Ustunliklari: - Ustunliklari:
- o’z hisobvaraqlarini masofadan turib boshqarish;
- operativlilik;
- harakatchanlik (mobillik) va ish joyidan mustaqillik;
- vaqt tejalishi;
- ishlashda oddiyligi va qulayligi.
Lizing - Lizing - ijara munosabatlarining alohida turi bo’lib, bunda bir tomon (lizing beruvchi - Bank) boshqa tomonning topshirig’i (lizing oluvchi) asosida uchinchi tomondan (sotuvchi) lizing shartnomasiga asosan lizing obyektini sotib oladi va o’n ikki oydan ortiq bo’lgan muddatga shartnomada ko’rsatilgan to’lov asosida uni lizing oluvchiga taqdim etadi.
Lizing xizmatlarining asosiy shartlari: - Lizing xizmatlarining asosiy shartlari:
- Lizing muddati - loyihaning o’zini-o’zi qoplash muddatidan kelib chiqqan holda;
- Foiz stavkasi - xavf-xatarlilik darajasi, moliyalashtirish manbalari va loyihaning amalga oshirilishiga bog’liq bo’lgan boshqa omillardan kelib chiqqan holda belgilanadi;
- Lizing miqdori - lizing ajratilayotgan tadbirning ehtiyojidan kelib chiqqan holda;
- Ta’minot - umumiy lizing miqdorining 125 foizidan kam bo’lmagan bank talablarini qondiruvchi (ko’chmas mulk, asbob - uskunlar, transport vositalari, pul mablag’lari va boshqalar) garov ta’minoti.
Lizing loyihasini ko’rib chiqish uchun talab qilinadigan hujjatlar: - Lizing loyihasini ko’rib chiqish uchun talab qilinadigan hujjatlar:
- Lizing olish uchun ariza;
- Lizing obyektining texnik - iqtisodiy ko’rsatkichlari va uning sotuvchisi haqida ma’lumotlar;
- Qarz oluvchining ta’sis hujjatlari;
- Qarzdor nomidan kredit shartnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
- Qarz oluvchining bank hisobvarag’iga pul tushimlari (pul oqimi) prognozi ko’rsatilgan biznes-reja;
Do'stlaringiz bilan baham: |