7-bob. Moliyaviy qo’yilmalar


 Moliyaviy qo’yilmalar va qimmatli qog’ozlar hisobi


Download 258.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi258.2 Kb.
#1012037
1   2   3   4
Bog'liq
9-mavzu-2

7.2. Moliyaviy qo’yilmalar va qimmatli qog’ozlar hisobi
Moliyaviy qo’yilma bu korxonaning qimmatli qog’ozlarni sotib olish uchun 
qilgan xarajatlari, ya’ni pul mablag’larini qo’shma korxonalar, aksioner jamiyatlari, 
shirkatlarning asosiy vositalari, nomoddiy va boshqa aktivlariga qo’shish shuningdek 
boshqa korxona va tashkilotlarga qarz berish tarzida berilgan debitor qarzlardir.
Muddatiga qarab moliyaviy qo’yilmalar qisqa muddatli va uzoq muddatli 
bo’ladi. Bundan tashqari, moliyaviy qo’yilmalarni u yoki bu kategoriyaga o’tkazish 
qimmatli qog’ozlarni sotib olish maqsadiga bog’liq. Masalan, bir yil ichida undan 
foyda olish va qaytadan sotish maqsadida sotib olingan, qaytarish muddati bir yildan 
ortiq bo’lgan, aksiya yoki obligatsiyalar qisqa muddatli qo’yilmalarga kiradi.
Moliyaviy qo’yilmalar sodir bo’lganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo’lib olingan 
aksiyalar, turli sertifikatlar, obligatsiyalar, amalga oshirilgan qo’yilmalar summasiga 
berilgan guvohnomalar, qarz berish bo’yicha shartnomalar hisoblanadi. Korxonaning 
amalga oshirgan qo’yilmalariga bo’lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlari olinmagan 
moliyaviy qo’yilmalar mablag’lari alohida hisobga olinadi. Qimmatli qog’ozlar 
sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga obligatsiyalar va berilgan qarzlarni 
qaytarilganini tasdiqlovchi oldi – sotdi dalolatnomasi, to’lov topshiriqlari kiradi.
Moliyaviy qo’yilmalar hisobi 5800 – «Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga 
oluvchi schyotlar» va 0600 – «Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi 
schyotlar» yuritiladi.
Uzoq muddatli investitsiyalar hisobini ko’rib chiqamiz. 0600 – «Uzoq muddatli 
investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» aktiv, pulli, debet saldosiga ega bo’lib, u 
oy boshiga bo’lgan moliyaviy qo’yilmalar summasini ko’rsatadi. Bu schyotning 
debetida: qimmatli qog’ozlarni sotib olish, boshqa korxonalarga qilingan qo’yilmalar, 
berilgan qarzlar summasi bo’yicha sodir bo’lgan muomalalar aks ettiriladi. Krediti 
bo’yicha – qimmatli qog’ozlarni qaytarish, sotish, qaytarilgan qarz summalar 
bo’yicha sodir bo’lgan muomalalar aks ettiriladi.
0600–«Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar» 
bo’yicha quyidagi: 0610 - «Qimmatli qog’ozlar; 0620-«Shu’ba xo’jalik jamiyatlariga 
investitsyalar»; 0630 - «Qaram xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar»; 0640 - «Chet el 
154


kapitali mavjud bo’lgan korxonalarga investitsiyalar»; 0690 - «Boshqa uzoq muddatli 
investitsiyalar» schyotlar ochilishi mumkin.
Aktivlarni investitsiyalarga o’tkazish tartibi va ularning turlari: 12 -Moliyaviy 
investitsiyalar hisobi», 8-Konsolidallashgan moliyaviy hisobotlar va shu’ba xo’jalik 
jamiyatlariga investitsiyalar» va 14 - «Qo’shma faoliyatda qatnashish ulushini 
moliyaviy hisobotda aks ettirish» buxgalteriya hisobi Milliy andazalari bilan tartibga 
solinadi.
0610-Qimmatli qog’ozlar» schyotida davlat va mahalliy foizli zayom 
obligatsiyalari va shunga o’xshagan qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mavjud uzoq 
muddatli qo’yilmalar harakati hisobga olinadi.
0620-«Shu’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsyalar», 0630-«Qaram xo’jalik 
jamiyatlariga investitsiyalar» va 0640 - «Chet el kapitali mavjud bo’lgan 
korxonalarga investitsiyalar» schyotlarida shu’ba, qo’shma, uyushgan va qaram 
korxonalarga qo’yilgan mavjud uzoq muddatli qo’yilmalar hamda ularning harakati 
hisobga olinadi.
0690-«Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» schyotida kelajakda foyda olish 
maqsadida davlat korxonalari yoki xayriya, ekologik jamiyatlariga qo’yilgan uzoq 
muddatli investitsiyalar hisobga olinadi. Bu schyotlarning debeti 5110-«Hisob – kitob 
schyoti» 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi», 5210-«Mamlakat ichidagi valuta 
schyotlari» va qimmatli qog’ozlar sotib olish, boshqa korxonalarga qo’yilgan 
investitsiya, berilgan qarzlar qaysi mablag’lar hisobidan amalga oshirilishiga qarab, 
boshqa schyotlarning krediti bilan korrespondentlanadi. Yuqorida keltirilgan 
schyotlar bo’yicha analitik hisob dastlabki hujjatlarga asosan qo’yilmalar, qimmatli 
qog’ozlar turlari, qarzdor korxonalar bo’yicha yuritiladi.
Qimmatli qog’ozlar bozorining mavjudligi, fond birjalarida qimmatli qog’ozlarni 
oldi – sotdi muomalalarini amalga oshirilishi aksiya obligatsiyalarni nominal 
qiymatidan ortiq yoki kam baholarda sotib olinishini nazarda tutadi. Aksiyalar ularni 
sotib olish bilan bog’liq bo’lgan haqiqiy xarajatlar summasida qabul qilinadi va 
hisobga olinadi. Fond birjasida aksiyalar kursini oshishi va kamayishiga va aksiyalar 
bo’yicha olinadigan dividendga qarab aksiyalarni sotish qiymati bilan nominal 
qiymati orasidagi farq yoki potensial foyda olishga yoki zarar qilishga olib keladi.
Qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalarni hisobga olish uchun 5800-«Qisqa 
muddatli investitsiyalar» schyotidan foydalaniladi. Bu schyot aktiv bo’lib, debet 
qoldig’i oy boshiga qolgan bir yilgacha muddatga sotib olingan qimmatli qog’ozlar 
yoki berilgan qarzlar summasini aks ettiradi. Debet oboroti hisobot oyida sotib 
olingan qimmatli qog’ozlar, berilgan qisqa muddatli kreditlar va depozitga berilgan 
summani ko’rsatadi. Kredit oborotida sotilgan aksiyalar, qaytarilgan obligatsiyalar 
yoki zayomlar va depozit summalar aks ettiriladi. Ko’rsatib o’tilgan qo’yilmalar 
hisobi qo’yilmalar turlari bo’yicha quyidagi: 5810-«Qimmatli qog’ozlar»; 
5830-«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» va 5890-«Boshqa joriy investitsiyalar» 
schyotlarda yuritiladi. Bu schyotlar bo’yicha muomalalar hujjatlari uzoq muddatli 
moliyaviy qo’yilmalarga o’xshagan, ularning analitik hisobining tuzilishi va 
yuritilishi ham shunday.
Boshqa korxonalarga asosiy vositalarni qo’yish yo’li bilan uzoq va qisqa 
muddatli qo’yilmalar qilinsa, 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti 
155


kreditlanib 0600 va 5800–schyotlarning tegishli schyotlari debetlanadi, agar 
nomoddiy va boshqa aktivlar qo’yilma qilinsa, 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib 
ketishi» schyoti kreditlanadi. Aksiyalar sotib olinsa, boshqa korxonalarning ustav 
kapitaliga moliyaviy qo’yilmalar o’tkazilsa, 5110, 5210 – schyotlari kreditlanib, 0600 
va 5800 – schyotlarning tegishli schyotlari debetlanadi. Sotilgan yoki qaytarilgan va 
o’tkazib berilgan qimmatli qog’ozlarning balans qiymatiga 9220 – schyot debetlanib 
0600 va 5800 – schyotlarning tegishli schyotlari kreditlanadi. Depozit qo’yilmalar va 
berilgan qarzlarning qaytarilishi 5110 va 5210 – schyotlarning debeti va 0600 va 
5800– schyotlarning tegishli schyotlarini kreditida aks ettiriladi.
Aksiyalar bo’yicha olinadigan dividendlar hisoblanganda 4840-«Olinadigan 
dividendlar» schyoti debetlanib 9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar» 
schyoti kreditlanadi. Obligatsiyalar bo’yicha foizlar hisoblansa, 4830-«Olinadigan 
foizlar» schyoti debetlanib 9530-«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar» schyoti 
kreditlanadi. Ushbu dividend va foizlar olinsa, 5110 «Hisob-kitob schyoti» debetlanib 
4840 va 4830 – schyotlari kreditlanadi.
Korxonaning aktividagi aksioner jamiyatlaridan sotib olingan aksiya va 
obligatsiyalari turli sabablarga ko’ra sotilishi mumkin: aksiyalar rejadagi foydani 
keltirmasligi; aksiya va obligatsiyalarni faqat uzoq vaqt ichida foyda olish uchun 
emas, balki ularni keyinchalik sotish yo’li bilan foyda olish maqsadida sotib olinishi.
Qimmatli qog’ozlarni sotish va sotishdan olingan natijani aniqlash uchun 
9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyotidan foydalaniladi. Bu schyotga 
xo’jalik muomalalarini yozish nomoddiy aktivlarni sotish hisobiga o’xshagan.
Sotilgan yoki qaytarilgan qimmatli qog’ozlarning balans qiymatiga 9220 
-schyoti debetlanib 0600 va 5800 - schyotlarning tegishli schyotlari kreditlanadi. 
Ushbu qiymatliklarni sotishdan foyda olinsa, 9220 - schyoti debetlanib, 9320 
«Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyoti kreditlanadi. Zarar qilinsa 
-9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti debetlanib, 9220 -schyoti kreditlanadi. 
Qimmatli qog’ozlarni sotishdan olingan tushumga 5110 yoki 5210- schyoti 
debetlanib 9220 -schyoti kreditlanadi.
Obligatsiyalarni sotib olishdan maqsad ularning nominal qiymatiga qarab foiz 
olish, shuningdek qaytarilgandan so’ng obligatsiyalarning nominal qiymatini olishdir. 
Shu boisdan obligatsiyaning haqiqiy qiymati bilan nominal qiymati orasidagi farq 
shunday amortizatsiyalanishi kerakki, qaytarilish vaqtida haqiqiy qiymati 
obligatsiyaning nominal qiymatiga teng bo’lsin. Bunda ikki variant mavjud:
- obligatsiyani nominal qiymatidan ortiq summaga sotib olinishi. Bunday 
hollarda obligatsiyalar bo’yicha foizlar sotib olingan vaqtda olingan daromad 
hisobidan ularning qiymatlari orasidagi farqini qisman hisobdan chiqarish yo’li bilan 
haqiqiy qiymati nominal qiymatiga yetkazib qo’yiladi;
- obligatsiyani nominal qiymatidan kam summaga sotib olinishi. Bunday 
hollarda obligatsiyadan foydalanish muddati ichida undan olinadigan foiz daromadini 
ko’paytirish yo’li bilan obligatsiyani qaytarish muddatigacha uning sotib olish narxi 
nominal qiymatiga yetkazib qo’yiladi.
Obligatsiyalarni haqiqiy sotib olish qiymati bilan nominal qiymati orasidagi 
farqi, ularning muomalada bo’lish muddati ichida bir tekisda - xo’jalik faoliyatining 
natijasiga o’tkazib boriladi. Bunda ikki variant mavjud:
156


- obligatsiya nominal qiymatidan ortiq summaga sotib olinishi. Bunday hollarda 
obligatsiyaning haqiqiy qiymati har oyda qiymatlar orasidagi farqini zararga 
o’tkazish yo’li bilan nominal qiymatiga yetkazib qo’yiladi;
- obligatsiyani nominal qiymatidan kam summaga sotib olinishi. Bunday 
hollarda obligatsiyani qaytarish muddati ichida farqini bir qismini har oyda hisoblab, 
firmaning foydasiga o’tkazish yo’li bilan nominal qiymatiga yetkazib qo’yiladi.
Qisqa muddatli obligatsiyalar va shunga o’xshagan qimmatli qog’ozlar bo’yicha 
foiz summasini puli olingunga qadar foydaga o’tkazsa bo’ladi. Uzoq muddatli 
obligatsiyalar bo’yicha foiz hisoblash mumkin emas, chunki moddiylashtirilmagan 
foyda hosil bo’ladi. Ehtiyotkorlik prinsipiga binoan moliyaviy natijalarni aks 
ettirishda uzoq muddatli obligatsiyalar muomalalari bo’yicha sodir bo’lgan zararlarni 
foyda yoki zararlar schyotiga o’tkazish mumkin, lekin hisobotda, buxgalteriya hisobi 
bo’yicha amaldagi Nizom talab qilganidek, bu demak, olingan foyda miqdorini buzib 
ko’rsatishdir.
Uzoq muddatli obligatsiyalarni sotib olish xarajatlari ularning nominal 
qiymatidan ortiq bo’lsa, uzoq muddatli obligatsiyalar muomalalari bo’yicha zararlar 
obligatsiyalarni muomalada bo’lish muddati ichida har oyda teng qismda 
korxonaning zarariga o’tkazib boriladi. Lekin bunday muomalalarning foydasi yo’q, 
shuning uchun ham ularga yo’l qo’ymaslik kerak. 
Uzoq muddatli obligatsiyalar ko’pincha qirqib olinadigan talonlari bilan 
chiqarilib, obligatsiyalarni muomalada bo’lgan davri ichida vaqti - vaqti bilan ular 
bo’yicha foizlar to’lanadi. Bunday hollarda obligatsiyalarni sotib olish qiymati bilan 
nominal qiymati orasidaga farqi har gal korxonaga daromad hisoblaganda hisobdan 
chiqarib boriladi. Agar obligatsiyalarni sotib olish qiymati ularning nominal 
qiymatidan ortiq bo’lsa, har gal foiz hisoblanganda obligatsiyalarning nominal 
qiymatidan ortiq summaning bir qismiga haqiqiy daromad kamaytirib boriladi. 
Schyotlarda quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi: Dt 4830-«Olinadigan foizlar» 
– obligatsiyalar bo’yicha olishga tegishli bo’lgan foizlar summasiga, Kt 0610 
«Qimmatli qog’ozlar» – obligatsiyalarning nominal qiymatidan olingan haqiqiy 
qiymatining bir qismiga, 9530-«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar» schyoti – olishga 
tegishli foizning qolgan qismiga, ya’ni 4830 va 0610 – schyotlarga o’tkazilgan 
summalar orasidagi farqiga.
Хalqaro buxgalteriya hisobi andozasi konsepsiyalariga binoan, boshqa aktivlar 
kabi, investitsiyalar ham faqat o’zlarida mujassamlangan foydani korxona kelajakda 
olishga yetarli darajada ishonchi bo’lsagina buxgalteriya hisobida aktivlar tarkibida 
hisobga olishi mumkin. Ularni sotib olishi uchun birgina qilingan xarajatlar yetarli 
emas. Bu xarajatlar kelajakda iqtisodiy naf keltirishi to’g’risidagi ishonchni 
tasdiqlash zarur. Basharti bunday ishonch bo’lmasa, qilingan sarflar aktivlar emas 
xarajatlar deb hisoblanadi.

Download 258.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling