7 – Mavzu: Kimyoviy bog`lanish ularning turlari. Molekulaning tuzilishi


Download 51.41 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi51.41 Kb.
#1474787
Bog'liq
7 maruza Kimyoviy boglanish nazariyasi va turlari 5337cd73be846

7 – Mavzu: Kimyoviy bog`lanish ularning turlari.Molekulaning tuzilishi

  • Reja:
  • 1.Kimyoviy bog`ning asosiy tavsiflari. Kimyoviy bog`lanish turlari.
  • 2.Molekulalararo ta`sir turlari. atom orbitallarining gibridlanishi.
  • 3.Molekulaning dipol momenti.Molekulalararo ta`sir turlari.

Kimyoviy bog’lanishlar

Har qanday kimyoviy modda – atomlar va ularning birikishidan hosil bo`lgan kristallar, molekulalar va ionlardan tashkil topgan materiyadir. Kimyoviy bog`lanishlarga va ul;arning hosil bo`lishiga atomlarning elektron ruzilishi no`qtai nazaridan qarash lozim. Chunki kimyoviy big`lanishlarning hosil bo`lishida ishtirok etuvchi asosiy vosita – elektronlar va elektron bo’lutidir.

Bog`lanish energiyasi.Kimyoviy bog`ni uzish uchun zarur bo`lgan ehg kam energiya miqdori bog`lanish energiyasi deyiladi.

  • Bog`lanish energiyasi.Kimyoviy bog`ni uzish uchun zarur bo`lgan ehg kam energiya miqdori bog`lanish energiyasi deyiladi.
  • U E bilan belgilanib, kJ/mol va kkal/mol da o`lchanadi.
  • Agar molekulada ikkiva undan ortiq kimyoviy bog`lanish mavjud bol`sa, har bir bog`lanish energiyasi qiymati, umuman molekulaning parchalanish energiyasi bog`lanishlari soniga bo`lib hisoblanadi. CH4 – molekulasining parchalanish energiyasi 1649kJ/mol ga teng. Bu molekulada 4 ta C – H bog`lanbish bor. Har bir bog`ning energiyasi
  • E(C - H) = D/4 = 1649/4 = 412,25 kJ.

Bog`ning uzunligi`

  • Kimyoviy bog`ning uzunligi r – harfi bilan belgilanib, Ả da o`lchanadi.
  • Bog`ning uzunligi deb, kimyoviy big`lanishning hosil bo`lishida ishtirok etgan atomlar yadrolari o`rtasidagi masofaga aytiladi
  • Kimyoviy bog`lanishlar soni ortishi bilan bir hil element atomlari hosil qilgan bog`ning uzunligi quyidagicha o`zgaradi.:
  • H 3C - C 3H da r c-c = 0,154 nm
  • H 2C = C 2H da r c-c= 0,135 nm
  • H C ≡ C H da r c-c= 0,121 nm ga teng.

Valent burchagi.

Kimyoviy bog`lanishlar orasidagi burchak, valent burchagi deyiladi. Agar H 2O molekulasi olib qaralsa, H _ O bog`i bir-biriga nisbatan 104,5 0 burchak ostida joylashadi va molekula burchaksimon tuzilishga ega bo`ladi. CH4 molekulasida bog`lar orasidagi burchak, 109,5 0

Bog`lanish tartibi.O`zaro kimyoviy bog` hosil qilgan atomlar orasida hiosil bo`lgan bog`lanishlar soni bo`lib, birlamchi, ikkilamchi (qo`shbog`) , uchlamchi (uchbog`) va ba`zi hollarda to`rtlamchi bog`lanish mavjud bo`ladi. Bog`lanishlar tartibi ortishi bilan bog`ning barqarorligi ortadi, uzunligi qisqaradi.

Bog`lanish tartibi.O`zaro kimyoviy bog` hosil qilgan atomlar orasida hiosil bo`lgan bog`lanishlar soni bo`lib, birlamchi, ikkilamchi (qo`shbog`) , uchlamchi (uchbog`) va ba`zi hollarda to`rtlamchi bog`lanish mavjud bo`ladi. Bog`lanishlar tartibi ortishi bilan bog`ning barqarorligi ortadi, uzunligi qisqaradi.

Kovalent bog`lanish

  • Kovalent bog`lanish-elektron juftlari vositasida hosil bolgan bog`lanishdir.
  • Elektron juftlari bir xil element yoki turli element atomlari o`rtasida hosil bo`lishi mumkin. Kovalent bog`lanish hosil bo`lishida, atomning tashqi elektron qavatidagi barcha toq elektronlar va ba`zi hollarda juft elektronlar ham ishtirok etadi. Kovalent bog`lanish yunaluvchanlik hossasiga ega.
  • Qutbsiz kovalent bog`lanish.Elektromanfiyliklari bir hil (yoki o`zaro juda yaqin)
  • Bo`lgan element atomlari o`rtasida yuzaga keladigan bog`lanish qutbsiz kovalent bog`lanish deyiladi.
  • Qutbsiz kovalent bog`lanishli moddalar asosan gaz holatida ,suyuq(Br2 ) va ba`zan (I2 ) kristall holatidagilari (I2 ) bosim past bo`lganda suyuqlanmasdan gaz holatiga o`tish (sublimasiyalanish) xossasiga ega bo`ladi.Ular suvda kam eruvchan bo`ladi.Ular suvda kam eruvchi moddalar qatoriga kiradi.

Qutbli bog`lanish.

Elektromanfiyliklari bir-biridan farq qiluvchi turli elementlar atomlari o`rtasida hosil bo`ladigan kovalent bog`lanish –qutbli bog`lanish deyiladi.

Qutbli bog`lanishli molekulalar qatoriga :H2O, NH3 ,HCl, HF, HBr, HJ,H2S,H2Se larni kiritish mumkin. Agar HCl molekulasidagi kovalent bog`ning hosil bo`lishi tahlil etilsa, vodorod atomining elektromanfiyligi-2,1 xlor atominiki -3,0 ga teng.

Dipol momenti

  • Qutbli kovalent bog`lanishli molekulalarda musbat va manfiy zaryadlarning assimatrik taqsimlanishini miqdoriy tavsiflovchi vektor kattalikka molekulaningn dipol momenti deyiladi. Dipol momenti =q*l bo`lib,
  • bunda l-dipolning uzunligi, m,sm; q- electron zaryadi.
  • Agar kimyoviy bog`ning dipol` momenti noldan farqli bo`lsa, bog` qutblangan deyiladi. Molekulalarda bog`lar dipol momentining vektor yig`indisi hisobga olinadi.
  • Dipol momentini o`lchov birligi q= e= 1,6*10 -19 Kl va bog`ning uzunligi l=1*10 -10 m ekenligidan foydalanib, =1,6*10 -19 Kl* 1*10 -10 m=1,6*10 -29 Kl*m dir. Debay sharafiga 1D=3,33*10-30Kl*m

Download 51.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling