7- laboratoriya ishi Biogas olish uchun xom ashyoni o’rganish


Download 68.94 Kb.
bet2/4
Sana17.12.2022
Hajmi68.94 Kb.
#1025942
1   2   3   4
Bog'liq
7-laboratoriya ishi

1-rasm. Go‘ng sharbatini biogaz usqurmasida qayta ishlashni texnologik chizmasi
1-molxona; 2-go‘ng to‘planadigan joy; 3-nasos; 4-metantenk; 5-gazgolder; 6-issiqlik almashtiruvchi; 7-qozon; 8-go‘ng saqlanadigan joy; 9-aerotenk.
Bu texnologik jarayon quyidagicha olib boriladi. Hayvonlar saqlanadigan molxonalardan (suratda 1) go‘ng to‘planadigan idishga yuboriladi (2), keyin nasos (3) yordamida uni metantenk (4) (go‘ngni anaerob bijg‘ishi uchun maxsus qurilma) ga yuboriladi.Bijg‘ish jarayonida hosil bo‘lgan biogaz, gazgolder (5)ga kelib tushadiva undan keyin iste’molchiga tarqatiladi. Suyuq go‘ngni isitish uchun va issiqlikni bir xil ushlab turish uchun metanotenk ichida issiqlik almashtirib turuvchi g‘ovurlar o‘rnatilgan, ular orqali qozonxonadan (7) kelgan issiq suv aylanadi. Bijg‘ib bo‘lgan go‘ng, go‘ng saqlanadigan (8) chuqurlikka tushiriladi.
Metantenkda jarayon uchun zarur bo‘lgan barcha sharoit tashkil etiladi. (harorat, organik moddalar miqdori, rN va boshqalar). Metantek termotsirkulyasiya qilingan bo‘lib, bijg‘ish jarayoni meyorida ketishi uchun kerak bo‘lgan harorat doimiy ravishda ushlab turiladi. Unda shuningdek go‘ngni haydab turish uchun mo‘ljallangan usqurma o‘rnatilgan. Metantenkka go‘ng bir me’yorda, bijish jarayoni bir xil ketadigan holatda kiritib turiladi.
Bijg‘ish davrida go‘ngda mikroorganizmlar rivojlanadi va birin- ketin organik moddalarni kislotalargacha parchalab beradi. Hosil bo‘lgan kislotalar metan hosil qiluvchi va sintrof mikroorganizmlar ta’sirida gazsimon maxsulotlar – metan va karbonat angidridiga aylanadi. Go‘ngni anaerob bijish jarayonida organik moddalarni parchalanish darajasi 25% dan 45% gacha etadi.
Organik moddalarni parchalanishi (fegradatsiyasi) ko‘p bosqichli jarayon sifatida amalga oshirilib, bunda uglerod bog‘lari harxil mikroorganizmlar ta’sirida birin-ketin uziladilar. Eng zamonaviy tushunchalar bo‘yicha organik moddalarni biogazga aylanishi to‘rt bosqichda amalga oshadi:
birinchi, murakkab biopolimer molekulalarni (oqsil, lipid, polisaxarid va h.k.) kichikroq monomerlarga (aminokislota, karbon suvlar, yog‘ kislotalari va h.k.) aylanishi;
ikkinchi, hosil bo‘lgan monomerlarni yanada oddiyroq moddalarga: tuban kislotalar va spirtlarga bijg‘ish (fermentatsiya asosida) aylanishi, (bunda vodorod va karbonat angidrid ham paydo bo‘ladi);

Download 68.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling