67- umumiy o`rta ta`lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi Umarova Nozimaning yillik hisoboti
Download 34 Kb.
|
4- umumiy o`rta ta`lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi Ba
67- umumiy o`rta ta`lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi Umarova Nozimaning yillik hisoboti. Biz 2021-2022-o`quv yilini yaxshi kayfiyatda boshladik. Mustaqilligimizni 30-yilligi hamda ,,Bilimlar kunini`` tantanali ruhda o`tkazdik. Men bu yil 1-``B`` ish faoliyatimni boshladim. O`z mutahasisligim bo`yicha 15 soat dars bilan taminladim. Ona tili va o`qish savodxonligi, matematika, Jismoniy tarbiya fanlaridan dars bera boshladim. Yillik ish reja, ma`naviyat soatiga ish reja tuzib ish boshladik. Reja asosida dars ishlanmalar tayyorlab bordim. Sinfimda 20 ta o`g`il bolalar va 9 ta qiz bolalar mavjud. Yil boshida ota- onalar yig`ilishi o`tkazib, farzandlarini maktabga formada va o`z vaqtida jo`natishlari haqida kelishib oldik. Darslarni qiziqarli turli metodlarga tayangan holda noana`naviy usullarda o`tishga harakat qildim. Tajribali ustozlar darslariga kirib, darslarini kuzatib bordim va tahlil qildim. Sentabr oyida Matematika fanidan ochiq dars o`tib berdim, darsga kirgan ustozlar o`z fikr mulohazalarini bildirishdi. Darslarni o`z vaqtida o`tib, sinf jurnallarga yozib bordim. O`quvchilarni ish daftarlari yozma ish daftarlari mavjud bo`lib, ularni o`z vaqtida tekshirib bordim. Yozma ishlar ham reja asosida olindi. Pirotexnika vositalariga hamda giyohvandlikka qarshi kurash bo`yicha diktantlar olindi va tekshirildi. O`quvchilar hushyorlikka va ogohlikka chaqirildi. Ma`naviyat soatlar har juma kunlari oz vaqtida o`tib borildi va Bekpo`lat Umirzoqovlar tomonodan tekshirilib borildi. Fevral oyida bobolarimiz A. Navoiy va Z.M. Boburtavalud kuniga sinfimiz o`quvchilari tadbir tayyorlab ko`rsatishdi. Aprel oyida Amir Temur bobomiz to`g`ilgan kuniga ,,Amir Temur buyuk sarkarda`` mavzusida ma`naviyat mashg`ulotidan ma`lumotlar berilib borildi. Har bir chorak yakunida ota-onalar yig`ilishi o`tkazildi va qarorlari yozib borildi past o`zlashtiruvchi, dars qoldiruvchi o`zi va ota-onasi bilan suhbatlar o`tkazildi. Sinfimiz jamoasi ahil-inoq, o`quvchilarning ortasida o`zaro mehr-oqibat hurmat bor. O`quvchilarning 13 nafari a`lo bahoga, 10 nafari yaxshi bahoga,6 nafari esa qoniqarli bahoga o`qiydi. O`quvchilar o`quv yili boshida ijara daftarlari, kundalik daftarlari bilan ta`minlandi. O`quv yili o`rtalarida fan bo`yicha nazorat daftarlari berildi. Sinf xonasi o`quv jihozlari bilan to`liq taminlangan. . O`quvchilar bo’sh vaqtini mazmunli o`tkazish maqsadida sinfda’’ Chiroyli`yozuv’’ to`garagi haftasiga 2 martadan o`tib borildi. Bundan tashqari o`quvchilar maktabimizda ochilgan sport to’garaklariga ham qatnashadilar. 2022-yilning 21-may kuni maktabimizda boshlang’ich sinf o’qituvchilari seminari bo’lib o’tdi. Nurobod tuman XTB ga qarashli umumiy o’rta ta’lim maktabining “Boshlang`ich sinf” o`qituvchilari ish faoliyatini tuman miqiyosida ommalashtirish yuzasidan o`tkazilgan o`quv amaliy seminarga Nurobod tuman XTB boshlang`ich ta`lim metodisti S.Eshquvvatova raislik qildi. Ushbu seminarda men ham ona tili va o`qish savodxonligidan “Foydali savzovotlar” mavzusida ochiq darsimni STREAM asosida yoritib berdim.Seminarda bir soatlik ochiq darsim ko’rib chiqildi.Dars jarayoni namunali deb topildi va Nurobod tuman miqyosida ommalashtirildi.Yil davomida a’lo bahoga o’qigan o’quvchilar faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Sinf xonamiz, sinf jihozlari va darsliklar yil yakuniga qadar yaxshi saqlandi. Bu o`quv yili ham boshqa o`quv yillari singari samarali va muvaffaqiyatli yakunlandi. Download 34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling