7- mavzu: Pol tuzilmalari va ashyolari. Pol konstruksiyalari. Iliqpollar. Pol konstruksiyalari
Download 1.99 Mb.
|
7.Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 85-rasm. Sanoat binolarining choksiz pollari
- 3. Mozaikali pol qoplamalari
2. Choksiz yaxlit qoplamalarUlardan asosan sanoat, qishloq xo‘jaligi va jamoat binolarida (sport, o‘quv va boshqalar) foydalaniladi. Yaxlit qoplamalardan foydalanishda bino pollariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar hisobga olinadi. Turli xil predmetlar-ning qulashi, yuklarni ko‘chirish, odamlar va transport vositalarining inten-siv harakatlanishidan kelib chiqadigan zarbiy zo‘riqishlar, pol qoplama qismlarining choklari bo‘ylab yemirilishiga olib keladi. Choksiz pol qoplama-larini tanlashda jarohat olish xavfsizligi (o‘quv muassasalari, sport zallari va boshqalar uchun) va gigiena darajasiga qo‘yiladigan talablarga katta e’tibor qaratiladi. Sanoat binolarida ko‘pincha sementli bog‘lovchilar asosidagi kompozit-siyalardan tayyorlangan yaxlit qoplamalar qo‘llaniladi. Bunday qoplamalar yuqori chidamlilik xususiyatlariga ega va narxi boshqa qoplamalarga nisbatan past. Beton qoplamalarining kamchiliklariga ularning ifloslanishi, rangining to‘qligi va cho‘kishdagi yorilishi kiradi. Bundan tashqari, qoplama sezilarli darajada chang chiqaradi va ekspluatatsiya davrida tez-tez ta’mirlashni talab qiladi (85-rasm). 85-rasm. Sanoat binolarining choksiz pollari An’anaviy yaxlit beton pollarni barpo etish juda mashaqqatlidir. Qorishma mayoq chiziqlari bilan chegaralangan, kengligi 2-2,5 m bo‘lgan qismlarga yotqiziladi. Qorishma qatlamining qalinligi mayoqlar bo‘yicha tekshirib turiladi va titratgich( vibrator)lar yordamida zichlanadi. Bunda, beton qorishmaning qatlamlanishi va betonning uski qatlamida suv sement nisbatini qiymati oshishi natijasida betonning mustahkamligi va ishqalanishga qarshiligi pasayishi mumkin. Shuning sababli, pollarni ishga tushirishdan avval ustki zaiflashgan qatlamni (5-7 mm) sayqallash yo‘li bilan olib tashlash zaruriyati tug‘iladi. 3. Mozaikali pol qoplamalari Mozaikali pol qoplamalari oddiy betonlardan me’moriy jozibadorligi bilan ajralib turadi, bunda dekorativ toshlardan olinadigan sayqallanuvchi to‘ldiruvchilar hamda xarhil rangga bo‘yash mumkin bo‘lgan sement, polimersemen tyoki polimer bog‘lovchilar xizmat qiladi. Bog‘lovchini turi mozaik polning barcha hususiyatlarini – mustahkamligini, polning minimal qalinligi va sh.k. larni belgilab beradi. Pardozbop to‘ldiruvchilar sifatida xarhar rangdagi tog‘ jinslari - granit, kvars, dolomit, rangli kvars qumi va boshqa mineral tog‘ jinslaridan foydalaniladi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling