7 – Mavzu. Relyatsion mb da so`rovlar


Download 65.04 Kb.
bet1/5
Sana04.11.2023
Hajmi65.04 Kb.
#1746203
  1   2   3   4   5
Bog'liq
maruza7

7 – Mavzu. Relyatsion MB da so`rovlar


Reja:

  1. Sodda so`rovlar.

  2. Ma`lumotlarni tavsiflash.

11.1. Sodda so`rovlar
SELECT operatori. So`rov SELECT operatori yordamida bajariladi va uning sintaksisi quyidagicha:
SELECT [ALL/DISTINCT] /*
FROM
[WHERE ]
[ORDER BY < atributlar ro`yxati >]
[GROUP BY < atributlar ro`yxati >]
[HAVING ]
[UNION< SELECT operatorli ifoda>]
Kvadrat qavslarda operatorni yozishda qatnashishi shart bo`lmagan elementlar ko`rsatilgan.
SELECT, barcha so`rovlar shu kalit so`z bilan boshlanadi. Bu so`zdan keyin so`rov natijasi sifatida qaytariladigan ma`lumot elementlarini ko`rsatish lozim. Bu elementlar vergul bilan ajratilgan holda beriladi. So`rov natijasi alohida vaqtinchalik jadvalda saqlanadi va ro`yxatni har bir elementi uchun so`rov natijalari jadvalida bitta ustun hosil qilinadi. Natija jadvali ustunlari qaytariladigan ustunlar ro`yxati elementlari tartibi bo`yicha tartiblanadi. Qaytariladigan qiymat o`zida quyidagilarni ifodalashi mumkin.

  • Ustun nomi. So`rov uchun murojaat qilinayotgan jadval ustunlaridan biri nomi ko`rsatiladi. Bu holda bu ustunning har bir satri qiymati olinadi va so`rov natijasiga chiqariladi.

  • O`zgarmas. So`rov natijasining barcha satrlari bir xil qiymat bilan chiqariladi.

  • Ifoda. Ifodada berilgan formula orqali hisoblash bajarilib olingan qiymatlar so`rov natijasiga chiqariladi.

ALL kalit so`zi natijaga shartni qanoatlantiruvchi barcha satrlar, shuningdek takrorlanuvchi satrlar ham kirishini bildiradi.
DISTINCT kalit so`zi natijaga takrorlanuvchi satrlar kiritilmasligini bildiradi. Keyin boshlang`ich jadvaldagi atributlar ro`yxati ko`rsatiladi. Bu atributlar natijaviy jadvalga kiritiladi.
* belgisi natijaga so`rov uchun murojaat qilinayotgan jadval ustunlarining barcha ustunlari kiritilishini bildiradi.
FROM kalit so`zidan keyin so`rov uchun murojaat qilinayotgan jadval nomi beriladi. Murakkab so`rovlarda ba`zan jadvallar bir nechta bo`lishi mumkin va ular spetsifikatorlari bilan beriladi. Spetsifikatorlar bir-biridan vergul bilan ajratiladi. Har bir jadval spetsifikatori so`rov natijasiga chiqariladigan ma`lumotlarni o`zida saqlovchi jadvalni ifodalaydi. Bunday jadvallar so`rov jadvallari deyiladi. Chunki, so`rov natijalari jadvalida saqlanadigan barcha ma`lumotlar ulardan olinadi.
WHERE tanlash ifodasi kalit so`zidan keyin jadval satrlarini tanlab olish sharti ko`rsatiladi. Bunda natijaviy jadvalga WHERE ifodasidagi shart rost qiymat qabul qiladigan satrlar kiritiladi.
ORDER BY kalit so`zi natijaviy jadval satrlarini ko`rsatilgan ustunlar ro`yxati bo`yicha tartiblash amalini bildiradi.
GROUP BY kalit so`zidan keyin guruxlanadigan atributlar ro`yxati ko`rsatiladi.
HAVING kalit so`zidan keyin GROUP BY kalit so`zi yordamida tuzilgan guruhlarni har bir guruhiga qo`yiladigan shartlar ko`rsatiladi.
FROM, WHERE va ORDER BY kalit so`zlari SQL tilining boshqa manipulyatsiyalash operatorlarida ham shu tarzda ishlatiladi.
S ELECT -- ALL ------- sxema , ustun ---
-- DISTINCT -- ---- * -----------
FROM -- sxema , jadval .. -------------
WHERE -- izlash shartlari ------------
GROUP BY -- sxema , ustun ----------
HAVING -- izlash sharti ---------------
ORDER BY – tartiblash spetsifikatori --------
So`rovlar yaratishni misol orqali ko`rib o`tamiz.
11.1.1. Misol. Talabalarning fanlardan olgan baholari jadvallarini tuzing va so`rovlarni amalga oshiring.
1. Talabalar ro`yxati jadvali
Student


Download 65.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling