Shu maqsadda zararkunandalarni yo‘qotishda uning kushandalaridan, ya’ni hasharotlardan, kanalardan, sudralib yuruvchilardan, qushlardan foydalaniladi. Bundan tashqari qishloq xo‘jalik ekinlarida kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlardan (bakteriya, zamburug‘, virus) lardan foydalaniladi. Bugungi kunda keng qo‘llanilayotgan entomofaglardan trixogramma, brakon va h.k.
Qishloq xo‘jalik ekinlari kasalliklariga ham qarshi kurashda biologik usul keyingi vaqtlarda muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda, masalan: trixodermin g‘o‘zaning vilt kasalligiga qarshi, begona o‘tlarni yo‘qotadigan fitomiza pashshalari keng qo‘llanilmoqda.
O‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilishda biologik ob’ektlardan foydalanishga oid dastlabki ma’lumotlar eramizning boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtlarda qadimgi Arabistonda bog‘bonlar xurmo palmalariga tushadigan zararkunandalarpi yo‘qotishda yirtqich chumolilardan foydalanishgan.
Qizil chigirtkalarga qarshi kurashda mavriki oralig‘i Hindistondan mayna qushlari keltirilgan. Keyinchalik turli mamlakatlarda xonqizidan foydalanishga urinib ko‘rilgan.
1844 yilda Antoninio Villa degan italyan olimi bog‘ zararkunandalariga qarshi yirtqich qo‘ng‘izlardan foydalanishni tavsiya etadi. O‘sha yili hasharotlarga qarshi kurashda bura marinus qurbaqasidan Borbodos orolida foydalanilgan.
Hasharotlarda ruy beradigan parazitizm hodisasi birinchi marta 1602 yilda olimlarga ma’lum bo‘lib, uni ilmiy jihatdan faqat 1700 yilda Vilisniri izohlab berdi.
Jumladan nemis tabiatshunosi V. Koller entomofaglar zararkunandalar turiga qanday ta’sir ko‘rsatishini shunday ta’riflagan edi. «Hasharotlarning bir-biriga bo‘lgan o‘zaro munosabatlarini yaxshi o‘rgangandan keyingina biz ularning zararli ta’siridan himoyalana olamiz» degan edi.
Mustaqil davlatlar hamkorligidagi mamlakatlar Rossiyada biologik kurash bo‘yicha dastlabki ilmiy ishlar o‘tgan asrning 70-yillarida I.I. Mechnikov tomonidan boshlandi. U o‘tgan asrning 70-yillari oxiri, 80-yillar boshlarida g‘alla qo‘ng‘iziga (akazopliya austriaka) ning zamburug‘ va bakteriyali kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilarni aniqladi va u bu zararkunandalarga qarshi yashil muskardina zamburug‘ini qo‘lladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |