7. korrupsiya ijtimoiy-ma’naviy hodisa sifatida reja
Download 47.6 Kb.
|
7. KORRUPSIYA IJTIMOIY-MA’NAVIY HODISA SIFATIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
7. KORRUPSIYA IJTIMOIY-MA’NAVIY HODISA SIFATIDA R e j a : Korrupsiya tushunchasi, uning ko’rinishi va shakllari. Korrupsiya – bu shaxsiy boyish yo’lida davlat hokimiyat vakolatlarini suiiste’mol qilish. Korrupsiya ijtimoiy hodisa sifatida. Korrupsiya jinoyatchiligi – doimiy ravishda sinfiy va tarixan takomillashuvchi va o’zgaruvchi hodisa. Korrupsiyaning asosiy turlari: subyektlarning maqomiga ko’ra, darajasiga ko’ra, ijtimoiy xavflilik darajasiga ko’ra. Korrupsiyaga qarshi kurash tarixi. Xammurapi tomonidan yaratilgan qonunlar. O’rta asrlarda sharq davlatlarda amalda bo’lgan qonun – qoidalar. O’rta Osiyoda hukmronlik qilgan xonliklar davrida korrupsiya holatlari. Tayanch tushunchalar: Korrupsiya, Xammurapi, shaxsiy manfaatlar, moddiy yoki nomoddiy naf. Korrupsiya- mansabdor shaxslarning mansab vakolatlaridan foydalangan holda shaxsiy daromad orttirish bilan bog’liq bo’lgan jinoyat. Korrupsiya jinoyatlari yashirin iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Ko’pincha biz korrupsiya deganda mansabdor shaxslar tomonidan o’z shaxsiy ehtiyojlarini ko’zlab, moddiy boyish maqsadida odamlardan pora talab qilish, qonunga zid ravishda moddiy boyliklarni qo’lga kiritish tushuniladi. Biroq, umuman olganda, nafaqat mansabdor shaxslargina emas, balki, oddiy korxona boshliqlari yoki firmalarning menejerlari ham korrupsiyaga aloqador ishlarning faol ishtirokchilari bo’lishi mumkin; pora turli shakllarda berilishi mumkin. Nafaqat pul bilan,balki boshqa shaklda berilishi mumkin; korrupsiyaga doir munosabatlarning tashabbuschilari ba’zan davlat amaldorlari emas, balki tadbirkorlar bo’lishi ham mumkin. “Korrupsiya” atamasining etimologik jihati xususida turli fikrlar mavjud. Keng ommalashgan birinchi fikr tarafdorlariga ko’ra, etimologik jihatdan ,,korrupsiya’’ atamasi lotincha ,,corruptio’’so’zidan kelib chiqqan bo’lib ,,pora evaziga og’dirish’’ degan ma’noni anglatadi. Keyingi qarashga ko’ra, ,,korrupsiya’’ atamasi lotincha ,,corruptum’’ so’zidan kelib chiqqan bo’lib ,,buzilish’’ , ,,aynish’’ , ,,tanazzul’’ degan ma’noni anglatadi. Uchinchi fikrga ko’ra, ,,korrupsiya’’ lotincha ,,corruptum’’ so’zidan kelib chiqqan bo’lib ,,singan, buzilgan’’ degan ma’noni anglatadi va shaxsiy hayot hamda korporativ foyda yo’lida jamoat manfaatlariga putur yetkazishni anglatadi. Yuridik ensiklopediya mualliflarining ta’kidlashicha, ,,korrupsiya – davlat amaldorlariga berilgan vakolatlar va huquqlardan o’z manfaati yo’lida shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat’1’. Yuridik atamalar qomusiy lug’atida korrupsiya tushunchasiga ,,hokimiyat vakolatiga ega bo’lgan(yoki ularga tenglashtirilgan) mansabdor shaxslarning qonunga zid tarzda moddiy yoki boshqa boyliklarni egallab olishda o’z mavqei va u bilan bog’liq xususiyatlardan foydalanishi, shuningdek, bu boylik va imtiyozlarni oddiy fuqarolar yoki mansabdor shaxslar noqonuniy tarzda egallashiga imkon berishi ’’2, deb ta’rif berilgan.. BMTning xalqaro miqyosda korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha ma’lumotida shunday deyilgan:,,Korrupsiya – bu shaxsiy manfaatlarni ko’zlagan holda moddiy boyish uchun davlat hokimiyatini suiiste’mol qilish3’’. Korrupsiya tushunchasi Jahon bankining hisobotida ham keltirib o’tilgan. Korrupsiya – bu shaxsiy boyish yo’lida davlat hokimiyat vakolatlarini suiiste’mol qilish. O’zbekiston Respublikasining ,,Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida’’gi Qonunning 3-moddasida korrupsiya tushunchasiga shunday ta’rif berilgan: ,,Korrupsiya – shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish’’4. Korrupsiyaning bunday talqini hozirgi zamon kriminologiyasida ham mavjud. Masalan, A. I. Dolgova korrupsiya tushunchasiga ,,davlat amaldorlari yoki o’zga xizmatchilar pora evaziga og’dirilishi va shu asosda ular o’z xizmat vakolatlaridan shaxsiy yoki tor gruppaviy manfaatlarda foydalanishi bilan tavsiflanuvchi ijtimoiy hodisa’’5, deb ta’rif bergan. N.F.Kuznetsova korrupsiya deganda davlat apparati va nodavlat tuzilmalarining xodimlarini pora evaziga og’dirishdan iborat bo’lgan ijtimoiy xavfli hodisani tushunadi6. Agar biz korrupsiyani ijtimoiy hodisa sifatida talqin qiladigan bo’lsak, korrupsiya tushunchasining pora evaziga sotib olish, poraxo’rlik bilan bog’liq bo’lmagan kengroq talqini ham mavjud. B.J.Ahrorov ,,Korrupsiya tushunchasi turli adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Uning yagona tarifi yo’q, u o’zida bir necha g’ayriqonuniy xatti – harakatlarni mujassamlashtirishi mumkin. Xatto xalqaro tashkilotlarning tavsiyalaridan ham uning yagona tarifi yaratilmagan’’7, deb fikr bildiradi.So’ngi paytlarda chop etilgan manbalarda ,,korrupsiya huquqbuzarligi’’, boshqaruv tartibiga aloqador jinoiy xatti – harakatlar esa ,,korrupsiya’’deb atalmoqda. Agar biz solishtiradigan bo’lsak, boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlari va korrupsiya tushunchalarining mohiyati turlicha va ular orasida farqlar ham mavjud. Korrupsiya – vakolatga ega shaxslar tomonidan o’z mavqei yoki boshqaruv vakolatlaridan foydalangan holda o’z moddiy ehtiyojlarini ko’zlab sodir etiladigan jinoyatlar yig’indisi. Korrupsiya deganda davlat tizimida faoliyat yuritayotgan shaxslar tomonidan noqonuniy tarzda xizmat vakolatlaridan foydalanib, umumiy tarzda moddiy yoki nomoddiy manfaatdorlikka erishish tushuniladi. L.V.Mixayilov ,,Korrupsiya atamasi AQSH olimlari tomonidan ayniqsa chuqur va har tomonlama ilmiy tarzda o’rganilgan. Korrupsiya muammolarining amerikalik tadqiqotchilari bu hodisani davlat arboblari, davlat tizimida faoliyat ko’rsatayotgan shaxslar, biznesmenlar va boshqa shaxslar moddiy boyish va o’z ijtimoiy holatlarini yaxshilash, maqsadlarida o’z manfaatlarini, oilaviy yoki gruppaviy manfaatlarni ko’zlab, o’z vakolatlaridagi vazifalarni va davlat funksiyalarini bajarishdan bosh tortishi sifatida tavsiflaydilar’’8, deb yozadi. G.Blek korrupsiya tushunchasiga turlicha fikrlar keltirib o’tgan: 1)davlat amaldorlarining vakolatlari doirasidagi vazifalari va o’zga shaxslarning huquqlari bilan mutanosib bo’lmagan muayyan erkinliklar va imtiyozlar berish niyatida sodir etiladigan qilmish; 2)vakolatli shaxslarning o’z vakolatidan yoki maqomidan o’zga odamlarning vazifalari va huquqlariga qarshi bo’lgan niyatlarda o’zi yoki boshqalar uchun biron-bir ustunlikni qo’lga kiritish maqsadida g’ayriqonuniy ravishda foydalanishidan iborat bo’lgan qilmish sifatida tavsiflanadi. Korrupsiya jinoyatchiligi – doimiy ravishda sinfiy va tarixan takomillashuvchi va o’zgaruvchi hodisa hisoblanadi. P.A.Kabanov ,,korrupsiyaga davlat boshqaruv tizimida va boshqaruv muassasalarida faoliyat yuritayotgan shaxslar o’z xizmat vakolatlaridan moddiy boylik ortirish uchun foydalanishidan iborat bo’lgan ijtimoiy hodisa’’9, deb ta’kidlaydi. Korrupsiya – davlat lavozimidan suiiste’mol qilgan holda shaxsiy manfaat uchun hokimiyat vakolatidan g’ayriqonuniy foydalanish. ,,G’ayriqonuniy’’ tushunchasi davlatning hokimiyat vakolatlariga ega shaxslarning xulq-atvorini va xarakterini tartibga soluvchi qonunlar va tartiblar borligini anglatadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqsak, korrupsiya tushunchasiga turli adabiyotlarda berilgan turlicha tariflarni ko’rishimiz mumkin. Biz yuqoridagi ta’riflarni tahlil qilish orqali quyidagi xulosalarga keladik: birinchidan, avvalo bu tushuncha, aniq ta’rifi mavjud bo’lmagan ko’p tarmoqli ijtimoiy hodisa;buning natijasida korrupsiya jinoyatlari jamiyatning doimiy barcha sohalarining kundalik tarmoqlarning va davlatning inqiroziga asos yaratib berishga xizmat qilishi mumkin; ikkinchidan, mazkur xatti – harakatni sodir qiluvchi subyektlarining muayyan doirasi mavjud(bu,avvalo, davlat amaldorlari, davlatning vakolatlarini bajarish huquqiga ega bo’lgan mansabdor shaxslar, shuningdek xususiy sohalarda faoliyat yuritayotgan shaxslar), uchinchidan, korrupsiyani vujudga keltiruvchi subyektlar o’z mansab vakolatidan, lavozimidan, berilgan huquqiy mavqeidan va egallagan lavozimidan korxona yoki davlat idoralari xizmat (ya’ni davlat xizmati va xususiy sektor tashkilotlaridagi xizmat) manfaatlariga hamda huquq va axloq - odobning belgilangan me’yorlariga zid tarzda foydalanadilar; to’rtinchidan, korrupsiyani vujudga keltiruvchi subyektlarning bunday qilmishlarni sodir etishdan maqsad shaxsiy boylik orttirish maqsadida yoki boshqa odamlarning manfaatlaridan foydalangan holda yoxud korporativ manfaatlarni ko’zlab amalga oshirilishi mumkin. Agar biz korrupsiyaning shakllarini tahlil qilsak, biz mansab vakolatini suiiste’mol qilish shakllari juda rang-barang ekanligini ko’ramiz. Turli darajalarga ko’ra korrupsiyaning har xil turlari mavjud. Korrupsiyaning asosiy turlari quyidagicha tavsiflanadi: Download 47.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling