7-Biologiya (20-24-mavzular) Termitlarga xos xususiyatlarni ko’rsating
Download 23.4 Kb.
|
zoo 20-24
7-Biologiya (20-24-mavzular) 1. Termitlarga xos xususiyatlarni ko’rsating. 1) oiladagi erkak termitlar bitta; 2) oiladagi erkak termitlar yuzga yaqin; 3) ona termit o’n yildan ko’p yashaydi; 4) ona termit o’n yilga yaqin yashaydi; 5) ona termit umri bo’yi 115 million tuxum qo’yadi; 6) ona termit umri bo’yi 15 million tuxum qo’yadi; 7) qo’riqchi termitlarning qorin qismi katta bo’ladi; 8) bargni kemirib oziqlanadi; 9) o’simliklarning yog’ochlik qismi bilan oziqlanadi; 10) 15 m gacha baland inlarda yashovchi termitlar tropik mintaqalarda tarqalgan; 11) 15 m gacha baland inlarda yashovchi termitlar subkontinental mintaqalarda tarqalgan A) 1, 4, 5, 9, 10 B) 1, 3, 5, 9, 11 C) 2, 3, 6, 7, 8, 10 D) 2, 4, 5, 9, 11 2. Yuragiga kislorodga to’yingan qon keladigan, mozaik ko’rish xos bo’lgan organizmlarni aniqlang. 1) sariq chayon; 2) mita qo’ng’izi; 3) o’laksaxo’r qo’ng’iz; 4) eshakqurt; 5) langust; 6) krevetka; 7) tukli ari A) 1, 3, 6 B) 4, 5, 6 C) 2, 3, 7 D) 4, 6. 7 3. Tanasida qorinoyoqlari bo’ladigan organizmlarni aniqlang. A) daryo qisqichbaqasi, karam kapalagi, chayon B) langust, biy, karam kapalagi qurti C) tut ipak qurti, krevetka, olma mevaxo’ri qurti D) daryo qisqichbaqasi, bronza qo’ng’izi qurti, ko’sak qurti 4. Og’iz a’zosi kemiruvchi tipda tuzilgan chala o’zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlarni aniqlang. 1) Osiyo chigirtkasi; 2) qora chirildoq; 3) xonqizi; 4) yashil temirchak; 5) Turkiston termiti; 6) beshiktervatar; 7) sariq suvarak; 8) moviy ninachi; 9) to’shak qandalasi; 10) burga A) 4,7,8,9 B) 1,3,6,8 C) 2,4,5,8 D) 4,5,8,10 5. Yetilgan qurt daraxt yoki devorlarga chiqib, g’umbakka aylanadigan hasharot uchun xususiyatni toping. A) keyingi qanotlarining chetki qismida katta qora dog’i bor B) tuxumdan chiqqan yosh qurtlari dastlab ko’k- yashil rangda bo’ladi C) qurtlarning orqa va yon tomonida bir qator sariq va qora dog’lari bo’ladi D) himoya rangiga ega 6. Odam ichagida yashayotgan qoramol tasmasimon chuvalchangni 960 ta bo’g’imidan 80 %i yetildi va har bir bo’g’inda 60 tadan tuxum hujayra urug’landi va tashqi muhitga axlat bilan chiqqan tuxumlarni 40%i nobud bo’ldi, saqlanib qolgan tuxumlardagi jami ilmoqlar soni (a) va bu tuxumlarni 50% qoramol ichagidan lichinka hosil qilgan, shu lichinkalardagi jami ilmoqlar sonini (b) aniqlang. A) a-34500 b-61350 B) a-23450 b-46500 C) a-55296 b-82944 D) a-54926 b-80296 7. Bronza qo’ng’izi lichinkasi tanasining qaysi qismlari xitin bilan qoplangan? A) faqat oyoqlari B) faqat boshi va oyoqlari C) tanasining barcha qismlari D) faqat bosh qismi 8. Ninachilarga xos xususiyatlar ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1) qanotlari taxlanmasdan ikki yoniga yoyilib turadi; 2) og’iz organi kemiruvchi; 3) lichinkasi suvda rivojlanadi; 4) ochko’z o’txo’r hayvon; 5) orqa oyoqlari sakrovchi tipda tuzilgan; 6) lichinkasi yirtqich hayot kechiradi; 7) qanotlari mayda tangachalar bilan qoplangan; 8) boshining ostida spiralsimon xartumi bor A) 1,7,8 B) 1,3,6 C) 2,4,8 D) 1,5,7 9. Tanasidagi paypaslagichlari ozuqani tutishda qatnashmaydigan hayvonlarni aniqlang. 1) oq planariya; 2) qizil korall polip; 3) aureliya; 4) yashil bronza qo’ng’izi; 5) baqachanoq; 6) chuchuk suv shillig’i A) 2,4,6 B) 1,4,6 C) 1,3,6 D) 1,2,3 10. Qaysi organizmlarda jinslar nisbati 1:1 ni tashkil etadi? 1) oq planariya; 2) temirchak; 3) bitiniya; 4) baqachanoq; 5) dafniya; 6) qizil chuvalchang; 7) askarida; 8) tok shillig’i A) 2,4,5,7 B) 1,3,6,8 C) 1,3,4,5 D) 2,6,7,8 11. Faqat o’pkasi (a), faqat traxeyasi (b), o’pka va traxeyasi (c) yordamida nafas oluvchi bo’gimoyoqlilarni ajratib ko’rsating. 1) chayon; 2) biy; 3) termit; 4) bo’ka; 5) qoraqurt; 6) ustritsa; 7) qandala; 8) suv shillig’i A) a-1; b-3,4; c-2,5 B) a-8; b-3,7; c-5 C) a-6; b-4,7; c-2,3 D) a-1,5; b-7; c-2 12. Oq chumolilar mansub bo’lgan sistematik birliklar to’g’ri berilgan javobni toping. 1) pardaqanotlilar; 2) ikki qanotlilar; 3) hasharotlar; 4) termitlar; 5) boshskeletsizlar; 6) umurtqasizlar A) 2,3,5 B) 4,3,5 C) 4,3,6 D) 1,2,6 13. Quyidagi berilgan hasharotlar qanotining tuzilishi bilan mos ravishda juftlab ko’rsailgan javobni toping. 1) kapalak; 2) qandala; 3) chigirtka; 4) ninachi a) qanotlari taxlanmasdan ikki yoniga yoyilib turadi; b) oldingi qanotlari uzun va ensiz, orqa qanotlari yelpig’ichga o’xahab oldingi qanotlari ostiga taxlanib turadi; c) birinchi juft qanotlarining oldingi qismi qalinlashgan, keying qismi yupqa va shaffof; d) qanotlari mayda tangachalar bilan qoplangan A) 1-d; 2-b; 3-c; 4-a B) 1-a; 2-c; 3-b; 4-d С)1-d; 2-c; 3-b; 4-a D)1-a; 2-b; 3-c; 4-d 14. Qoni tana bo’shlig’ini to’ldirib turadigan organizmni aniqlang. A) o’troq dengiz ko’p tuklisi B) jigar qurti C) yashil bronza qo’ng’izi D) nereida 15. Mevalarning nomlari to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. 1) bug‘doyning pistasi; 2) sebarganing qo‘zoqchasi; 3) yeryong‘oqning dukkagi; 4) ituzumning ko‘sakchasi; 5) qoraqatning rezavor mevasi; 6) makkajo‘xorining doni; 7) qayrag‘ochning qanotchali mevasi. A) 2, 3, 4 В) 1, 5, 6 C) 4, 5, 6 D) 3, 6, 7 16. Mozaik ko’rish quyidagi qaysi hayvonlarga xos? 1) dafniya; 2) krevetka; 3) biy; 4) qoraqurt; 5) o’rgimchak; 6) iskabtopar A) 1,3,5 B) 1,2,6 C) 2,3,5 D) 1,2,4 17. Turkum sistematik birligiga mos keluvchi javobni aniqlang. A) halqali chuvalchanglar, karamdoshlar B) ituzum, boychechak , C) molluskalar, lolasimonlar , D) yassi chuvalchanglar, burchoqdoshlar 18. To‘la o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlarni belgilang? A) qandala, chirildoq, ninachi B) to‘shak qandalasi, pashsha C) burga, qo 'ng‘iz, chumoli D) asalari, suvarak,chigirtka 19. Exinokokk, oq planariya, chuchuk suv shillig‘i uchun xos bo‘lgan xususiyatlar mos ravishda to‘g‘ri ketma-ketlikda berilgan javobni aniqlang. A) tanasi bo‘g‘imlardan iborat; tasmasimon chuvalchanglar sinfiga mansub; o‘pkasi bilan nafas oladi B) ichaklarning uchi berk; tanasi epiteliy bilan qoplangan; jabralari orqali nafas oladi C) germafrodit hayvon; kipriklilar sinfiga mansub; yuragi ikki kamerali D) sezgi organlari yo‘q; metamorfoz bilan rivojlanadi; qon aylanish sistemasi yopiq 20.Yashil bronza qo'ng'izining traxeya naychalaridagi havo nima tufayli almashinib turadi? A) qanotlarining harakati tufayli B) ko'krak muskullarining dam-badam qisqarishi tufayli C) traxeya naychalarining dam-badam qisqarishi tufayli D) qorin muskullarining dam-badam qisqarishi tufayli 21. Yashil bronza qo’ng’izi qurtiga xos bo’lgan belgilarni ko’rsating. 1) tanasi yoysimon; 2) tanasi uzun; 3) boshi va oyoqlari sarg’ish – qo’ng’ir xitin bilan qoplangan; 4) faqat boshi sarg’ish – qo’ng’ir xitin bilan qoplangan; 5) qorin qismida nafas teshiklari joylashgan; 6) tanasining ikki yonida nafas teshiklari mavjud; 7) chiriyotgan yog’och qoldiqlari bilan oziqlanadi; 8) o’simlik to’qimalari bilan oziqlanadi; 9) qanot hosil bo’lgach voyaga yetadi; 10) bir necha marta po’st tashlab g’umbakka aylanadi A) 1,4,6,8,10 B) 2,3,5,8,9 C) 1,3,6,7,10 D) 2,4,6,8,10 22. Hasharotlarning teri sezgi organlarini ko’rsating. A) tanasi, mo’ylovlaridagi tuklar B) ko’zlar C) mo’ylovlar D) tana sirtidagi nerv tolalari 23. Hasharotlarning erkaklik (1) va urg’ochilik (2) jinsiy a’zolarini ko’rsating. a) bitta urug’don; b) bitta tuxumdon; c) bir juft urug’don; d) bir juft tuxumdon; e) ko’plab urug’don A) 1-e; 2-b B) 1-a; 2-b C) 1-c; 2-d D) 1-e; 2-d 24. Og’iz organi kemiruvchi tipda bo’lgan hasharot turlarini ko’rsating. 1) kapalak; 2) chigirtka; 3) beshiktervatar; 4) to’shak qandalasi; 5) chumoli; 6) chivin; 7) so’na A) 1,4,6 B) 2,3,4 C) 4,6,7 D) 2,3,5 25. Suvarakning lichinkasi voyaga yetgan davridan qanday farq qiladi? 1) boshi va oyoqlari rivojlanmagan; 2) juda kichik; 3) qanotlari rivojlanmagan; 4) oziq turi farq qiladi A) 1,4 B) 2,3 C) 1,3 D) 2,4 26. Rivojlanish sikli 4 ta bosqichda kechadigan hasharotni belgilang. A) suvarak B) ninachi C) burga D) qandala 27. Vohalardagi suv havzalari yaqinida (1), tog’li hududlarda (2) hamda oqmaydigan suv havzalari yaqinida (3) hayot kechiruvchi ninachi turlarini ko’rsating. a) halqali ninachi; b) moviy ninachi; c) suluv ninachi A) 1-b; 2-c; 3-a B) 1-a; 2-c; 3-b C) 1-c; 2-b; 3-a D) 1-b; 2-a; 3-c 28.Hasharotlarning qon aylanish sistemasiga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang. 1)qon aylanish doirasi ochiq 2)1ta qon aylanish doirasidan iborat 3)qoni tana bo'shlig'ini to'ldirib turadi 4)qondagi oziq moddalari to'qimalarga o'tadi, to'qimalardagi moddalar almashinuvi mahsulotlari ham qonga o'tadi 5)qoni va to'qimalar o'rtasida gaz almashinuvi jarayoni kechadi 6)qoni nafas olishda ishtirok etmaydi 7)yuragi ko'krak bo'limida joylashgan 8)yuragi qorin bo'limida joylashgan 9)yuragi ichagi ustida joylashgan 10)yuragi muskullar bilan ta'minlangan 11)yuragi ichagi ostida joylashgan 12)ko'p kamerali, naysimon 13)yuragining ikki tomonida teshikchalar joylashgan 14)ichki organlari va to'qimalari qonda joylashgan A 1,3,4,6,8,9,10,12,13,14 B 1,3,4,5,6,8,9,12,13,14 C 1,3,4,6,7,9,10,12,13,14 D 1,2,3,4,6,8,10,11,12,13 29. Berilgan hasharotlarning oyoqlari qanday tuzilgan? 1) go’ng qo’ng’izi; 2) jizildoq; 3) buzoqbosh; a) oldingi oyoqlari belkurakka o’xshash; b) hamma oyoqlari bir – xil; c) orqa oyoqlari kuchli rivojlangan A) 1-a; 2-c; 3-b B) 1-b; 2-c; 3-a C) 1-c; 2-b; 3-a D) 1-a; 2-b; 3-c 30. Tanasi a) boshko’krak va qorin; b) bosh, ko’krak va qorindan iborat hayvonlarni farqlang. 1) krevetka; 2) biy; 3) falanga; 4) iskabtopar; 5)chayon; 6) qandala A) a-2,4,6; b-1,3,5 B) a-1,3,6; b-2,4,5 C) a-1,2,5; b-3,4,6 D) a-1,2,3; b-4,5,6 Download 23.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling