch Jismlarning o‘zaro ta’siri miqdor jihatidan turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, metall sharchani katta yoshdagi odam yosh bolaga qaraganda uzoqroqqa uloqtiradi. 100 kg li shtangani har kim ham ko‘tara olmaydi. Lekin shtangist uni dast ko‘tara oladi. Mexanik ta’sir jismlarning bir-biriga bevosita tegishi (kontaktda bo‘lishi) yoki ularning maydoni orqali sodir bo‘lishi mumkin. Masalan, yerda turgan yukni tortish, itarish yoki ko‘tarish, prujinani cho‘zish yoki siqish, iрni eshish (burash) kabi holatlarda ta’sir jismlarning bir-biriga bevosita tegishi orqali yuz beradi. Shuningdek, temir bo‘lagiga ta’sir (55- rasm) magnit maydon orqali, jismlarning Yerga tortilishi esa gravitatsion maydon natijasida yuzaga keladi. Fizikada ko‘pincha tahlil qilinayotgan jismga qaysi jism va qanday ta’sir qilayotgani ko‘rsatilmay, faqat qisqagina qilib jismga kuch ta’sir etmoqda deyiladi. Jismlar o‘zaro ta’sirini tavsiflash uchun fizik kattalik – kuch tushunchasi kiritiladi. Demak, kuch jism tezligini o‘zgartiruvchi sabab ekan. Kuch ta’sirida jismning hamma qismi tezligi o‘zgarmasdan, balki bir qismining tezligi o‘zgarishi mumkin. Masalan o‘chirgichning bir qismi siqilsa, uning shakli o‘zgaradi, ya’ni deformatsiyalanadi (56-rasm). Yuqorida keltirilgan barcha misollarda jism boshqa jism ta’siri ostida harakatga keladi, to‘xtaydi yoki o‘zining harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi, ya’ni tezligi o‘zgaradi. Bir jismning boshqa jismga ta’sirini tavsiflovchi hamda jismning tezlanish olishiga sabab bo‘luvchi fizik kattalik kuch deb ataladi. Kuch F harfi bilan belgilanadi va XBSda uning birligi qilib nyuton (N) qabul qilingan. Amalda kuchni o‘lchashda millinyuton (mN) va kilonyuton (kN) ham qo‘llaniladi. Bunda: Kuch vektor kattalik bo‘lib, kuchning son qiymatidan tashqari uning yo‘nalishi va ta’sir etayotgan nuqtasini aniq ko‘rsatishimiz kerak (14-rasm). Kuch kuch o‘lchagich, ya’ni dinamometr yordamida o‘lchanadi. Dinamometrlar qo‘llanilish maqsadiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. 57-rasmda ulardan ayrimlari tasvirlangan. Kuchlarni qo‘shish Agar biror jismga bir nechta kuch ta’sir etayotgan bo‘lsa, masalani soddalashtirish uchun ularning jami ta’sirini bitta kuch ko‘rinishida ifodalash mumkin. Buning uchun jami kuchlarning vektor yig‘indisini topishimiz kerak. Masalan, aravachaga bir to‘g‘ri chiziq bo‘ylab qarama-qarshi yo‘nalishda → F1=3 N va → F2 = 5 N kuchlar ta’sir etayotgan bo‘lsin (58-a rasm). Bu vektor kuchlarning yig‘indisi → F = → F1 + → F2 miqdor jihatdan 8 N emas, balki 2 N ga teng bo‘ladi. Aravacha shu | F | = 2 N kuch ta’sirida o‘ng tomonga harakatlanadi (58-b rasm). Endi ikkala kuch bir tomonga yo‘nalgan bo‘lsin (59-a rasm). Bunday holda ikkala kuchning kattaligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shiladi. Natijaviy kuch | F | = 8 N bo‘lib, aravacha shu kuch ta’sirida o‘ng tomonga kattaroq tezlikda harakatlanadi (59-b rasm). Bir to‘g‘ri chiziq bo‘ylab ikkita emas, balki undan ortiq kuchlar ta’sir etsa, natijaviy kuch har bir kuchning yo‘nalishiga qarab, ularning kattaliklari qo‘shiladi yoki ayiriladi. Agar ta’sir etayotgan kuchlar bir chiziqda yotmasa, vektorlarni qo‘shish qoidasiga asosan yig‘indi kuch topiladi. Masalan, yukni uchta kuch tortayotgan bo‘lsin (60-rasm). F → 1 va F → 2 kuchlarning teng ta’sir etuvchisi F → 1+ F → 2 = F → 12 ga teng. F → 12 va F → 3 kuchlar o‘zaro teng va qarama-qarshi yo‘nalgani uchun ularning teng ta’sir etuvchisi F → 12 + F → 3 = F → = 0 bo‘ladi. Natijada bu yuk muvozanat holatida osilib turadi. Yukka ta’sir etayotgan Yerning tortish kuchi va arqonning elastiklik kuchi ham muvozanatda bo‘ladi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling