7 amaliy mashg’ulot mavzu: elektromagnit o’lchash o’zgartkichlari. Ishdan maqsad


Maksimal sezgirlikli elektromagnit siljish o'zgartkichi


Download 497 Kb.
bet2/3
Sana13.12.2020
Hajmi497 Kb.
#165533
1   2   3
Bog'liq
7 - Amaliy mashg’ulot Mavzu Elektromagnit o’lchash o’zgartkichlari.

Maksimal sezgirlikli elektromagnit siljish o'zgartkichi. Avtomatik rostlash tizimlarida keng qo'llaniladigan adaptatsiya prinsipini rivojlantirish, uni an'anaviy

elektromagnit siljish o'zgartkichlarini takomillashtirishda joriy etish, o'zgartkichlarning metrologik va dinamik xarakteristikalarini butun o'zgartirish

diapazonida yaxshilash imkonini beradi.

Quyida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida dotsentlar Baratov R.J. va Yoqubov M.S. lar tomonidan tavsiya qilingan chiziqli siljishlarni maksimal sezgirlik bilan kuchlanishga o'zgartiruvchi elektromagnit o'lchash o'zgartkichini

ko'rib chiqamiz. O'lchash o'zgartkichning funksional sxemasi 7.2 – rasmda keltirilgan. Uning maksimal sezgirligi butun diapazonda manba kuchlanishi chastotasini avtomatik ravishda rostlash orqali, zanjirni rezonans rejimida ushlab turish yordamida amalga oshiriladi.

O'lchash o'zgartkichi П-simon qo'zg'almas magnit o'tkazgich asosiga qo'zg'atish w1 va o'lchash w2 chulg'amlari o'rnatilgan. Magnit o'tkazgich bo'ylab siljish imkoniyatiga ega bo'lgan yakor - ekran siljishi o'lchanishi lozim bo'lgan ob'ektga mahkamlanadi. O'lchash chulg'ami qismalariga uncha katta bo'lmagan qo'shimcha rezistor Rqo'sh orqali o'lchash chulg'amining induktivligi L2 bilan rezonans kontur hosil qiladigan o'zgarmas sig'im C li kondensator ulangan.





Bu konturdagi rezonans rejim, ya'ni o'lchash chulg'amidagi Uchiq kuchlanish va rezonans konturi toki o'rtasidagi faza siljish burchagi). Chastotasi o'zgartiriladigan sinusoidal tok generator (ChO'G) chiqishi qo'zg'atish chulg'amiga ulangan. ChO'G kirishiga faza sezgir detektor(FSD)ning chiqishi ulangan. FSD tayanch kirishiga qo'shimcha Rqo'sh qarshilikdagi kuchlanish pasayishi, boshqarish kirishiga esa o'zgartkich chiqishidagi kuchlanish kvadraturali faza aylantirgich (KFA) orqali beriladi. Bunda FSD ning chiqishida burchak kattaligi va ishorasiga proporsional bo'lgan kuchlanish shakllanadi. Bu kuchlanish ChO'G chastotasini avtomatik ravishda o'zgartirib, L2 C konturni rezonans rejimida ushlab turadi.





Download 497 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling