7 amaliy mashg'ulot


Download 20.38 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi20.38 Kb.
#1776836
Bog'liq
amaliy ish 7


7 amaliy mashg'ulot.

Parallel qo’zg'otishli o’zgarmas tok generatorining parametrlari quyidagi jadvalda keltirilgan: nominal quvvat PNG va kuchlanish UNG, qo’zg'otish toki iNG , 15 ° S temperaturada yakor cho’lg’ami qarshiligi, aylanish chastotasi, foydali ish koeffisienti η. Hisoblashda yakor reaktsiyasini e'tiborga olmaymiz va mashinaning qo’zg'otish toki o’zgarmas deb hisoblaymiz.


Jadval

PNG kW

UNG ,V



iNG ,A



nNG
ayl/min

η, %

RND Om

PND
kW

UND, V

11

115

2

800

83

0,05

10

110

Quyidagilarni aniqlash kerak:


- Nominal yuklamada generator va dvigatel ish rejimlarida foydali ish koeffitsienti tengligini hisobga olgan holda, ushbu mashinani dvigatel rejimida aylanish tezligini aniqlang, dvigatel klemmalaridagi kuchlanish va nominal quvvati 5.9-jadvalda keltirilgan;
- nominal yuklama rejimidan salt ishlash rejimiga o'tish paytidagi aylanish chastotasi o'zgarishini aniqlash (salt ishlash rejimidagi yakor toki e'tiborga olinmaydi);
- Agar yakor chulg’amiga berilayotgan kuchlanish 0,8 UN gacha pasaygan bo’lsa va tormoz momenti, motor quvvati o’zgarmas bo’lganda, dvigatelning aylanish chastotasi qanday o'zgarishini aniqlash;
Yechish;
1. Mashinaning nominal toki;
generator rejimida;
Ing = Png / Ung
motor rejimida;
Ind = Pnd / ( Und · η ).
Yakor chulg’amidagi tok;
generator rejimida;
Iya ng = Ing + ing
motor rejimida;
Iyand = Ind - ind
shartga ko’ra qo'zg'atish toki o'zgarishsiz qoladi, ing = ind = 2 A
Nominal yuklamada yakor chulg’amidagi EYuK;
generator rejimida;
Eng = Ung + Iya ng · Rya 15° + ΔUЩ
motor rejimida;
End = Und + Iya nd · Rya 75° - ΔUЩ .
75 ° C dagi yakor cho’lg’am qarshiligi;
Rya 75° = Rya 15° (235+75) / (235+15)
Cho'tka kontaktlarida kuchlanish pasayishi;
ΔUCh = 2 В
Aylanish chastotasini quyidagi formuladan aniqlash mumkin; E = cnФ
bu erda c - ma'lum bir mashina uchun doimiy koeffitsient.
Magnit oqim Ф o'zgarmas bo’lganligi sababli, qo'zg'atish toki shartga ko’ra o'zgarmaydi va yakor reaktsiyasini e'tiborga olinmaydi. Shunday qilib, nominal yuklamada dvigatel tezligini quyidagidan aniqlash mumkin;
Eng / End = nng / nnd откуда nnd = nng / ( Eng / End )
2.Nominal yuklama rejimidan salt ishlash rejimiga o'tish paytdagi aylanish chastotasi o'zgarishini aniqlash uchun, dvigatelning EYuK tenglamasidan foydalanamiz:
nominal yuklama rejimida;
End = Und – Iya nd · Rya 75° - ΔUCh = cnndФ
Bu yerda salt ishlash rejimida biz yakor tokini e'tiborga olmaymiz.
E0д ≈ Uнд cn0дФ
Bu yerdan magnit oqimini o’zgarmas deb, quyidagi nisbatni olamiz ;
n0d / nnd= Und/ End
undan salt ishlash rejimida motorning aylanish tezligini aniqlash mumkin;
n0d = nnd /(Und / End)
Aylanish tezligining nisbiy o'zgarishi;
= ( n0d - nnd ) / nnd · 100
3. Pasaytirilgan kuchlanishda motor aylanish tezligini aniqlash uchun elektromagnit moment formulasidan foydalanamiz;
M = kФIND
bu erda k - ma'lum bir mashina uchun doimiy koeffitsient.
Masalaning shartiga ko'ra, kuchlanish o'zgarganda, motor momenti nominalga teng bo'lib qoladi va magnit oqimi Ф o'zgarmaydi. Buning sababi shundaki, kuchlanish o'zgarganda ham yakor cho’lg’amidagi tok o’zgarmasdan qoladi. Bu holatda biz motor aylanish tezligini quyidagi formuladan topamiz.
nominal kuchlanishda UND;
nнд = (Uнд - Iя нд · Rя 75° - ΔUЩ ) / cФ
past kuchlanishdagi 0,8 UND;
n = (0,8Uнд - Iя нд · Rя 75° - ΔUЩ ) / cФ .
Aylanish tezligini o'zgarishi;
n / nнд = (0,8Uнд - Iя нд · Rя 75° - ΔUЩ) / (Uнд- Iя нд · Rя 75° - ΔUЩ )
Download 20.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling