Quyosh fotoelektrik qurilmalarining zaryad-razryad kontrollerlari
Avtonom fotoelektrik tizimlarda zaryad-razryad kontrollerlari ortiqcha energiya sarfi bo‘lganda akkumulyator batareyasini (AB) chuqur razryaddan himoya qilish va AB to‘liq zaryad holatida quyosh paneli elektr energiya generatsiya vaqtida AB ni qaytadan zaryadlanish holatidan asraydi (6.5-rasm). Zaryad-razryad kontrolleridan foydalanishda afzalliklaridan biri shuki, AB razryad holatida yuklamani darhol uzadi. Odatda, fotoelektrik tizimlar zaryad-razryad kontrollerlari bilan ta’minlanadi. Shuning uchun yuklama hech qachon to‘g‘ridan to‘g‘ri AB ga ulanmaydi, bunda AB ishdan chiqishi mumkin.
6.5-rasm. Zaryad-razryad kontrollerlari
Keng–impulsli modulyasiyali zaryad tokiga ega kontrollerlar
Oddiy kontrollerlar akkumulyator batareyasi (AB) kuchlanish 14,4 V ga etganida energiya manbai (quyosh batareyasi) ni uzadi (AB nominal kuchlanish 12 V). AB da kuchlanish ≈ 12,5− 13 V ga kamayganida quyosh paneli qaytadan ulanadi va zaryad AB da tiklanadi. Shuning uchun AB maksimal razryadlanish darajasi 60−70% ni tashkil etadi. Muntazam ravishda to‘liq zaryadlanish bajarilmasa, AB ning yaroqlilik muddati kamayadi.
Zamonaviy kontrollerlar zaryadning tugash bosqichida keng impuls modulyasiyali zaryad toki (KIMZT) deb nomlanadigan jarayondan foydalaniladi. Bunda AB zaryadi 100% gacha zaryadlanadi. 6.6-rasmda quyosh paneli yordamida AB zaryadlashning 4 ta bosqichi ko‘rsatilgan.
6.6-rasm. Quyosh panelidan AB zaryadlashda bosqichlar
1). Maksimal tok bilan zaryadlash. Bu bosqichda AB quyosh panelidan kelayotgan hamma tokdan foydalanadi.
2). KIMZT dan foydalanish. AB da kuchlanish aniq sathga chiqqanida kontroller doimiy kuchlanish bilan KIMZT hisobiga ta’minlay boshlaydi. Bu AB da gaz ajralib chiqishi va o‘ta qizishni oldini oladi. AB zaryadlanish sathiga qarab tok kamayib boradi.
3). Tenglashish. Ko‘pgina suyuq elektrolitga ega AB gaz hosil bo‘lishigacha davriy zaryadlanish davomida ish jarayoni yaxshilanadi, elektrolit aralashib plastinalar tozalanadi, AB har xil bankalarida kuchlanish tenglashadi.
4). Tayanch zaryad. AB to‘liq zaryad holatida bo‘lsa ham, zaryad kuchlanishi batareyada gaz ajralib chiqqanda yoki uning qizishi vaqtida kamayadi, bu vaqtda AB zaryad holatida ushlab turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |