7- amaliy mashg‘ulot Tishli g‘ildiraklarga ishlov berish texnologik jarayon marshrutini loyihalash


Download 27.26 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi27.26 Kb.
#1599313
  1   2   3
Bog'liq
7-amaliy


7- Amaliy mashg‘ulot


Tishli g‘ildiraklarga ishlov berish texnologik jarayon marshrutini loyihalash.


1. Ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan nazariy ma’lumotlar.

Shakliga qarab tishli g‘ildiraklarning silindrik va konussimon , tishlari to‘g‘ri, qiyshiq va egri chiziqli xillari bor. Silindrik g‘ildiraklar bir va ko‘p vinesli qilib tayyorlanadi. Tuzilish bo‘yicha tishli g‘ildiraklar disk. Flanes va valchalar ko‘rinishida bo‘ladi. Disk ko‘rinishidagi tishli g‘ildiraklarning teshiklari silliq, shonka uchun pazli va shlitsali qilib tayyorlanadi. Bu g‘ildiraklarning uzunliklari teshik diametriga nisbat birdan katta bo‘ladi. Flanes ko‘rinishidagi g‘ildiraklarning bu nisbati birdan kichik bo‘ladi.


Yengil yuklangan g‘ildiraklarni uglerodli po‘lat, cho‘yan, rangli qotishmalar , plastmassa / tekstolit, kapron va b./ lardan tayyorlashadi. Og‘ir yuklangan g‘ildiraklarni uglerodli legirlangan po‘lat / 45, 40X, 20X, 18XGT ,35XM va b. / lardan tayyorlab , ularga termik ishlov berishadi / sementatsiyalash, sianirlash, azotlash va yuqori chastotalitok yordamida toblanish/. Chervyakli g‘ildiraklar bronza /BRAJ9/ 4, BRONF, BRB 10-1 / va cho‘yan/ SCh 15 SCh20/ lardan tayyorlanadi.
Diametiri 50 mm gacha bo‘lgan sodda ko‘rinishdagi tishli g‘ildiraklarning zagotovkalari prokatni kesish bilan olinadi. Donali va mayda seriyali ishlab chiqishda katta zagatrvkalarni erkin bolg‘alash va shtamplarda bolg‘alash yo‘li bilan olinadi. Seriyali va yalpi ishlab chiqarishda zagotovkalarni yopiq shtamplarda tayyorlashdi. Dumchali tishli g‘ildiraklarni gorizontal bolg‘alash mashinalarida visadka usulida shtamplashadi. Bu usulda material chiqimi va zagotovkani shtamplash burchaklari kamayadi.
Cho‘yan va ragnli qotishmali zagotovkalar qo‘yma usulida olinadi. Bu usulda keyingi mehanik ishlov berilmasdan turib 10...12 chi aniqlik darajasida tishli veneslar olish mumkin. Bunday tishli g‘ildiraklar qishloq xo‘jaligi va yuk ko‘tarish mashinalarida qo‘llaniladi. Cho‘yan g‘ildiraklarning tishlarini qo‘ymada yemirilishga chidamli yuzalar bilan tayyorlash mumkin. Sementatsiyalangan g‘ildiraklarningzagotovkalari normalizatsiyalanadi. Sementatsiyalanmaydigan g‘ildiraklarni NV 220...260 qattiqlikkacha yaxshilishadi. Plastmassa zagotovkalarni presslash usulini qo‘yish yo‘li bilan olinadi.
Bazaviyyuzlarni va texnologik jarayonni ishlab chiqish, tishli g‘ildirakning konstruktiv shakliga bog‘liq holda qilinadi.
Diametri 500mm dan kichik bo‘lgan silindrik , Flanesli va konussimon g‘ildiraklarning tishlariga ishlov berishda baza sifatida markaziy teshik yuzasi va tayanch chekkasi olinadi . Val- shesternya tishlariga ishlov berishda detalg‘ lyunetiga o‘rnatiladi. Bunday detal o‘rnatish bo‘yini va val yoki katta diametrli bo‘yin chekkasi bo‘yicha bazalanadi. O‘rnatish bo‘yinlariga termik ishlovdan keyin so‘nggi ishlov berishni markazlarga bajarish kerak.
Tishli g‘ildiraklarga ishlov berish tehnologik marshiruti va dastgohlar g‘ildiraklarni vazifasi, zagotovka materiali, o‘lchamlar va ishlab chiqarish xajmi bo‘yicha tanlanadi. Bu omillarni xisobga olgan holda ishlov berishni umumlashgan usullari mavjud . Masalan, diametri 500mm dan kichik bo‘lgan silindrik va flanesli tishli g‘ildiraklarga ishlov berish uchun quyidagi marshirut mavjud:



  1. Markaziy teshikni parmalash / zenkerlash/ va yo‘nib kengaytirish, hamda stupitsa, obodni tashqi va chekka sirtiga boshlang‘ich ishlov berish.

  2. G‘ildirakning tashqi yuzalariga boshlang‘ich ishlov berish va o‘yib ishlov berish.

  3. Markaziy teshikni sidirish hamda shlitsali ariqchalarni sidirish va o‘yib ishlov berish.

  4. G‘ildirakning tashqi yuzalariga oxirgi, ishlovni berish va chekka sirtini yo‘nish.

Val shesternyag ishlov berish texnologik jarayoni markaziy teshiklarni konsentraklashni tahminlab berish kerak. Chunki ular tishga ishlov berishda baza sifatida ishlaydi. Chervyakli shesternyagi ishlov berish texnologik jarayoni quyidagilardan iborat : venes va stupitsani boshlang‘ich yo‘nish ; markaziy teshikka va tayanch chekkaga ishlov berish ; tashqi yuzalarga so‘ngi ishlov berish va shponka ariqchasini sidirish. Oxirida tishli g‘ildiraklarni tishlarini qirqish va bezatish ishlari bajariladi.


Dastgohsozlikda, avtomobilsozlikda va mashinasozlikda 7 ni aniqlik darajasidagi tez yurar g‘ildiraklarga ishlov berish marshruti ko‘pincha ishlatiladi . Aniqlik o‘zini ichiga : boshlang‘ich ,toza va termik ishlov berishni shevinglashni, xoninglashni oladi. Og‘ir yuklangan va bu aniqlik darajasidagi tez yurar uzatmadagi tishli g‘ildiraklarga quyidagi marshirut bo‘yicha ishlov beriladi : boshlang‘ich va toza tish frezalash : termik ishlov berish va tish jilvirlash.

8 chi aniqlik darajasidagi tishli g‘ildiraklarga quyidagi marshirut bo‘yicha ishlov berish. Bu marshrut bahzida o‘zgaradi , yahni toza tish frezalashdan so‘ng sementatsiya keyin esa shevinglash ishlari bajariladi. Bunda shevinglash sementatsiyalash vaqtidagi deformatsiya tufayli yuzaga kelgan tishni kamchiligini yo‘qotadi. Termik ishlov berishdagi deformatsiyani kamaytirish uchun , undan oldingi operatsiyalarda kesish chuqurligini kamaytirish kerak.





Download 27.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling