7-Amaliy mashg‘ulot Gravimetrik tahlilga oid masalalar. 1-masala


Download 80.12 Kb.
Sana29.04.2023
Hajmi80.12 Kb.
#1400485
Bog'liq
4- А АФКК


7-Amaliy mashg‘ulot Gravimetrik tahlilga oid masalalar.


1-masala. 150 ml da 1,2g rux sulfat saqlagan eritmaga tushirilgan rux elektrodining 250C dagi potensialini hisoblang. Rux sulfatning eritmadagi dissotsiatsiya darajasi 60% ( 0,6)
Yechish: Eritmaning molyarligini hisoblaymiz:
yoki

Rux ionlarining konsentratsiyasi
Elektrod potensialini hisoblaymiz:
(jadvaldan olinadi)

2-masala. 2 M mis sulfat eritmasiga tushirilgan mis elektrodi va 0,1 M rux sulfat eritmasiga tushirilgan rux elektrodlaridan tuzilgan galvanik elementning elektr yurituvchi kuchini 298 K da hisoblang.
Yechish:___;_larni_o‘rniga_qo‘ysak:___;___3-masala_.'>Yechish:

; larni o‘rniga qo‘ysak:

;

3-masala. Nitrat kislotasining 0,1 va 0,05 n eritmalariga tushirilgan vodorod elektrodlaridan tuzilgan konsentratsion zanjirning 291 K dagi elektr yurituvchi kuchini aniqlang. Kislota to‘la dissotsiyalanadi deb hisoblansin.
Yechish: konsentratsion zanjirning elektr yurituvchi kuchi
4-masala. 298 K da xingidron – kalomel elektrodlaridan tuzilgan zanjirning elektr yurituvchi kuchi 0,106V. Eritmaning pH va vodorod ionlarining konsentratsiyasini hisoblang.
Yechish: Zanjir sxemasi

dan yoki
5-masala. 0,5n va 0,05n kumush nitrat eritmalariga tushirilgan kumush plastinkalaridan tashkil topgan konsentratsion zanjirning 291 K da elektr yuri-tuvchi kuchini hisoblang. 0,05n eritmaning ekvivalent elektr o‘tkazuvchanligi 99, 5 Om-1 sm2, g-ekv-1, 0,5n eritma uchun 77, 5 Om-1 sm2 g-ekv-1.
Yechish: Cheksiz suyultirishdagi ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlikni hisoblanadi:
(jadvaldan olinadi)

Xar bir eritma uchun dissotsiatsiya darajasini hisoblanadi:

Elementning elektr yurituvchi kuchi


6-masala. Qarshiliklar ko‘prigida 291 K da Veston elementiga to‘g‘ri keladigan masofa 70,2 sm. Kalomel va tekshiriluvchi eritmaga tushirilgan vodorod elektrodlardan tuzilgan galvanik element uchun 43,6sm. Eritma pH ini hisoblang.
Yechish: formuladan foydalanamiz. Avval E hisoblanadi:


7-masala. m1=0,1 va m2=4 konsentratsiyali AgNO3 eritmasiga Ag elektrodi tushirib konsentratsion galvanik element tuzilgan. 298 K da elementning EYUK ni aniqlang.
Yechish: Konsentratsion galvanik elementlar bir xil elektrolit moddaning turli konsentratsiyadagi eritmasiga tushirilgan bir xil metall (modda) elektroddan iborat bо‘ladi. Bunda
Ag/AgNO3, AgNO3/Ag
a1 a2
EYUK diffuziyalanish hisobiga hosil bо‘ladi:

Bu yerda a1 va a2 lar quyidagicha aniqlanadi:


298 K da elementning EYUK quyidagiga teng:
0,026 ln11,444=0,0634V.
Mustaqil yechish uchun masalalar


1. Kadmiy ionlarining konsentratsiyasi 0,005g-ion/l bo‘lgan eritmaga tushirilgan kadmiy elektrodining 298 K dagi potensialini hisoblang.
2. Kumush ionlarining konsentratsiyasi 0,03g-ion/l bo‘lgan eritmaga tushirilgan kumush elektrodining 291 K dagi qiymatini hisoblang.
3. Xingidron elektrodi tushirilgan 1n eritmani 100 martta suyultirilsa, uning potensiali qanchaga o‘zgaradi?
4. Galvanik element o‘zining 1 M li eritmalariga tushirilgan magniy va temir (II) plastinkalaridan tuzilgan. Elementning 25C dagi elektr yurituvchi kuchini hisoblang. Element ishlaganda qaysi metall sarf bo‘ladi? Reaksiyalarni ion ko‘rinishida yozing.
5. Galvanik element vodorod ionlari nomalum bo‘lgan eritmaga tushirilgan vodorod elektrodi va to‘yingan eritmali kalomel elektrodlaridan tuzilgan. Kompensatsion usulda Veston elementiga to‘g‘ri kelgan masofa 291 K da 50sm, tekshiriluvchi elementga to‘g‘ri keladigan masofa 25sm ekanligi topildi. pH va vodorod ionlari konsentratsiyasi hisoblansin.
6. 150 ml da 0,16g magniy sulfat saqlagan eritmaga tushirilgan magniy elektrodining 250C dagi potensialini hisoblang. Dissotsiatsiya darajasi 65%.
7. Vodorod elektrodining potensiali – 0,145 V. Eritma pH va vodorod ionlari konsentratsiyasini hisoblang.
8. Eritmani pH ini toping, agar xingidron elektrodini potensiali 0,4 v ga teng bo‘lsa.
9. 298 K da 0,1n AgNO3 va 0,01n AgNO3 dan iborat zanjirning EYuK topilsin. Shu haroratda 0,1n AgNO3 eritmasining ekvivalent elektr o‘tkazuvchanligi 10,99 Om-1m2/kg-ekv, 0,01n AgNO3 eritmasiniki esa 12,53 Om-1m2/kg-ekv ga teng. Diffuzion potensial hisobga olinmasin.
10. 298 K Daniel - Yakobi elementining E=1,09337 V va dE/dT=0,000429 V ekanligi topildi. Reaksiyaning issiqlik effekti hisoblansin.
Download 80.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling