1929 yildan boshlab «Umumittifoq jismoniy tarbiya ikki haftaligi» kasaba uyushmalari tomonidan o'tkazila boshladi va bunda qishloq sportchilarining ham ishtiroki amalga oshirildi.
Partiya va hukumatning 1929-yil 23-sentabr hamda 1930 yil 1aprel qarorlariga asosan mamlakatda jismoniy tarbiya va sport ishlariga rahbarlik qilish tartiblari kuchaytirildi. Markaziy Ijroiya qo'mita (MIQ) tarkibida Butunittifoq jismoniy tarbiya kengashi tashkil etildi.
Yangi Konstitutsiya qabul qilinishi (1936) bilan bu kengash «Butunittifoq jismoniy tarbiya va sport bo'yicha qo'mita»ga aylantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |