7- tajriba Mavzu: Texnologik jarayonlarda ijro mexanizmlarini o’rnatish va sozlash Ijro etuvchi qurilmalar


Download 155.34 Kb.
bet2/8
Sana08.01.2022
Hajmi155.34 Kb.
#253938
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7- tariba

2.11-rasm. Bevosita harakatli elektromagnit ijrochi mexanizmning

prinsipial sxemasi.

o’zak 2, klapan 1 bilan trubka 6 ning ichiga joylashgan bo’lib, nomagnit po’latdan yasalgan. Unga elektromagnit g’altagi kiygizilib, qobiq 5 bilan o’ralgan.

Elektromagnit g’altagiga kuchlanish berilganda, suyuqlik bosimi va prujina 3 ning ta’sir kuchlarini engib, o’zakni yuqoriga harakatlantirishi natijasida klapan 1 o’rindig’idan ajralib suyuqlikning yo’lini ochadi. £altakdan kuchlanish olinsa, prujina klapanni o’rindiqqa o’tqazadi. Bu turdagi ijrochi mexanizmlar 6-10 mm diametrda ishlab chiqariladi.

Elektrodvigatelli ijro etuvchi mexanizmlarda ijro etuvchi, element vazifasida elektrodvigatellar ishlatiladi. Elektrodvigatelli ijro etuvchi mexanizmlar quyidagi turlarga bo’linadi.

1. Bir oborotli elektrodvigatelli ijro etuvchi mexanizmlar (EIM).

2. Ko’p oborotli EIM.

3. To’g’ri harakatli EIM.

Bir oborotli ijro etuvchi mexanizmlarda aylanma harakatlanadigan armatura bilan bog’langan zatvorning o’tish yuzasi katta bo’ladi.

To’g’ri harakatli ijro etuvchi mexanizmlarda esa, armatura bilan bog’langan, kichik va o’rta o’tish yuzasiga ega zatvor bilan tutashgan. Elektrodvigatelli ijro etuvchi mexanizmlar o’zgarmas va o’zgaruvchan tezlikli turlariga bo’linadi.

o’zgarmas tezlikli ijro etuvchi mexanizmlar P-rostlagichlar, PI-rostlagichlar va releli rostlagichlar bilan birga ishlaydi.

o’zgaruvchan tezlikli ijro etuvchi mexanizmlar P, -I, -PI , -PID rostlagichlar bilan birga ishlaydi. Pozisiyali elektrodvigatelli ijro etuvchi mexanizmlarni umumiy ko’rinishi va elektrik sxemasi 2.12-rasmda ko’rsatilgan.






Download 155.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling