7-bob. Tijorat banklari likvidligi va to‘lovga layoqatliligi tahlili
Tijorat banklarining 2008–2012-yillar mobaynida joriy likvidlik koeffiitsiyent
Download 60.27 Kb.
|
TIJORAT BANKLARI LIKVIDLIGI VA TO‘LOVGA LAYOQATLILIGI TAHLILI
Tijorat banklarining 2008–2012-yillar mobaynida joriy likvidlik koeffiitsiyent
Demak, 2008–2012-yillarda OATB «O‘zsanoatqo‘rilishbank»ning joriy likvidlik koeffitsiyenti mos ravishda 58,5 %, 83,5 %, 85,7 %, 54,3 %ni va O‘zR DT Xalq bankining joriy likvidilk o‘rtacha koeffitsiyenti mos ravishda 72,4 %, 68,4 %, 95 %, 75,6 % va 86,9 %ni tashkil qilgan. Mazkur koeff itsiyentning optimal belgilangan miqdori 30 %ni tashkil qiladi. Mazkur tijorat banklarida joriy likvidlik koeffitsiyentining belgilangan me’yorga nisbatan 2008–2012-yillar mobaynida o‘zgarishini tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagi holatni kuzatishimiz mumkin bo‘ladi. Mazkur jadval ma’lumotlariga ko‘ra ko‘rib chiqilayotgan banklarning joriy likvidlik koeffitsiyentlari belgilangan me’yordan (joriy dikvidlik koeffitsiyentining optimal belgilangan me’yori 30 %) bir necha barobar oshib ketgan. Jumladan, OATB «O‘zsanoatqurilishbanki»da 2008-yilda joriy likvidlik koeffitsiyenti 1,95 martaga, 2009-yilda 2,8 martaga, 2010-yilda 2,9 martaga, 2011-yilda 2,7 martaga va 2012-yilda 1,8 martaga oshgan. DT «Xalq banki»da joriy likvidlik koeffitsiyenti 2008yilda 2.4 punktga, 2009-yilda 2,3 martaga, 2010-yilda 3,2 martaga, 2011-yilda 2,5 martaga va 2012-yilda 2,9 martaga oshgan. OATB «O‘zsanoatqo‘rilishbanki»ning joriy likvidlik koeffitsiyenti tahlili natijaridan xulosa qilish mumkinki, mazkur bank yuqori likvidli hisoblanadi. Bu holatda omonatchilar va kreditorlarning manfaatlari har tomonlama himoyalangan. Ammo joriy likvidlik koeffitsiyentining haddan tashqari yuqori bo‘lishi bankda ortiqcha resusrlar muammosi mavjudligidan dalolat beradi. Mazkur muammo daromadlilik darajasini pasaytiradi va bu o‘z o‘rnida mazkur bank aksionerlarining talabiga javob bermaydi. OATB «O‘zsanoatqurilishbanki»da joriy likvidlik koeffitsiyentining bunday tarzda ko‘payib ketishiga asosiy sabab kassa va boshqa kassa hujjatlari, O‘zR MBdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisob raqamlarida haddan tashqari pul mablag‘larining saqlanganligidandir. Jumladan, 2008-yilning 31-dekabr holatiga kassa hisob raqamlarida – 5 889,0 mln so‘m, O‘zMBdan olinishi lozim bo‘lgan hisob raqamlarda – 5 495,0 mln so‘m; 2009-yil 31-dekabr hol atiga kassada – 20 569,2 mln so‘m, O‘zMBdan olinishi lozim bo‘lgan hisob raqamlarda – 9 927,7 mln so‘m; 2010-yil 31-dekabr holatiga kassada – 16 150,2 mln so‘m, O‘zMBdan olini shi lozim bo‘lgan hisob raqamlarda – 29 878,8 mln so‘m va hokazo. O‘zbekiston Respublikasi DT Xalq bankida joriy likvidlik koeffitsiyentining tahlil natijalari ko‘rib chiqilganda mijozlar manfaati himoyalangan, lekin mazkur koeffitsiyentning belgilangan me’yordan o‘tib ketganligi ortiqcha resurslar mavjud bo‘lishi bilan bog‘liq muammo mavjudligidan dalolat beradi. Bizga ma’lumki, bu muammo Davlat tijorat Xalq bankining daromadlilik darajasini pasaytirib, ta’sischilar talabiga javob bermaydi. DT Xalq banki joriy likvidlik koeffitsiyentining bunday sur’atlarda oshib ketishining asosiy sababi kassa, vakillik hisob raqamida va boshqa aktiv hisob raqamlarda pul mablag‘larini ko‘p miqdorda harakatsiz ushlab turilishi natijasidadir. Jumladan, 2008-yilning 31-dekabr holatiga kassa hisob raqamlarida 22842,4 mln so‘m, muxbirlik hisob raqamda 3907,4 mln so‘m, boshqa aktiv hisob raqamlarda 40691,2 mln so‘m; 2009-yil 31-dekabr holatiga kassa hisob raqamlarda 4681,7 mln so‘m, muxbirlik hisob raqamda 860,5 mln so‘m, boshqa aktiv hisob raqamlarda 63293,2 mln so‘m; 2010-yil 31dekabr holatiga kassa hisob raqamlarda 4199,6 mln so‘m, muxbirlik hisob raqamda 1 211,9 mln so‘m, boshqa aktiv hisob raqamlarda 60564,2 mln so‘m; 2011-yil 31-dekabr holatiga kassa hisob raqamlarda 17097,5 mln so‘m, muxbirlik hisob raqamda 4322,1 mln so‘m, boshqa aktiv hisob raqamlarda 101790,4 mln so‘m mablag‘lar mavjud bo‘lgan. Ushbu mablag‘lar daromad keltirmaydi. Bank faoliyatining daromadliligini oshirish maqsadida, ushbu mablag‘larning bir qismi daromad keltiruvchi aktivlarga yo‘naltirilmog‘i lozim edi. Buni operativ ravishda hal qilinmaganligining asosiy sababi banklararo kredit resurslari bozorining rivojlanmaganligi bilan izohlanadi. 7.3-jadval Download 60.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling