7 amaliy mashg‘ulot Mavzu: Biologiya (Zoologiya) fanining darslarini o‘tkazish. Darsini kuzatish va tahlil etish
Modul dasturining didaktik maqsadi
Download 149.48 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqdownload-edfiles-21877
Modul dasturining didaktik maqsadi: siz talabalar bilan kichik guruhlarda
mustaqil ishlab, “bo‘g’im oyoqlilar” tipini o‘qitish metodikasini, mazkur tipdagi mavzu bo‘yicha mavzuli-reja tuzishni o‘rganishingiz, “bo‘g’im oyoqlilar” tipi bo‘yicha amaliy mashg’uloti va ekskursiyalar o‘tkazish, ularda o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish ko‘nikmalarini egallashingiz, bob bo‘yicha msni lar tuzishni o‘rganib, o‘z metodik tayyorgarligingizni orttirishingiz zurur. O‘fe O‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish uchun o‘quv topshiriqlari Topshiriqlarni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar Izoh 1-o‘fe Maqsad: zoologiya darsligidan o‘rin olgan “bo‘g’im oyoqlilar” tipini o‘qitish metodikasini o‘rganish. Zoologiya darsligi, o‘quv dasturi va tarqatma materiallarni o‘rganing va quyidagi savollarga javob toping: 1. “zoologiya” darsligidagi “bo‘g’im oyoqlilar” tipini ko‘rib chiqing. U qaysi mavzularni o‘z ichiga oladi? 2. O‘quv dasturini tahlil qiling. Mavzularni o‘rganish uchun ajratilgan soatlarni aniqlang. 3. Zoologiya darslarining mavzuli-rejasini ko‘rib chiqing, amaliy mashg’uloti va ekskursiyalarni aniqlang. Kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda ishlang Talabalar bilan o‘tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting 2-o‘fe Maqsad: “bo‘g’im oyoqlilar” tipini o‘rganish uchun mavzuli-reja tuzish. Berilgan tarqatma materialni o‘rganing va quyidagi savollarga javob toping: 1. Zoologiyadan tuzilgan mavzuli-reja o‘zida nimalarni mujassamlashtiradi? 2. Zoologiya mavzuli rejasida “bo‘g’im oyoqlilar” tipini o‘rganish qaysi chorakka to‘g’ri keladi? 3. Mazkur mavzuli-rejada mavzularning ketma-ketligi aniqlang. U darslikka mos keladimi? Kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda ishlang Talabalar bilan o‘tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting 3-o‘fe Maqsad: “hasharotlar tashqi tuzilishi” amaliy mashg’ulotini o‘rganish. Darslikda berilgan amaliy mashg’ulotining borishini o‘rganing va quyidagi savollarga javob toping: 1. Zoologiya darsligidagi “hasharotlar tashqi tuzilishi” amaliy mashg’ulotini o‘tkazish uchun tavsiya etilgan jihozlar, o‘quvchilar Kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda ishlang Talabalar bilan o‘tkaziladigan savol-javobda uchun berilgan o‘quv topshiriqlarini ko‘rib chiqing. 2. Berilgan topshiriqlar etarlimi? 3. Amaliy mashg’ulotining borishiga qanday o‘zgartirishlar kiritish lozim? 4. Mazkur chorak uchun belgilangan msni larni ko‘rib chiqing. Undagi topshiriqlarda dts talablari to‘liq qamrab olinganmi? faol ishtirok eting 4-o‘fe Maqsad: “umurtqasiz hayvonlarning asosiy turlari va ularning hayoti bilan tanishish” ekskursiyani o‘tkazish metodikasini o‘rganish. 1. Mazkur ekskursiyaning didaktik maqsadi va darslar tizimidagi o‘rnini aniqlang. 2.ekskursiyani o‘tkazish joyini, kerakli jihozlarni aniqlang. 3. Ekskursiyada o‘quvchilarning bajaradigan o‘quv topshiriklarini tuzing. 4. Ekskursiyada kollekstiya tayyorlash uchun tavsiya tayyorlang. Kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda ishlang Talabalar bilan o‘tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting 5-o‘fe Maqsad: modul dasturini yakunlash. 1. Modul dasturining didaktik maqsadini o‘qib chiqing. Siz unga qay darajada erishdingiz? 2. O‘z o‘quv faoliyatingizni tahlil qiling va 5 balli tizimda baholang. 3. O‘z o‘quv faoliyatingizdan qoniqish hosil qilgan bo‘lsangiz, mazkur tipdan o‘rin olgan birorta mavzu bo‘yicha dars ishlanmasini loyihalang. 4. Agar o‘z o‘quv faoliyatingizdan qoniqish hosil qilmagan bo‘lsangiz, modul dasturi yordamida takroran ishlang. Baho keyingi grafaga qo‘yiladi Kelgusi mashg’ulot uchun topshiriq: 1. “sut emizuvchilar” sinfini o‘qitish metodikasini ishlab chiqing. 2. Mazkur bobdagi amaliy mashg’uloti va msnilarni tahlil qiling Download 149.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling