7-amaliy-ish pdf


Download 34.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi34.78 Kb.
#1610270
1   2   3
Bog'liq
7-amaliy-ish

 
 
Kraudsorsingning afzalliklari nimalardan iborat? Katta maydon 
shakllanadi:
 
Kraudfanding – jamoa bo‘lib moliyalashtirish – biznesga investitsiya 
kiritishning yangi ko‘rinishi sifatida
 
Biznes sohasida g‘oyani amaliyotga tadbiq qilishda tajriba, mahorat, intilish bilan bir qatorda 
moliyalashtirish asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda moliyalashtirishda 
odatiy kredit, ustav kapitalga pul kiritish, grant, aksiyalarni sotish, hosilaviy moliyaviy instrumentlardan 
foydalanish singari odatiy usullardan tashqari boshqa turli vositalar ham amalda o‘ylab topilgan. Bugun 
biz shulardan biri bo‘lgan kraudfanding haqida to‘xtalamiz. 


 
Kraudfanding (xalq moliyalashtrishi, ingl. crowd funding, crowd — ―omma‖, 
funding — ―moliyalashtirish‖) — insonlar (donorlar)ning jamoa bo‗lib birlashuvi 
bo‗lib, ular beg‗araz maqsadda o‗z mablag‗lari va turli resurslarini biror bir loyiha 
yoki maqsadni amalga oshirmoqchi bo‗lgan tashkilot yoxud insonga sarflashlari 
hisoblanadi. Odatda kraudfanding internet tarmog‗ida amalga oshiriladi. 
Jamoaviy beg‗araz moliyalashtirish (kraudfanding) Internetda tobora mashhur bo‗lib 
bormoqda. Ushbu mashhurlik to‗lqinini o‗z vaqtida aniqlagan holda amerikalik 
tadbirkorlar 
Kickstarter.com
loyihasini ishga tushirishgan. Ushbu sayt mualliflarga 
amalga oshirmoqchi bo‗lgan g‗oyalari uchun investitsiya qidirish va jalb qilish 
maqsadida tashkil etilgan. Yuqoridagi sayt xizmatlaridan investitsiya qidirish 
maqsadida tadbirkorlar, ijodiy soha vakillaridan rejissorlar, yozuvchilar, 
musiqachilar, o‗yin ishlab chiqaruvchilar, rassomlar, ssenariy mualliflari birday 
foylanishlari mumkin. 
Kickstarter.com saytida kraudfandingning ishlash tartibi 
Loyihaning ishlash tartibi juda oddiy. Sayt foydalanuvchisi o‗z g‗oyasini ilgari 
suradi va yozma ravishda izohlaydi, kerakli bo‗lgan mablag‗ni ko‗rsatadi va 


mablag‗ni yig‗ishning eng so‗nggi muddatini belgilaydi. Ayrim hollarda 
foydalanuvchi beg‗araz moliyalashtiruvchilarga turli mukofotlar taklif qilishi 
mumkin, masalan o‗z logotipi tushirilgan futbolkalarni sovg‗a qilish. 
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, barcha beg‗araz yordam pullari yaxshi 
maqsadlarda yig‗iladi va bepul futbolka loyihani amalga oshirish uchun pul tikkan 
insonlar olishi mumkin bo‗lgan yagona narsadir. Har qanday loyiha homiysi o‗zi pul 
tikkan loyihaning amalga oshirilishini kuzatishi mumkin, biroq loyiha muallifi 
foydasidan foiz olishga haqli emas, ulush yoki korxonani tashkil etishdagi 
aksiyalarga egalik qilish huquqiga ham ega emas. 
Yig‗ilgan pullar Amazon Payments tizimi yordamida yaratilgan maxsus 
hisobraqamga yo‗naltiriladi. O‗ziga ma‘qul kelgan g‗oyalarga pul tikmoqchi bo‗lgan 
xohlovchilar pul miqdorini o‗zlari mustaqil belgilaydilar. Oldindan belgilangan 
muddat nihoyasiga yetsa mablag‗lar yig‗ilishi to‗xtatiladi. Agar belgilangan mablag‗ 
to‗plangan bo‗lsa, pullar muallifning hisobraqamiga o‗tkaziladi. 
Agar belgilangan miqdor tegishli muddatgacha yig‗ilmagan bo‗lsa ham pul yig‗ilishi 
baribir to‗xtatiladi va bekor qilinadi. Bu o‗z navbatida mualliflarni o‗z g‗oyalarini 
yanada tushunarliroq va ko‗proq insonlarni jalb qilish uchun qiziqarliroq qilib 
taqdim qilishga undaydi. 
Kickstarter jalb qilingan mablag‗lardan 5%, Amazon Payments esa o‗z navbatida 
qo‗shimcha 3—5% komission haq ushlab qolishadi. Mablag‗ va investitsiyalar jalb 
qilish uchun mo‗ljallangan boshqa ko‗plab forumlardan farqli o‗laroq, Kickstarter 
loyiha va ishlanmalarga nisbatan mulk huquqiga da‘vo qilishmaydi, lekin sizdan 
olingan intellektual mulkni eksklyuziv bo‗lmagan turli maqsadlarda foydalanishi 
mumkin. Shunga qaramasdan saytda amalga oshirilgan loyihalar saqlanib qoladi va 
barcha uchun ochiq sanaladi. Loyihani moliyalashtirish yakunlangandan keyin ham 
saytga yuklangan ma‘lumotlar tahrir qilinishi yoki o‗chirilishi mumkin emas. 
Kickstarter ishtirokchilari saytni o‗z mahsulotlarini sotish va sinab ko‗rish uchun 
maydon sifatida foydalanishlari mumkin. 


Hozirda Kickstarter tizimidan faqat AQSh fuqarolari foydalanishlari mumkin. Biroq 
shunga o‗xshash tizimni bizning mamlakatimizda ham yaratishda aytarlik 
cheklanishlar yo‗q. 
Aslida kraudfanding O‗zbekiston uchun ham begona emas, amalda bu usuldan 
foydalanish holatlari mavjud. Masalan, biror bir kishining sog‗ligi yomonlashganda 
operatsiya yoki davolanish uchun zarur bo‗lgan pulni to‗plash kerak bo‗lsa internet 
ijtimoiy tarmoqlarida va turli saytlarda yordam so‗rab plastik karta raqamlarini 
qoldirgan holda murojaat etish holatlari mavjud. Bu ham kraudfandingning bir 
ko‗rinishi. 
Biroq kraudfandingni iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish va yangilik kiritish 
bo‗yicha qilinadigan loyihalardagi g‗oyalarni moliyalashtirishga yo‗naltirish juda 
muhim sanaladi. Shunday g‗oyalar borki, ular mavsumiy yoki bir martalik 
xarakterga ega, yaratuvchisiga moddiy manfaat olib kelmaydi, biroq jamiyatga juda 
katta foyda berishi mumkin. Aynan shu loyihalarni moliyalashtirishda 
kraudfandingning o‗rni beqiyosdir. Biroq bunda loyihani amalga oshiruvchi mablag‗ 
kelib tushadigan tashkilot yoki insonning naqadar ishonchli va maqsadli harakat 
qilishi masalasi asosiy o‗ringa ko‗tariladi. Ularning faoliyati shaffof va kuzatuvchilar 
uchun ochiq bo‗lishi lozim. Shundagina kraudfandingdan samara yuqori bo‗ladi. 
O‗zbekistonda bu borada kelgusida kichik loyihalarni moliyalashtirish uchun 
kraudfanding yo‗lidan foydalangan holda mablag‗ jalb qilish imkoniyatlari ochilishi 
mumkin. Chunki innovatsion iqtisodiyotning shiddat bilan rivojlanishi uchun o‗z 
vaqtida moliyalashtirish manbalari yetarli bo‗lishi talab etiladi. O‗ylaymizki, ushbu 
yo‗nalish tez orada bizning jamiyatda ham o‗z o‗rnini topadi. 

Download 34.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling