7-Biologiya (20-24-mavzular) Termitlarga xos xususiyatlarni ko’rsating


Download 23.4 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi23.4 Kb.
#1120253
Bog'liq
zoo 20-24


7-Biologiya (20-24-mavzular)
1. Termitlarga xos xususiyatlarni ko’rsating.
1) oiladagi erkak termitlar bitta; 2) oiladagi erkak
termitlar yuzga yaqin; 3) ona termit o’n yildan ko’p
yashaydi; 4) ona termit o’n yilga yaqin yashaydi;
5) ona termit umri bo’yi 115 million tuxum qo’yadi;
6) ona termit umri bo’yi 15 million tuxum qo’yadi;
7) qo’riqchi termitlarning qorin qismi katta bo’ladi;
8) bargni kemirib oziqlanadi; 9) o’simliklarning
yog’ochlik qismi bilan oziqlanadi; 10) 15 m gacha
baland inlarda yashovchi termitlar tropik
mintaqalarda tarqalgan; 11) 15 m gacha baland
inlarda yashovchi termitlar subkontinental
mintaqalarda tarqalgan
A) 1, 4, 5, 9, 10 B) 1, 3, 5, 9, 11
C) 2, 3, 6, 7, 8, 10 D) 2, 4, 5, 9, 11

2. Yuragiga kislorodga to’yingan qon keladigan,


mozaik ko’rish xos bo’lgan organizmlarni aniqlang.
1) sariq chayon; 2) mita qo’ng’izi; 3) o’laksaxo’r
qo’ng’iz; 4) eshakqurt; 5) langust; 6) krevetka;
7) tukli ari
A) 1, 3, 6 B) 4, 5, 6 C) 2, 3, 7 D) 4, 6. 7

3. Tanasida qorinoyoqlari bo’ladigan organizmlarni


aniqlang.
A) daryo qisqichbaqasi, karam kapalagi, chayon
B) langust, biy, karam kapalagi qurti
C) tut ipak qurti, krevetka, olma mevaxo’ri qurti
D) daryo qisqichbaqasi, bronza qo’ng’izi qurti,
ko’sak qurti

4. Og’iz a’zosi kemiruvchi tipda tuzilgan chala


o’zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlarni
aniqlang. 1) Osiyo chigirtkasi; 2) qora chirildoq;
3) xonqizi; 4) yashil temirchak; 5) Turkiston
termiti; 6) beshiktervatar; 7) sariq suvarak;
8) moviy ninachi; 9) to’shak qandalasi; 10) burga
A) 4,7,8,9 B) 1,3,6,8 C) 2,4,5,8 D) 4,5,8,10

5. Yetilgan qurt daraxt yoki devorlarga chiqib,


g’umbakka aylanadigan hasharot uchun xususiyatni
toping.
A) keyingi qanotlarining chetki qismida katta qora
dog’i bor
B) tuxumdan chiqqan yosh qurtlari dastlab ko’k-
yashil rangda bo’ladi
C) qurtlarning orqa va yon tomonida bir qator sariq
va qora dog’lari bo’ladi
D) himoya rangiga ega

6. Odam ichagida yashayotgan qoramol tasmasimon chuvalchangni 960 ta bo’g’imidan 80 %i yetildi va har bir bo’g’inda 60 tadan tuxum hujayra urug’landi va tashqi muhitga axlat bilan chiqqan tuxumlarni 40%i nobud bo’ldi, saqlanib qolgan tuxumlardagi jami ilmoqlar soni (a) va bu tuxumlarni 50% qoramol ichagidan lichinka hosil qilgan, shu lichinkalardagi jami ilmoqlar sonini (b) aniqlang.


A) a-34500 b-61350 B) a-23450 b-46500
C) a-55296 b-82944 D) a-54926 b-80296

7. Bronza qo’ng’izi lichinkasi tanasining qaysi


qismlari xitin bilan qoplangan?
A) faqat oyoqlari B) faqat boshi va oyoqlari
C) tanasining barcha qismlari D) faqat bosh qismi

8. Ninachilarga xos xususiyatlar ko’rsatilgan javobni


aniqlang.
1) qanotlari taxlanmasdan ikki yoniga yoyilib
turadi; 2) og’iz organi kemiruvchi;
3) lichinkasi suvda rivojlanadi; 4) ochko’z o’txo’r
hayvon; 5) orqa oyoqlari sakrovchi tipda tuzilgan;
6) lichinkasi yirtqich hayot kechiradi; 7) qanotlari
mayda tangachalar bilan qoplangan; 8) boshining
ostida spiralsimon xartumi bor
A) 1,7,8 B) 1,3,6 C) 2,4,8 D) 1,5,7

9. Tanasidagi paypaslagichlari ozuqani tutishda


qatnashmaydigan hayvonlarni aniqlang.
1) oq planariya; 2) qizil korall polip; 3) aureliya;
4) yashil bronza qo’ng’izi; 5) baqachanoq;
6) chuchuk suv shillig’i
A) 2,4,6 B) 1,4,6 C) 1,3,6 D) 1,2,3

10. Qaysi organizmlarda jinslar nisbati 1:1 ni


tashkil etadi?
1) oq planariya; 2) temirchak; 3) bitiniya; 4) baqachanoq; 5) dafniya; 6) qizil chuvalchang; 7) askarida; 8) tok shillig’i
A) 2,4,5,7 B) 1,3,6,8 C) 1,3,4,5 D) 2,6,7,8

11. Faqat o’pkasi (a), faqat traxeyasi (b), o’pka va


traxeyasi (c) yordamida nafas oluvchi
bo’gimoyoqlilarni ajratib ko’rsating.
1) chayon; 2) biy; 3) termit; 4) bo’ka; 5) qoraqurt;
6) ustritsa; 7) qandala; 8) suv shillig’i
A) a-1; b-3,4; c-2,5 B) a-8; b-3,7; c-5
C) a-6; b-4,7; c-2,3 D) a-1,5; b-7; c-2

12. Oq chumolilar mansub bo’lgan sistematik


birliklar to’g’ri berilgan javobni toping.
1) pardaqanotlilar; 2) ikki qanotlilar; 3)
hasharotlar; 4) termitlar; 5) boshskeletsizlar;
6) umurtqasizlar
A) 2,3,5 B) 4,3,5 C) 4,3,6 D) 1,2,6

13. Quyidagi berilgan hasharotlar qanotining


tuzilishi bilan mos ravishda juftlab ko’rsailgan
javobni toping.
1) kapalak; 2) qandala; 3) chigirtka; 4) ninachi
a) qanotlari taxlanmasdan ikki yoniga yoyilib
turadi; b) oldingi qanotlari uzun va ensiz, orqa
qanotlari yelpig’ichga o’xahab oldingi qanotlari
ostiga taxlanib turadi; c) birinchi juft qanotlarining
oldingi qismi qalinlashgan, keying qismi yupqa va
shaffof; d) qanotlari mayda tangachalar bilan
qoplangan
A) 1-d; 2-b; 3-c; 4-a B) 1-a; 2-c; 3-b; 4-d
С)1-d; 2-c; 3-b; 4-a D)1-a; 2-b; 3-c; 4-d

14. Qoni tana bo’shlig’ini to’ldirib turadigan


organizmni aniqlang.
A) o’troq dengiz ko’p tuklisi B) jigar qurti
C) yashil bronza qo’ng’izi D) nereida

15. Mevalarning nomlari to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.


1) bug‘doyning pistasi; 2) sebarganing
qo‘zoqchasi; 3) yeryong‘oqning dukkagi;
4) ituzumning ko‘sakchasi; 5) qoraqatning
rezavor mevasi; 6) makkajo‘xorining doni;
7) qayrag‘ochning qanotchali mevasi.
A) 2, 3, 4 В) 1, 5, 6
C) 4, 5, 6 D) 3, 6, 7

16. Mozaik ko’rish quyidagi qaysi hayvonlarga xos?


1) dafniya; 2) krevetka; 3) biy; 4) qoraqurt;
5) o’rgimchak; 6) iskabtopar
A) 1,3,5 B) 1,2,6 C) 2,3,5 D) 1,2,4

17. Turkum sistematik birligiga mos keluvchi


javobni aniqlang.
A) halqali chuvalchanglar, karamdoshlar
B) ituzum, boychechak ,
C) molluskalar, lolasimonlar ,
D) yassi chuvalchanglar, burchoqdoshlar

18. To‘la o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlarni


belgilang?
A) qandala, chirildoq, ninachi
B) to‘shak qandalasi, pashsha
C) burga, qo 'ng‘iz, chumoli
D) asalari, suvarak,chigirtka

19. Exinokokk, oq planariya, chuchuk suv shillig‘i uchun xos bo‘lgan xususiyatlar mos ravishda to‘g‘ri ketma-ketlikda berilgan javobni aniqlang.


A) tanasi bo‘g‘imlardan iborat; tasmasimon chuvalchanglar sinfiga mansub; o‘pkasi
bilan nafas oladi
B) ichaklarning uchi berk; tanasi epiteliy
bilan qoplangan; jabralari orqali nafas oladi
C) germafrodit hayvon; kipriklilar sinfiga
mansub; yuragi ikki kamerali
D) sezgi organlari yo‘q; metamorfoz bilan
rivojlanadi; qon aylanish sistemasi
yopiq

20.Yashil bronza qo'ng'izining traxeya naychalaridagi havo nima tufayli almashinib turadi?


A) qanotlarining harakati tufayli
B) ko'krak muskullarining dam-badam qisqarishi tufayli
C) traxeya naychalarining dam-badam qisqarishi tufayli
D) qorin muskullarining dam-badam qisqarishi tufayli
21. Yashil bronza qo’ng’izi qurtiga xos bo’lgan
belgilarni ko’rsating.
1) tanasi yoysimon; 2) tanasi uzun; 3) boshi va
oyoqlari sarg’ish – qo’ng’ir xitin bilan qoplangan;
4) faqat boshi sarg’ish – qo’ng’ir xitin bilan
qoplangan; 5) qorin qismida nafas teshiklari
joylashgan; 6) tanasining ikki yonida nafas
teshiklari mavjud; 7) chiriyotgan yog’och qoldiqlari
bilan oziqlanadi; 8) o’simlik to’qimalari bilan
oziqlanadi; 9) qanot hosil bo’lgach voyaga yetadi;
10) bir necha marta po’st tashlab g’umbakka
aylanadi
A) 1,4,6,8,10 B) 2,3,5,8,9 C) 1,3,6,7,10 D) 2,4,6,8,10

22. Hasharotlarning teri sezgi organlarini ko’rsating.


A) tanasi, mo’ylovlaridagi tuklar B) ko’zlar
C) mo’ylovlar D) tana sirtidagi nerv tolalari

23. Hasharotlarning erkaklik (1) va urg’ochilik (2)


jinsiy a’zolarini ko’rsating.
a) bitta urug’don; b) bitta tuxumdon; c) bir juft
urug’don; d) bir juft tuxumdon; e) ko’plab urug’don
A) 1-e; 2-b B) 1-a; 2-b C) 1-c; 2-d D) 1-e; 2-d

24. Og’iz organi kemiruvchi tipda bo’lgan hasharot


turlarini ko’rsating.
1) kapalak; 2) chigirtka; 3) beshiktervatar; 4)
to’shak qandalasi; 5) chumoli; 6) chivin; 7) so’na
A) 1,4,6 B) 2,3,4 C) 4,6,7 D) 2,3,5

25. Suvarakning lichinkasi voyaga yetgan davridan


qanday farq qiladi?
1) boshi va oyoqlari rivojlanmagan; 2) juda kichik;
3) qanotlari rivojlanmagan; 4) oziq turi farq qiladi
A) 1,4 B) 2,3 C) 1,3 D) 2,4

26. Rivojlanish sikli 4 ta bosqichda kechadigan


hasharotni belgilang.
A) suvarak B) ninachi C) burga D) qandala

27. Vohalardagi suv havzalari yaqinida (1), tog’li


hududlarda (2) hamda oqmaydigan suv havzalari
yaqinida (3) hayot kechiruvchi ninachi turlarini
ko’rsating.
a) halqali ninachi; b) moviy ninachi; c) suluv
ninachi
A) 1-b; 2-c; 3-a B) 1-a; 2-c; 3-b
C) 1-c; 2-b; 3-a D) 1-b; 2-a; 3-c
28.Hasharotlarning qon aylanish sistemasiga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang.
1)qon aylanish doirasi ochiq 2)1ta qon aylanish doirasidan iborat 3)qoni tana bo'shlig'ini to'ldirib turadi 4)qondagi oziq moddalari to'qimalarga o'tadi, to'qimalardagi moddalar almashinuvi mahsulotlari ham qonga o'tadi 5)qoni va to'qimalar o'rtasida gaz almashinuvi jarayoni kechadi 6)qoni nafas olishda ishtirok etmaydi 7)yuragi ko'krak bo'limida joylashgan 8)yuragi qorin bo'limida joylashgan 9)yuragi ichagi ustida joylashgan 10)yuragi muskullar bilan ta'minlangan 11)yuragi ichagi ostida joylashgan 12)ko'p kamerali, naysimon 13)yuragining ikki tomonida teshikchalar joylashgan 14)ichki organlari va to'qimalari qonda joylashgan
A 1,3,4,6,8,9,10,12,13,14 B 1,3,4,5,6,8,9,12,13,14
C 1,3,4,6,7,9,10,12,13,14 D 1,2,3,4,6,8,10,11,12,13

29. Berilgan hasharotlarning oyoqlari qanday


tuzilgan?
1) go’ng qo’ng’izi; 2) jizildoq; 3) buzoqbosh;
a) oldingi oyoqlari belkurakka o’xshash; b) hamma
oyoqlari bir – xil; c) orqa oyoqlari kuchli
rivojlangan
A) 1-a; 2-c; 3-b B) 1-b; 2-c; 3-a
C) 1-c; 2-b; 3-a D) 1-a; 2-b; 3-c

30. Tanasi a) boshko’krak va qorin; b) bosh, ko’krak


va qorindan iborat hayvonlarni farqlang.
1) krevetka; 2) biy; 3) falanga; 4) iskabtopar;
5)chayon; 6) qandala
A) a-2,4,6; b-1,3,5 B) a-1,3,6; b-2,4,5
C) a-1,2,5; b-3,4,6 D) a-1,2,3; b-4,5,6

Download 23.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling