7-bob. Qishloq xo’jaligi yer fondi va undan foydalanish qishloq xo’jaligi yer fondining tarkibi, ahamiyati va o’ziga xos xususiyatlari


Download 46.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana03.12.2023
Hajmi46.75 Kb.
#1799353
  1   2   3
Bog'liq
7-мавзу (1)



7-BOB. QISHLOQ XO’JALIGI YeR FONDI VA UNDAN 
FOYDALANISH 
 
 
1. Qishloq xo’jaligi yer fondining tarkibi, ahamiyati va o’ziga xos 
xususiyatlari 
2. Qishloq xo’jaligida yer fondlaridan foydalanish darajasi va 
samaradorligini 
ifodalovchi ko’rsatkichlar 
3. Erdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo’llari 
 
 
1. 
Qishloq xo’jaligi yer fondining tarkibi, ahamiyati va o’ziga xos 
xususiyatlari 
 
Er barcha ishlab chiqarilayotgan boyliklarning manbasi ekanligi ko’p martalab e’tirof 
etilgan. “Er umummilliy boylikdir, O’zbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va 
farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan 
muhofaza qilinadi.
3
O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 8-moddasida yer fondi toifalari belgilab 
qo’yilgan. “O’zbekiston Respublikasining yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan 
asosiy maqsadiga ko’ra quyidagi toifalarga bo’linadi: 
1. qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga tayin etilgan yerlar – qishloq xo’jaligi ehtiyojlari 
uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo’ljallangan yerlar. Qishloq xo’jaligiga 
mo’ljallangan yerlar sug’oriladigan va sug’orilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan 
yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko’p yillik mevali dov-darxtlar va tokzorlar egallagan 
yerlarga bo’linadi; 
2. aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari - 
shaharlar va posyolkalar shuninigdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi 
yerlar; 
3. sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo’ljallangan yerlar – 
ko’rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar
4. tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish, realizatsiya maqsadlariga mo’ljallangan 
yerlar – alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolash 
omillariga ega bo’lgan yerlar, shuningdek ommaviy dam olish va turizm uchun 
foydalanadigan yerlar; 
5. tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar – tarixiy-madaniy yodgorliklar joylashgan 
yerlar; 
6. o’rmon fondi yerlari – o’rmon bilan qoplangan, shuningdek o’rmon bilan qoplanmagan 
bo’lsa ham, o’rmon xo’jaligi ehtiyoji uchun berilgan yerlar; 
7. suv fondi yerlari – suv ob’ektlari, suv xo’jaligi inshoatlari egallagan yerlar va suv 
ob’ektlarining qirg’oqlari bo’ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar
8. zahira yerlar.”
4
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga tayin etilgan yerlarga haydaladigan yerlar, 
yaylovlar, ko’p yillik daraxtzorlar, pichanzorlar kiradi. 
Qishloq xo’jaligida yer fondi asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida quyidagi 
xususiyatlarga ega: 
3
Ўзбекистон Республикасининг Ер кодекси. Ўзбекистон Республикаси кодекслари тўплами.-Тошкент: 
“YURIST-MEDIA MARKAZI”, 2009 й. -762 бет. 
4
Ўзбекистон Республикасининг Ер кодекси ва қишлоқ хўжалигига оид қонун ҳужжатлари. –Т.: “Адолат”, 
1999.-448 б. ( 11бет). 


emas. 
1). Yer tabiatda chegaralangan. Uni insoniyat xohlaguncha ko’paytirish imkoniga ega 
2). Yer – tabiat mahsuli. Bu ham bizning oldimizga qator vazifalarni qo’yadi. Uni 
yaratishda inson mehnati aralashmagan. Albatta bozor munosabatlari talablaridan kelib 
chiqib yerning bahosi shakllanadi. Lekin bu baho uning haqiqiy narxi qancha ekanligini 
aniq belgilay olmaydi. Yerni oldi-sotdi jarayonlarida bu xususiyalarni hisobga olish lozim. 
Bozor munosabatlarining rivojlanishi yerni oldi-sotdi ob’ektiga aylantiradi. Bundan tashqari 
yerlarni iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish uchun qishloq xo’jaligidan ajratib beryotganda 
uning narxini bilish ijobiy ahamiyatga ega. Imkoni boricha qishloq xo’jaligidan yer boshqa 
sohalar uchun ajratilganda past unumli, qishloq xo’jaligi uchun qimmati past yerlardan 
ajratish maqsadga muvofiq. SHu sababli yerning bozor narxini aniqlash tartibi mavjud. 
Yerning narxi quyidagi formula yordamida aniqlanadi. 
Ерн 

Ерр 
х100 
Сф 
Bunda: Yer n – yerning narxi, so’m; 
Er r – yer rentasi, so’m; 
Sf - ssuda foizi. 
3). Yer abadiy ishlab chiqarish vositasidir. Bu degani yerdan o’z bilganimizcha 
abadiy foydalanish mumkin degani emas. 
4). Turli joylarda mavjud yer maydonlari turli sifatga, ya’ni unumdorlikka ega. 
Yerning tabiiy, sun’iy va iqtisodiy unumdorligi bir – biridan farqlanadi. 
5). Yerni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish mumkin emas. 
Bularning barchasi mavjud yerlarda qaysi ekin turlarini joylashtirish, texnikaning 
qanday turlaridan foydalanish va ishlab chiqarishning hajmi qanday bo’lishi maqsadga 
muvofiqligi to’g’risida inkor etib bo’lmaydigan talablarni keltirib chiqaradi. 
Er to’g’risidagi asosiy ma’lumotlar Davlat yer kadastrida mujassam etiladi. Davlat yer 
kadastri quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
erdan foydalanuvchilarni davlat ro’yxatiga olish; 
erni miqdor va sifat jihatdan uchetga (hisobga) olish; 
erni baholash (tuproq bonitirovkasi va iqtisodiy baholash). 

Download 46.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling