7-9-sinf algebra va geometriya misolida
III BOB. PEDAGOGIK TAJRIBA–SINOV ISHLARI VA ULARNING NATIJALARI TAHLILI
Download 495.58 Kb.
|
Диссертация Алпомиш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shakllantiruvchi
III BOB. PEDAGOGIK TAJRIBA–SINOV ISHLARI VA ULARNING NATIJALARI TAHLILI
3.1-§ Pedagogik tajriba - sinov ishlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bosqichlari Tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish metodikasi tadqiqot ishining nazariy rejasiga asosan shakllantirildi va amalga oshirildi. Matematika o‘qitishga o‘quvchilar ijodiy tafakkurlarini shaklllantirish va rivojlantirishda nostandart masalalardan asosiy vosita sifatida foydalanildi. Qo‘yilgan maqsad va vazifalar tajriba-sinov ishlarining borishini aniqlashtirib olishga asos bo‘lib xizmat qildi. Pedagogik tajriba sinov ishlari uchta bosqichda 2021 – 2023 yillar davomida olib borildi. Tajriba –sinov ishlarining ta’kidlovchi bosqichida (2021 yil) tajriba-sinov o‘tkaziladigan maktablar aniqlandi hamda bu maktablarda matematika o‘qitish jarayonida maktab o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha darsdagi va darsdan tashqari vaqtdagi faoliyatlari o‘rganildi. Bunda o‘quvchilar ijodiy faoliyatini va qobiliyatini rivojlantirishni barcha imkoniyatlaridan foydalanilmayotganligi va bu borada yetarlicha tadqiqot ishlari olib borilmayotganligi, o‘quvchilar o‘quv ijodiy faoliyatiga amaliy-tatbiqiy mazmundagi masalalarni matematik modellashtirish elementlaridan foydalanish zarurligi g‘oyasi yuzaga keldi. Shakllantiruvchi ikkinchi bosqich (2022 yil)da davomida o‘quvchilar o‘quv- ijodiy faoliyatlarini tashkil qilishning tuzilmaviy-funksional modeli va unga mos metodika ishlab chiqildi. Bu model asosida matematika o‘qitish jarayonida o‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘nalish berildi. Matematika o‘qitish metodikasiga kiritilgan zarur o‘zgartirishlarning natijalari tekshirib ko‘rildi. Tajriba-sinov ishlarining yakunlovchi bosqichi (2023 yilning 1-choragi) da o‘quvchilar o‘quv ijodiy faoliyatini tashkil qilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha taklif etilgan tuzilmaviy-funksional modelga zarur o‘zgartirishlar (korrektirovkalar) kiritildi. Natijalar umumlashtirildi. Olingan natijalarning haqqoniyligi matematik statistik metodlar yordamida asoslandi. Asosiy xulosalar shakllantirildi. O‘quvchilar ijodiy tafakkur qilish ko‘nikmalarini shakllantirishni matematika fanini o‘qitish jarayonida ko‘rib chiqamiz. Buning uchun matematika o‘qituvchisi, har bir darsda avval o‘rganilgan obyektlar bilan o‘rganilmagan obyektlar orasidagi bog‘lanishlarni aniqlaydigan topshiriqlarni berishi kerak. Faqat formula yodlab, teorema va ta’riflarni eslab qolish bilan ijodiy qobiliyatni shakllantirib bo‘lmaydi. Maqsadimiz faqat bilim berish bilan chegaralanmasdan, o‘quvchilarga har bir masalaga ijodiy yondashishni o‘rgatishdir. Matematika rivojlantirishda o‘quv fani sifatida, o‘quvchilarning ijodiy tafakkurlarini alohida xususiyatga ega. Har bir matematikning masala yechishga keltiriladi va barcha nostandart masalalar yechish esa faoliyati ijodiy faoliyat hisoblanadi. Ijodiy fikrlashni rivojlantirish har bir o‘quvchiga alohida yondashish orqali amalga oshiriluvchi jarayondir. Ijodiy fikrlashni rivojlantirishning eng muhim usullaridan biri o‘quvchilarning turli darajadagi nostandart masalalar yechishga jalb etish, betakror o‘ziga xos yechimlarni izlab topishga o‘rgatishdan iboratdir. Bunday masalalar fanga qiziqish uyg‘otib, faol ijodiy fikrlashga olib keladi. O‘quvchilarga avval ularga ma’lum bo‘lmagan yechish usullarini talab qiladigan masalalar topshiriladi. Standart masalalar yechish bilan matematik qonuniyatlar asosida tuzilgan formulalarni tub mohiyatini tushinish, uni tahlil qilish biroz murakkabroq kechadi. Nostandart masalalar yechish o‘quvchining ijodiy qobiliyatini namoyon qilishga sharoit yaratadi. Nostandart masalalar yechishda o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish uchun savollar tafakkur va xotirani faollashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. O‘quvchi uchun ijodiy xarakterga ega bo‘lgan masalalar zarur bo‘lib, bunday masalalar formulalarni esda saqlash emas, balki shu formulalardan foydalanish, tushintirish yo‘llarini topib, o‘z bilimiga tayangan holda ularni ijodiy fikrlashga majbur etadi. Matematika darslarida masala yechish jarayoni asosan, qo‘yiladigan masalaning elementlarini ko‘ra bilishi, bu elementlarga mos tushuvchi xossalarni ajrata olish va bu xossalar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni bog‘lash asosida amalga oshirildi. Shu bilan birga masalani yechishga olib keladigan aloqalarni bog‘lash va masalani yechilishi oson kechadigan qism masalalarga bu qism masalalar o‘rtasida bog‘liqlikni ko‘ra olish ajratish hamda ahamiyatga qobiliyatlarini ega. Ularning hammasi pirovordda rivojlantirishda asos bo‘lib xizmat o‘quvchilarni qiladi. Shuning muhim ijodiy uchun o‘quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish bosqichida har bir matematik tushuncha, qoida, ta’rif va masalalarni mazmuni, mohiyati kabi elementlarga alohida e’tibor berildi. Ayniqsa, egallangan bilim ko‘nikma va malakalarini yangi notanish sharoitlarda qo‘llay olish ko‘nikmalarining shakllanishiga alohida e’tibor qaratildi. Egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar uchun qo‘yilgan baholarning qanchalik haqqoniy ekanligiga tekshirish uchun muntazam ravishda reja асосида tajriba va nazorat guruhlarida o‘tkazilgan yozma ish va test sinovlarining natijalari statistik tahlil qilib borildi, umumlashtirildi, zarur xulosalar chiqarildi. Tajriba–sinov ishlari 2021-2023 yillar davomida Surxondaryo viloyati Angor tumani 4-umumta’lim maktabi hamda 41- umumta’lim maktabida muntazam o‘tkazib borildi. Pedagogik tajriba-sinov ishlarida tadqiqot muallifining o‘zi ham muntazam qatnashib bordi. Shuning uchun shaxsiy tajribalarga hamda quyidagi empirik shart - sharoitlarga asoslanildi : -o‘quvchilardagi matematik bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashdagi kamchiliklarni o‘rganish hamda ularni yuzaga keltirayotgan sabablarni o‘rganish; -ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda yuzaga keladigan zarur holatlarni aniqlash, tahlil qilish; -uslubiy tizimdagi ta’sirlar ketma-ketligining samaradorligini oshirish asosida ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga ko‘maklashish; -butun jarayonni doimo nazorat qilib, har bir nostandart holatlarni iloji boricha baholab, tahlil qilib borish asosida pedagogik-uslubiy maqsadning to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlab borishdan iborat bo‘ldi. O‘quvchilarning olgan bilimlarini test usulida tekshirish yildan yilga ommalashib va taklif etiladigan masalalar va test topshiriqlarining sifati tobora takomillashib bormoqda. Bunday usulda o‘quvchilar bilimini to‘g‘ri baholash ehtimoli kichik emasligi isbotlangan. O‘quvchi birorta masalani yechish usulini egallamay turib, yuqori baho olishi mumkin emas. O‘quvchilarni test orqali baholashda quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
Download 495.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling