7- laboratoriya ishi : Mavzu: klasser usulida paxta tolasini sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash


O‘lchashlarni bajarishga tayyorgarlik


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana24.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1058648
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bayxonov.B

 
O‘lchashlarni bajarishga tayyorgarlik 
Paxta tolasining rangi va tashqi ko‘rinishini aniqlash uchun 
namuna tanlash O‘z DSt 604, O‘z DSt 614- ga muvofiq bajariladi. 


2-rasm. Etalon namunalar 
 
 
O‘lchashni bajarish 
Paxta tolasining rangi va tashqi ko‘rinishini aniqlash maxsus 
jihozlangan klassyor xonalarida bajariladi. Operator sinalayotgan 
namunani klassifikator stoliga, tashqi ko‘rinish etalon namunalari (34-
rasm) joylashgan quti bilan yonma-yon qo‘yadi va solishtirma yo‘li 
bilan ko‘proq yaqin keluvchi etalon namuna topiladi. Keyin operator 
sinalayotgan namunani yuqori va pastki bo‘laklarga ajratadi (kitob 
shaklida ochib) va namunaning ichki yuzasini etalon namunalar bilan 
solishtiradi. Agar namunaning tashqi va ichki yuzalar rangi hamda 
tashqi ko‘rinishi muvofiq kelmasa, baholash natijasi sifatida past 
ko‘rsatkich olinadi. 
 
Tabiiy yorug‘likda sinash usuli 
Paxta tolasining rangi va tashqi ko‘rinishini tabiiy yorug‘likda 
aniqlashda operator soya joyda bo‘lishi kerak. Klassifikatsiya stoli 
shunday 
joylashgan 
bo‘lishi 
kerakki, 
operator 
namunalarni 
tekshirayotgan vaqtida yorug‘lik manbaiga teskari qarab turishi kerak. 
Operator atrofida nur taratuvchi, nur qaytaruvchi ko‘zgu va yaltiroq 
bo‘yalgan jismlar bo‘lmasligi kerak. Tolaning shtapel uzunligi klassyor 
qo‘lda aniqlaydi. 
Namunani etalon namunalar bilan solishtirish arbitraj usuli bilan 
bajariladi. 
Shtapel uzunlikni aniqlashning klassyor usuli 
6-10 g massali qatlam tola ikkala qo‘lning bosh va ko‘rsatkich 
barmoqlar orasiga shunday qisiladiki, bunda qatlamning chetki erkin 
qismi musht orasida bo‘ladi, bosh barmoqlar orasida 1-1,5 sm masofa 
bo‘lishi kerak (13- rasm). 
Mahkam qisilgan qatlam sekin-astalik bilan tolalar uzilishiga yo‘l 
qo‘ymay ikki qismga bo‘linadi. O‘ng qo‘ldagi qism tashlab yuborilib, 
chap qo‘lda qisilgan qismdan ozod tolalar olib tashlanadi va bir vaqtda 
qisilgan tolalar uzunlik bo‘yicha silliqlanadi. 


Chetki qismi tekislanib, o‘ng qo‘lning bosh va ko‘rsatkich 
barmoqlari bilan taramchadan uchlari 2-3 mm chiqib turgan tolalar 
tortiladi. Taramcha sekin-astalik bilan tortiladi, natijada tolalar 
to‘g‘rilanadi. Taram tayyorlash uchun asosan uch-to‘rt taramcha 
tortiladi, bunda tola chekkalari bir chiziqda yotishi kerak. 
Chap qo‘ldagi tolalar tashlab yuboriladi va shu qo‘l bilan o‘ng 
qo‘ldagi taram tolalar silliqlanib, qisilmagan erkin tolalar olib 
tashlanadi. 
So‘ngra o‘ng qo‘ldan chap qo‘lga tola uchlari tekislangan holatda 
taram olinadi. 
Tayyorlangan taramning shtapel uzunligi shu operator tomoni-dan 
standart namunalardan tayyorlangan taramlar bilan solishtirib aniqlanadi 
yoki taramning o‘rtasidan chizg‘ichda o‘lchanadi. 
Klassyor usulida uzunlikni aniqlash uchun ikki marta shtapel 
tayyorlanadi va uzunligi o‘lchanadi, agar natija bir-biridan farqli chiqsa, 
uchinchi bor o‘lchanadi va yakuniy natija qilib uchta o‘lchashning 
o‘rtachasi olinadi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling