7-Dars: Tub va murakkab sonlar Tub son deganda nimani tushunasiz?


Download 20.91 Kb.
Sana15.10.2020
Hajmi20.91 Kb.
#133942
Bog'liq
7-dars


7-Dars: Tub va murakkab sonlar

1. Tub son deganda nimani tushunasiz?

Faqat o'ziga va birga bo'linadigan natural sonlarga tub sonlar deyiladi.

Masalan. 2, 3, 5, 7, 11, 13, 17, 19, 23, ....

2. Murakkab son deganda nimani tushunasiz?

Ikkitadan ortiq bo'luvchisi bo'lgan natural sonlarga murakkab sonlar deyiladi.

Masalan. 4, 9, 21, 36, ... .

Bir soni tub ham, murakkab ham emas

3. Eng kichik tub son qaysi?

Birinchi – eng kichik tub son 2 ga teng

4. Tub sonlar ichida juft sonlar bormi ?

2 – yagona juft tub son

Qolgan barcha tub sonlar toq

5. O'zaro tub sonlar deganda nimani tushunasiz?

Birdan boshqa umumiy bo'luvchilarga ega bo'lmagan sonlarga o'zaro tub sonlar deyiladi.

Masalan. 15 va 8 o'zaro tub sonlardir chunki ular birdan boshqa umumiy bo'luvchilarga ega emas

15 ning bo`luvchilari ; 1, 3, 5, 15

8 ning bo`luvchilari ; 1, 2, 4, 8

6. Berilgan a sonining natural bo'luvchilari soni ( NBS) qanday topiladi?

1) Buning uchun son tub ko'paytiruvchilarga ajratiladi va tub ko'paytiruvchilar ko`paytmasi shaklida

Yoziladi a=2n3m……..pk

2)Natural bo’luvchilari soni (NBS) quyidagicha topiladi:

NBS(a)=(n+1)*(m+1)*...*(p+1)

Masalan:24 sonining natural bo`luvchilar sonini toping.

1) Buning uchun son tub ko'paytiruvchilarga ajratiladi va tub ko'paytiruvchilar ko`paytmasi shaklida

Yoziladi

24 2

12 2


6 2

3 3


  1. 24=23*31

2)NBS(24)=(3+1)*(1+1)=8

7.Berilgan a sonining natural bo`luvchilari yig`indisi Y(a) qanday topiladi.

1) Buning uchun son tub ko'paytiruvchilarga ajratiladi va tub ko'paytiruvchilar ko`paytmasi shaklida

Yoziladi a=2n3m……..pk

2) Y(a)=

Mustaqil yechish uchun misollar

1-misol. 17,22,31,35,41,47,241,208,311 sonlarining qaysilari tub sonlar?

2-misol.tengsizliklarning tub sonlardan iborat yechimlarini toping?



  1. 1549 2) 2060

3-misol. 90 ning hamma bo`luvchilarini toping.ulardan tub bo`lganlarini alohida yozing.

4-misol.quyidagi sonlarning natural bo`luvchilari nechta.



  1. 260 2) 60 3) 45 4) 100

5-misol.Qaysi juftlik o`zaro tub sonlardan iborat.

1)25 va34 2) 12 va 15 3)11 va 28 4)45 va 16 5)25 va 36 6)18 va 15

6-misol.Quyidagi sonlarning natural bo`luvchilari yig`indisini toping.

1)256 2)200 3)75 4)19 5)156 6)96

E`tiboringiz uchun rahmat !!!

@UstozAdminUz ga murojat qiling



Kanalimizga ulaninsh uchun

@Kutubxona_Testuz
Download 20.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling