7-amaliy mashg‘ulot: Qavatlararo yopmalar. Pol qoplamalarini qurish. Reja


Download 30.09 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi30.09 Kb.
#1817762
  1   2   3   4
Bog'liq
7-амалий


7-amaliy mashg‘ulot: Qavatlararo yopmalar. Pol qoplamalarini qurish.
Reja:
1) Qavatlararo yopmalar haqida tushuncha.
2) Turar-joy binolarida qo‘llaniladigan pollarga qo‘yiladigan talablar.
3) Zamonaviy “issiq pol” va uning konstruktiv yechimlari.

Asosiy 3,6 m dan ortiq devorlar va kichik panellar orasidagi masofa yopmalarni konstruktiv–rejalash asosida loyihalash maqsadga muvofiq. Asosiy 3,6 m dan oshiqroq qavatlararo yopmalarning kattaligini shunday olish kerakki, panellarning ko‘proq qismi uch yoki to‘rt tomonidan asosiy devorlarga tayansin.


Qavatlararo yopmalarni yaxlit kesimli bo‘lgan plitalardan loyihalash maqsadga muvofiq. Dumaloq bo‘shliqli plitalarni qavatlararo yopishda shunday ishlatish mumkinki, bunday sharoitda siquvchi kuchlar bu bo‘shliqlarga kam yoki umuman tushmasligi kerak. Gorizontal cho‘ziq bo‘shliqli plitalarni ishlatishga ruxsat etilmaydi.
4.5–rasmda konstruktiv–rejalashgan o‘zagi kattaligidagi yaxlit kesimi tekis bo‘lgan qavatlararo yopmalar ko‘rsatilgan.
Panelli binolarning tomlarini yirik yig‘ma–beton elementlardan foydalanib cherdakli (balandligi 1,6 m) va cherdaksiz qilib loyihalash mumkin. Tomlarni loyihalashda binoning ichki suv yo‘llarini nazarda tutish kerak.
Qo‘sh tomlarni loyihalayotganda tomning materiallarining ko‘proq pastki qavatini asosiy va ustki qavvatini issiqlikni qaytaradigan bo‘lishiga ahamiyat berish kerak. Panellar bilan choklar orasini to‘ldirishda asosiy qatlamning qalinligicha olinib, chokning yuqori qismi yumshoq isitgich materiallari bilan to‘ldiriladi.
Chordoqli tomlarda ishlatilgan tom plitalarini deformatsiya haroratining o‘zgaruvchanligini saqlash kerak, bunda oldtomon (tarzning ko‘ndalang choklar bilan tom panellarining) orasini ulashda beton quyish tavsiya etilmaydi.
Tom paneli faqat ko‘ndalang devorlarga tayanganda friz paneli bilan tom panelining tutashgan joyi konstruksiyasi va yuqori qavat devorlari (tomning deformatsiya haroratida) panjarali panel nishabiga halaqit bermasligi kerak.
Podval usti va chordoq ora yopmalariga umumiy talablardan tashqari aloxida talablar ham qo‘yiladi. Shuning uchun ham ularning konstruktiv yechimi qavatlararo ora yopmalarnikidan birmuncha farq qiladi. Temir-beton panel yoki plitadan iborat chordoq ora yopmasi ustidan mastika vqa issik bitumlar yordamida bug‘ o‘tkazmaydigan qatlam yopishtiriladi, so‘ngra uning ustidan issiqlik o‘tkazmaydigan qatlam qalinligi teplotexnik hisoblar yordamida aniqlanadi (94-rasm).


Download 30.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling