7- amaliy ish Mavzu: Openssl kutubxonasidan foydalangan holda maʼlumotlarni gibrid shifrlash usulida shifrlash
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
7- amaliy ish Mavzu: OpenSSL kutubxonasidan foydalangan holda maʼlumotlarni gibrid shifrlash usulida shifrlash. Ishdan maqsad: Simmetrik asimmetrik algoritmlarga asoslangan gibrid shifrlash tizimini ishlab chiqish Nazariy qism Gibrid shifrlash algoritmlari va ularning ishlash prinsiplarni haqida to’xtalib o’tiladi. Gibrid shifrlash tizimini qurish uchun bittadan simmetrik va asimmetrik shifrlash tizimlarini tanlash kerak bo’ladi. Bunda simmetrik shifrlash tizimi sifatida VERNAM shifrlash algoritmini, asimmetrik shifrlash tizimi uchun esa RSA shifrlash algoritmini tanlab olinadi. Gibrid shifrlash tizimini qurishdan oldin ushbu shifrlash algoritmlariga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq: Vernamning shifrlash usuli Vernamning shifrlash tizimi modul qiymati m=2 bo’lgan Vijiner shifrlash tizimining bir qismi hisoblanib, kiruvchi matn sifatida ikkilik sanoq sistemasidan foydalandi. Shifrlashda birinchi Ingliz alfavitidagi(A,B...Z). Matnning xar bir xarfi 5-bit bo’lakli (b 0 ,b 1 …b 4 ) Bado raqami bilan kodlanadi. Ixtiyoriy ketma-ketlikdagi ikkilik kalitlar k 0 ,k 1 ,k 2 , avval kitobsimon lentaga yoziladi. Quyidagi rasmda uzatilayotgan axborotni Vernam usuli orqali shifrlash ko’rsatilgan(7.1-rasm). 7.1-rasm. Vernam usuli orqali shifrlash Kiruvchi matnni shifrlashda x-kiruvchi matn ikkilik ko’rinishiga o’tkaziladi va ikkilik modul ostida(XOR amali yordamida) ikkilik ketma-ketlikdagi k-kalit bilan qo’shish orqali shifrlash amalga oshiriladi. Xabarni shifrlash quyidagi foymula orqali amalga oshiriladi: 𝑦 = 𝑥 ⊕ 𝑘 Shifrni ochishda shifrmatni bilan k-kalitning mos bitlari ikkilik modul ostida(XOR amali bilan ) qo’shiladi va ochiq matnga ega bo’linadi: 𝑥 = 𝑦 ⊕ 𝑘 32=2 5 ga yani 5 bitli ikkilik sanoq sistemasi uchun shifrlash jadvalini quyidagicha tuzish mumkin: Ushbu shifrlash jadvalidan foydalanib shifrlash amalga oshiriladi. Misol: “HELLO” so’zi shifrlansin. T 0 = HELLO K= KALIT T 1 = ? Vernam ishlab chiqqan bu tizimni aylanali lenta yordamida tekshirgan, uzatgich (peridatchik) va qabul qilgichlarni (pryomnik) ko’rishda bir xil yoki shunga o’xshagan kalit ketma-ketligidan foydalangan. Vernam shifrlash tizimining kamchiligi uzatuvchi orqali qabul qilish tomoniga kalit ketma-ketligini qanday uzatish edi. Chunki dushman kalitni olsa, u yuborgan shifrlangan matnni bemalol ochib o’qiy oladi. Shuning uchun xam Vernamning shifrlash tizmi yetarli emasligi sababli buni hal kilish uchun shifrlash kalitini assimmetrik shifrlash tizimi orqali uzatish muammoning yechimi hisoblanadi. Kalitni shifrlash uzatuvchi assimmetrik tizimi sifatida RSA algoritmi tanlanadi. Quyida RSA algoritmi haqida ma’lumot beriladi: Misol. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling