7- tajriba Mavzu: Texnologik jarayonlarda ijro mexanizmlarini o’rnatish va sozlash Ijro etuvchi qurilmalar


Download 155.34 Kb.
bet4/8
Sana08.01.2022
Hajmi155.34 Kb.
#253938
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7- tariba

2.13-rasm. Bevosita harakatli membrana prujinali ijro etuvchi mexanizmning prinsipial sxemasi.

Mexanizm elastik membrana 4 dan tashkil topgan bo’lib, yuqori va pastki qopqoqlar 2, 6 o’rtasida joylashgan.

Membrana ostida uning qattiq markazini tashkil etuvchi metall disk 3 joylashgan. Disk 3 silindrik prujina 8 tayanadigan stakan 5 bilan qotiriladi. Prujinaning pastki uchi sharikli podshipnik bilan tayanch 9 ga ta’sir qilib, gayka 14 yordamida prujina qisilishini osonlashtiradi. Stakan 5 ning markaziga 7 shtok qotirilgan. Mexanizm rostlash organining korpusiga qotirish uchun kranshteyn 11 quyilgan. Shtok 7 ni harakatini aniqlash uchun disk 12 va shkala 10 xizmat qiladi. Rostlovchi organni shtok bilan bog’langan qopqoq 21 orqali shtok 7 gayka 13 yordamida membrananing ustiga boshqaruvchi qurilma yoki rostlagichning kuchaytirgichidan siqilgan havo beriladi. Membrana ostidagi kamera atmosfera bilan bog’langan. Ijro etuvchi mexanizmda membrana ustki kamerasiga keluvchi siqilgan havo harakatga o’zgartirilib, prujina 8 qisilishi natijasida shtok 7 chiziqli harakatlanadi.

Membrana usti kamerasida havo bo’lmasa, prujina 8 membrana 4 ni yuqori qopqoq 2 ga qisadi. Bu vaqtda shtok 7 chetki holatini egallaydi.

Agar kameradagi bosim atmosfera bosimidan katta bo’lsa, unda membrana 4 va uning qattiq markaziga ta’sir qiladigan kuch prujinani qisadi va uning teskari ta’siri qo’zg’aluvchi sistemani ta’siriga qiymat jihatdan teng bo’lgunga qadar harakatlantiradi. havoning bosimi 98 kPa bo’lsa prujinani siqilishi maksimal bo’lib, shtok pastki chetki holatini egallaydi.

Kamerada havoning bosimi kamaysa, siqilgan prujinaning teskari ta’siri membranadagi havoning bosimidan katta bo’ladi. Prujina kengayib o’zining oxirgi uchi bilan mexanizmning qo’zg’aluvchi sistemasini muvozanat holat hosil qilgunga qadar suradi.

Tanishilgan membrana – prujinali mexanizm klapan turdagi rostlovchi organlar bilan ishlaydi.

Porshenli ijro etuvchi mexanizmlarda porshenli bo’shliqdagi ishchi muhitning bosimi ko’chirma kuch yordamida hosil bo’ladi. Porshenli ijro etuvchi mexanizmlar boshqalaridan rostlash organini katta miqdorda harakatlantira olishi bilan farq qiladi. Konstruksiyasi jihatidan porshenli ijro etuvchi mexanizmlar bir va ikki tomonlama harakatli silindrli bo’ladi.
Gidravlik ijro etuvchi mexanizmlar

Gidravlik ijro etuvchi mexanizmlarda bosim ostidagi suyuqlik energiyasi ishlatiladi. Bu mexanizmlar gidravlik rostlagichdan kelayotgan signalni (yog’ning bosimlar farqini) rostlash organining harakatiga aylantiradi. Ular 2 xil: to’g’ri harakat qiladigan va krivoshipli aylanma valli bo’ladi 2.14-rasmda krivoshipli gidravlik ijro etuvchi mexanizmni sxemasi ko’rsatilgan.






Download 155.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling