7-Amaliy mashg’ulot


Download 42.99 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi42.99 Kb.
#1029336
Bog'liq
TNA amaliyot 7

7-Amaliy mashg’ulot.


Mavzu: Ijtimoiy tizim misollarini tizimli tahlil nuqtai nazaridan o‘rganish


Davomiyligi: 2 soat
Ishdan maqsad:
O‘qituvchi tomonidan tashkil etilgan tinglovchilar guruhining hamkorlikdagi ishi. 5-10 minut vaqt ajratiladi, keyin ishning natijalari birgalikda muhokama qilinib, tegishli xulosalar chiqariladi.
Topshiriqlar:
1. Ishchi guruh a’zolari maslahatlashgan holda ijtimoiy tizimga oid misol- lar variantlaridan birini tanlaydi, masalan:

  • talabalarning o‘quv guruhi;

  • ilmiy bo‘lim xodimlari;

  • kafedra;

  • uch kishilik oila;

  • mahalla;

  • fakultet;

  • ma’ruza va hokazo.




2. Ushbu tanlangan misolning tizim ekanligi isbotlanadi.
3. Ushbu tizimning ichki va tashqi aloqalari mavjudligi ko‘rsatiladi. Buning uchun tegishli sxema yoki jadval tuziladi.
4. Qaysi tizimlar ushbu misolning tashkil etuvchilari ekanligi ko‘rsatiladi (Ushbu misolning qaysi elementlari mustaqil ravishda mayda tizimlarni tashkil etadi? Ushbu misolning o‘zi qaysi bir yirikroq tizimning elementini tashkil etadi?).
Nazariy ma’lumot
Tashkilotning asosiy elementlari - bu odamlar (alohida xodimlar, masalan, direktor, o‘rinbosarlar) va xuddi shunday ularning guruhlari (masalan, boshqaruv apparati bo‘limlari, ishlab chiqarish sexlari).
Elementlar orasidagi bog‘lanish tashkilotning tuzilmasi orqali ifodalanadi.
Tashkilot tuzilmasi - bu uning asosiy xarakteristikasi.
Tashkilot tuzilmasi quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • tashkiliy tuzilma - bu boshqaruvni tashkil etish;

  • kasbiy tuzilma;

  • ijtimoiy tuzilma;

  • boshqaruv bo‘limlarida xodimlar tuzilmasi va hokazo.

Tashkilotning tashqi muhiti - bu siyosat, texnologiya, jamiyat, jamoatjilik hayoti me’zonlar, ish kuchi bozori, konyunktura, ishchilar, ta’minotchilar, banklar, kasaba uyushmalari, mulkdorlar, mijozlar, kasbiy guruhlar, hududda yashovchilar, davlar organlari, maishiy va kommunal xizmat ko‘rsatish tarmoqlari va hokazo. Bu omillarning ta’siri har xil. Eng muhimi bu omillarning barchasini va ularning ta’siri samaradorligini hisobga olish.
Tashkilotning ichki muhiti - bu tashkilot ichida boshqaruv qarori natijasida yuz beradigan vaziyatli omillar. Bu tashkilotning xo‘jalik mexanizmi, uning tuzilmasi. Bunga quyidagilar kiradi:

  • tashkilotning maqsadi;

  • tashkiliy tuzilma, bo‘limlar;

  • muammo va masalalar;

  • texnologiyalar;

  • odamlar (mehnat zaxiralari);

  • boshqaruv jarayoni.

Download 42.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling