7 – Mavzu. Relyatsion mb da so`rovlar


DELETE o`chirish operatori


Download 65.04 Kb.
bet4/5
Sana04.11.2023
Hajmi65.04 Kb.
#1746203
1   2   3   4   5
Bog'liq
maruza7

DELETE o`chirish operatori.
Ma`lumotlarni o`chirish operatori jadvaldan shartni qanoatlantiruvchi bir yoki bir neta satrlarni o`chirishi mumkin.
DELETE FROM jadval _nomi[WHERE tanlash_sharti]
Agar satrlarni tanlash sharti ko`rsatilmasa, u holda jadvaldagi barcha satrlar o`chiriladi. Natijada ma`lumotlarga ega bo`lmagan bo`sh jadval hosil bo`ladi.
Agar jadvaldan oldingi sessiya natijalarini o`chirish kerak bo`lsa, u holda R1 jadvalidagi barcha satrlar o`chiriladi:
DELETE FROM R1
WHERE qismidagi shart ifodasi xuddi SELECT operatoridagi fil’trlash shartiga o`xshash bo`ladi. Bu shart jadvaldan qaysi satrlar o`chirilishi kerakligini aniqlaydi.
Masalan, talaba Maxmudova A.V. o`chirilishi kerak bo`lsa, quyidagi so`rov beriladi:
DELETE FROM R2 WHERE FIO = “Maxmudova A.V.”
WHERE qismida biror shart ko`rsatilishi mumkin. Masalan, agar jadvaldan o`zlashtirmagan talabalarni o`chirish kerak bo`lsin. Oliy ta`lim qonuniga ko`ra oxirgi sessiyada ikkita va undan ortiq fandan ikki baho olgan talaba o`zlashtirmagan hisoblanadi. U holda tanlab olish sharti ikkita va undan ko`p ikki baho olgan talabalarni va ikkita undan ko`p imtihonlarni topshirmagan talabalarni aniqlashi kerak. Bunday talabalarni aniqlash uchun R1 jadvalidan ikki baholi va baho ko`rsatilmagan satrlar tanlab olinishi, keyin olingan natija ‘FIO’ ustuni bo`yicha guruhlanishi kerak. Keyin har bir guruhdagi satrlar soni aniqlanadi (bu har bir talabaning olgan ikki baholari bilan topshirmagan imtihonlar sonini bildiradi) va ikkitadan ko`p satrga ega ustunlar tanlab olinadi. endi ushbu murakkab bo`lgan konstruktsiyani SQL tilida yozamiz va u sodda ko`rinishga ega bo`lishini ko`ramiz.
DELETE FROM R2 WHERE R2.FIO IN (SELECT R1.FIO FROM R1
WHERE Otsenka = 2 OR Otsenka IS NULL GROOP BY R1.FIO HAVING COUNT(*) >= 2
DELETE operatsiyasini bajarishda jadvaldan o`chiriladigan satrlar WHERE qismida ko`rsatilmasa jadvalning barcha kiymatlari o`chiriladi.
Ma`lumotlarni manipulyatsiyalash operatsiyalarining barchasi MB ning butunligi tushunchasi bilan bog`langan. Manipulyatsiyalash amallari sintaktik jihatdan to`g`ri bo`lsada butunlik talablari tufayli bajarilmasligi mumkin.

Download 65.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling