6–mustaqil ishi
mkdir buyrug`i yordamida kataloglar hosil qilish
Download 0.66 Mb.
|
6-mustaqil ishi operatsion tizimlar
mkdir buyrug`i yordamida kataloglar hosil qilish
Joriy katalogda abc nomi bilan yangi katalog yaratamiz, buning uchun mkdir buyrug`ini qo`llaymiz. Buning uchun quyidagi sintaksisdan foydalaniladi: “mkdir yangi katalog nomi” va bizning misoldagi abc nomdagi katalog uchun quyidagi buyruqni kiritamiz: Bu buyruq orqali Desktop katalogida yangi abc katalogini hosil qilish so`rovi operatsion tizimga kiritildi. Natija esa quyidagi rasmda keltirilgan grafik muhitda ko`rsatilgan chmod buyrug'i yordamida faylga ruxsatni (permission) o'zgartiring Fayllar va papkalarga foydalanuvchi uchun ruxsatni o`rnatish uchun chmod buyrug`idan foydalaniladi. Chmod foydalanuvchi rollari uchun quyidagi uchta hil belgili ko`rsatgichlarni qo`llaydi: u - foydalanuvchi (user) g –guruh (group) o – boshqalar (others) Quyida esa foydalanuvchilarning fayllar va papkalardan foydalanishlari uchun ruxsat etishning uchta belgili ko`rsatgichlari keltirilgan r – o`qish uchun ruxsat (read permission) w – yozish uchun ruxsat (write permission) x – o`zgartirish uchun ruxsat (execute permission) Quyidagi misollarda chmod buyrug`idan foydalanish ko`rsatilgan, buyruqlar qatorida “+” ishoraning berilishi, bu ruxsat etishni anglatadi. Malasan, birinchi keltirilgan holatda foydalanuvchu (u - user) uchun o`zgartirish uchun ruxsat (x – execution permission) berilganligini ko`rish mumkin, va buyruq sintaksisi “chmod u+x fayl nomi” ko`rinishida bo`ladi: Fayl va papkalarga bir vaqtning `ozida turli foydalanuvchilarga turli ruxsatlarni beruvchi buyruqni ham kiritish imkoni mavjud. Buning uchun “,” orqali ruxsat beruvchi kodlar bir biridan ajratiladi. Bu misoldan ko`rinadiki, biror aniq foydalanuvchi faylni faqat o`qish, foydalanuvchilar guruxi esa faylni o`zgartirish uchun ruxsat etilgan. Ruxsatlarni rad etish uchun “chmod u-rx fayl nomi” sintaksisdagi buyruq kiritiladi: Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling