Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyatning mazmuni
|
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchilar
|
Tayyorlov bosqichi
|
Mavzuni aniqlaydi, ta’limiy maqsadni belgilaydi va kutilayotgan natijalarni shakllantiradi.
Belgilangan ta’limiy maqsadlarga mos o’quv-bilish topshiriqlarini ishlab chiqadi.
|
|
1. O’quv mashg’ulotiga kirish bosqichi
(10 daq)
|
Talabalar davomati va darsga tayyorgarligini tekshiradi. O’tilgan mavzuni takrorlash maqsadida tarqatma materiallardan foydalanadi.
Mashg’ulot mavzusini va uning rejasini e’lon qiladi. Uning maqsadi va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi, ularning ahamiyatliligi va dolzarbligini asoslaydi.
Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarga ta’rif berishni taklif qiladi va shu asosda tezkor so’rov o’tkazib talabalar bilimlarini faollashtiradi
|
Savollarga javob beradilar
Eshitadilar va daftarlariga yozib oladilar
Savollarga javob beradilar
|
2-Asosiy bosqich
(60 minut)
|
Mavzu bo’yicha tayyorlangan slaydlarni namoyish qiladi. Har bir slaydni alohida izohlaydi.
Portfolio turlarini “Idrok xaritasi” metodi asosida bayon etadi (1-ilova).
Slaydlardagi ma’lumotlarning zaruriy nuqtalarini talabalarga yozdirib boradi.
Elektron portfoliolar yaratishga mo’ljallangan dasturiy vositalar to’g’risida ma’lumot berib, ularni VENN diagrammasi yordamida solishtiradi va umumiy xulosani bayon etadi (2-ilova).
Talabalarni faollashtirish va bilimlarini mustahkamlash maqsadida Nima uchun? – grafik organayzerini qo’llaydi va ulardan muammoli savolga javob berishlari talab etiladi (3-ilova).
|
Slaydlarni ko’rib, tinglab, yozib boradilar
Talabalar berilgan savollarga javob beradilar
|
3-Yakuniy bosqich
(10 minut)
|
Yakun chiqaradi, o’quv faoliyatining natijalarini umumlashtiradi, faol ishtirokchilarni rag’batlantiradi.
Kelgusi ma’ruza mashg’ulotiga tayyorgarlik ko’rish uchun mavzu e’lon qilinadi va foydalaniladigan adabiyotlar ro’yhati beriladi. “Insert” texnikasidan foydalanib darsga tayyorlanib kelish topshiriladi.
Uyga vazifa beradi. “Baliq skeleti” sxemasi asosida “Elektron portfolioni yaratishda uchraydigan muammolarning sabablari”ni yoritib kelish vazifasi yuklatiladi. Darsni yakunlaydi. (4-ilova)
|
Tinglaydilar.
Topshiriqlar
ni olishadi.
Uyga vazifani yozib olishadi.
|