7- laboratoriya ish termometr dasturini ishlab chiqish
Download 7.94 Kb.
|
Laboratoriya ish-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. DHT11
- 2-rasm. DHT22
- 1. 4ta qizil 4ta yashil svetodiodlarni oling. Harorat oshavergani sari yonib turgan qizil svetodiodlarning soni , namlik oshavergani sari yonib turgan
- 2. Haroratning ma’lum bir qiymatiga , namlikning ma’lum bir qiymatiga chegara qo’ying. Agar harorat chegaradan o’tib ketsa, 1-zummer orqali
- Topshiriqlar
Laboratoriya ish 7- LABORATORIYA ISH Termometr dasturini ishlab chiqish. Temperatura va namlik inson hayoti davomida, ishlab chiqarishda eng ko’p o’lchanadigan fizik kattaliklar sirasiga kiradi. Haqiqatdan ham juda ko’p jarayonlarda ular haqida ma’lumot olmay turib ish bajara olmaymiz. Ularni o’lchash uchun esa juda ko’p datchik, asboblar ishlatiladi. Bugungi darsimizda biz ular orasidan DHT datchigini ishlatishni , dastur yordamida uni boshqa qurilma, datchiklar bilan bog’lashni o’rganamiz DHT datchigi bir paytda temperatura va namlikni o’lchaydi. U 2ta asosiy qismdan tashkil topgan: namlikning sig’im datchigi va termistor. Shuningdek , korpusda analog signalni raqamliga o’tkazish uchun chip o’rnatilgan. DHT datchigining ikki xil turi bor: DHT11 va DHT22 . Ularning xarakteristikalari bilan tanishaylik: DHT11: - Juda arzon; - 3-5V kuchlanishda ishlaydi; - Maksimal talab qilingan tok 2.5 mA - Namlikning o’lchash oralig’i 20%dan 80%gacha - Namlikning o’lchash xatoligi 5% - Temperaturaning o’lchash oralig’I 0dan 50 gradus Selsiygacha - Temperaturaning o’lchash xatoligi 2% 1-rasm. DHT11 DHT22: - Arzon; - 3-5V kuchlanishda ishlaydi; - Maksimal talab qilingan tok 2.5 mA - Namlikning o’lchash oralig’i 0%dan 80%gacha - Namlikning o’lchash xatoligi 2%-5% - Temperaturaning o’lchash oralig’I -40dan 125 gradus Selsiygacha - Temperaturaning o’lchash xatoligi 0.5% 2-rasm. DHT22 Bu datchiklar haqida ma’lumot olish uchun ularning Arduino platasiga qanday ulanishini o’rganaylik: Endi esa dasturiy qismga o’taylik. DHT datchigidan ma’lumot olish uchun o’zining kutubxonasidan foydalanamiz: #include Kutubxonani qo’shib datchikdan ma’lumot olish dasturini yozaylik: 1. 4ta qizil 4ta yashil svetodiodlarni oling. Harorat oshavergani sari yonib turgan qizil svetodiodlarning soni , namlik oshavergani sari yonib turgan yashil svetodiodlarning soni oshaversin. 2. Haroratning ma’lum bir qiymatiga , namlikning ma’lum bir qiymatiga chegara qo’ying. Agar harorat chegaradan o’tib ketsa, 1-zummer orqali, agar namlik oshib ketsa, 2-zummer orqali signalizatsiya ishlab ketsin. 3. Birinchi knopkani bosganingizda haroratni, 2-knopkani bosganingizda namlikni ko’rsatsin. 4. Haroratning qiymatini segmentga chiqaring. Segment o’chib-yonib ma’lumot ko’rsatyotganiga sabab, har bir datchikning o’lchash vaqti bo’ladi. Natijada segment yangi ma’lumotni kutib qoladi va o’chadi, datchik o’lchab bo’lib yangi ma’lumotni jo’natganidan keyin yana yonadi.DHT datchigining o’lchash vaqti 250mks dan 2 s gacha bo’lishi mumkin. Bu segmentning o’chib-yonishi muammosiga kelasi darsda yechim topamiz. Topshiriqlar 1.Knopkani birinchi marta bosganingizda haroratni , 2-marta bosganingizda namlikni ko’rsatsin. 2.Qizil , sariq , yashil svetodiod oling. Harorat uchun ma’lum chegaraviy qiymat belgilang. Agar harorat normal holatda bo’lsa yashil, chegaraviy qiymatga yaqinlashsa(2-3 gradus qolganda) sariq, chegaraviy qiymatdan oshib ketsa qizil svetodiod yonib qolsin. 3.Arduinoga monitor port orqali harorat va namlikning chegaraviy qiymatini jo’nating. Agar harorat chegaraviy qiymatdan oshib ketsa 1-zummer, namlik oshib ketsa 2-zummer signalizatsiya chalsin. 4.Harorat va namlikning ma’lum qiymatlarida ventilyator motorini rele orqali ishlatsin. 5.Knopkani birinchi marta bosganingizda segmentda haroratni , 2-marta bosganingizda namlikni ko’rsatsin. 6.1-knopkani har bir bosganingizda hafta kunida sana oshib borsin(masalan, 1- bosganingizda dushanba, 2-da seshanba…yakshanba). Har kungi harorat va namlik xotirada saqlansin va qachonki 2- knopkani bosganingizda har bir sanadagi(1 hafta) harorat va namliklar ro’yxati monitor portga chiqsin. Va shu bir hafta ichidagi eng baland, eng past , o’rtacha harorat va namlik haqidagi ma’lumot monitor portga chiqsin. http://fayllar.org Download 7.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling