7-amaliy: Biotexnologiya ob’yektlari Mavzuga oid tayanch so‘z va iboralar


Download 20.47 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi20.47 Kb.
#1511077
  1   2
Bog'liq
7-amaliy


7-amaliy: Biotexnologiya ob’yektlari
Mavzuga oid tayanch so‘z va iboralar: biotexnologik jarayon, biotexnologik ob’yekt, sianobakteriyalar, rekketsiyalar, prokariotlar, e.coli, Basilius amyloliquefaciens, Termofil mikroorganizmlar.
Biotexnologik jarayon samaradoriligini belgilovchi asosiy komponentlardan biri - tanlangan biologik ob’yekt hisoblanadi. Chunki dastlabki material sifatida tanlangan ob’yekt o‘zida aniq bir modifikatsiyalanuvchi xususiyatni mujassam etib, bizga kerakli bo‘lgan foydali mahsulot olish imkonini tug‘dirishi lozim. Biotexnologik ob’yekt sifatida mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvonlar hujayralari, transgen o‘simlik va hayvonlar, shuningdek hujayraning ko‘p komponentli ferment tizimi hamda alohida fermentlar tanlanadi. Hozirgi vaqtga qadar biotexnologik jarayonlarda asosiy ob’yekt sifatida ko‘proq mikroorganizmlardan foydalaniladi, ya’ni mikroorganizmlar yordamida turli xil kerakli biologik faol moddalar sintczlanadi. Afsuski, o‘simliklar va hayvonlardan biotexnologik ob’yekt sifatida foydalanish bir qator sabablarga ko‘ra keng miqyosda amalga oshirilmaydi.Tanlangan ob’yektning xususiyatlariga bog‘liq bo‘lmagan holatda har qanday biotexnologik jarayonning dastlabki ishlov berish bosqichi organizmlarning sof holatda ko‘paytirishdan iborat. Bunda tanlangan obyekt o‘simlik yoki hayvon bo‘lsa, u holda ma’lum bir hujayralar yoki to‘qimalar ko‘paytiriladi. Jarayonning keyingi bosqichlarida ko‘paytirilgan mikroorganizm, o‘simlik va hayvon hujayralari va to‘qimalari umumiy holatda mikrobiologik sanoat uslublari asosida ishlov beriladi. Uslubiy jihatdan ko‘pay-
tirilgan mikroorganizm va o‘simlik, hayvon, hujayra, to‘qimalari o‘zaro keskin farqlanmaydi. Shu sababli biotexnologik jarayonning keyingi bosqichlarida tanlangan ob’yektga mikrobiologik ob’yekt sifatida qaraladi.Mikroorganizmlar olami juda turli-tuman hisoblanadi. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlarning taxminan 100 000 turi o‘rganilgan. Bularning asosiy qismini bakteriyalar, aktinomitsetlar, rikketsiyalar, sianobakteriyalar, prokariotlar, achitqilar, zamburug‘lar, sodda hayvonlar va suv o‘tlari tashkil qiladi. Turli xil mikroorganizmlarning orasidan foydali mahsulot olish maqsadida kerakli xususiyatlarga ega mikroorganizmlarni tanlash jarayoni muhim ahamiyatga ega.
Chunki to‘g‘ri tanlangan dastlabki ob’yekt sanoatda biotexnologik jarayon samaradorligining yuqori bo‘lishiga olib keladi.

Download 20.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling