7- modul : maktabgacha ta’lim tashkilotlariga rahbarlik qilish. Dars o‘quv maqsadi
Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, uning vazifasi, ish mazmuni
Download 46.48 Kb.
|
7- modul maktabgacha ta’lim tashkilotlariga rahbarlik qilish. -fayllar.org
Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, uning vazifasi, ish mazmuni.
Maktabgacha ta’lim boshqarmasining vazifalari quyidagilardan iborat: —maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga rahbarlik qilish; —maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim-tarbiya va tashkiliy-pedagogik ishlarga rahbarlik qilish; —«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va maktabgacha ta’lim konsepsiyasida va sohaga oid boshqa qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan vazifalarning bajarilishi ustidan nazorat qilish; —aholi o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ib etish va ommalashtirish ishlarini muvofiqlashtirish; —«ILK QADAM» dasturini takomillashtirish ishlariga rahbarlik qilish; — maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oilada bolalarga ta’lim-tarbiya berishning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash; -
pedagogika fani va amaliyoti yutuqlari asosida maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim- tarbiya dasturlarini takomillashtirib borish; - maktabgacha ta’lim tashkilotlariga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish; -
-
rahbarlik kilish; - xorijiy mamlakatlarning maktabgacha tarbiya muassasalari faoliyatini boshqaradigan idoralar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim boshqarmasi unga topshirilgan faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha vazirlikning boshqa boshqarma va bo‘limlari, viloyat, shahar, tuman maktabgacha ta’lim boshqarmalari (bo‘limlari), Iqtisodiyot, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Pedagogika fanlari akademiyasi, shuningdek, qaramog‘ida maktabgacha ta’lim muassasalari bo‘lgan tarmoklarning tegishli bo‘linmalari bilan amaliy hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan. Maktabgacha ta’lim boshqarmasining ish mazmuni quyidagilardan iborat: ta’lim-tarbiya va tashkiliy-pedagogik ishlarga rahbarlik qilish; ijtimoiy maktabgacha ta’lim muassasalarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash; —viloyat, shahar, tuman maktabgacha ta’limi bo‘limlari, maktabgacha ta’lim boshqarmalari (bo‘limlari) tomonidan me’yoriy, instruktiv, metodik-dasturiy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish; —ichki mehnat tartibi to‘g‘risida nizom, yo‘l-yo‘riq va qoidalarni ishlab chiqish (kasaba uyushmalari bilan hamkorlikda); —muassasalar tarmog‘i taraqqiyotining istiqboli, yillik, xalq xo‘jaligi va davlat rejalarini tuzishda, kapital qurilish, kadrlar tayyorlash, pedagogik mahoratni oshirish va uni nazorat qilishda ishtirok etish, namunaviy binolar loyihasini ishlab chiqish, muassasalarning uskunalar va o‘quv-ko‘rgazma qo‘llanmalariga bo‘lgan talabini aniqlash; —bolalar hayoti va sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish, uning bajarilishini nazorat qilish; —ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarining ishini tashkil etish; —maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash borasida to‘plangan ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish; —mehnatkashlarning arizalari, xat va shikoyatlarini ko‘rib chiqish va tegishli qarorlar qabul qilish va hokazolar. Viloyat, shahar boshqarmalari bevosita Maktabgacha ta’limi vazirligiga bo‘ysunadi. Viloyat, shahar, tuman xalq ta’limi bo‘limlarida maktabgacha ta’lim sektori mavjud bo‘lib, u mazkur hududda joylashgan muassasalar faoliyatini boshqaradi, ularning ishini nazorat qiladi, pedagog xodimlar malakasini oshirish tadbirlari ham ular zimmasidadir. Tuman xalq ta’limi bo‘limi shu hududda joylashgan barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, ular qaysi idora va tashkilotlarga bo‘ysunishidan qat’i nazar, nazorat etadi. Download 46.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling