«№___poyezd mashinistiga tarkibni yengilroq profilga surib to‘xtatishga ruxsat beraman, _____ stansiyaning kirish signali ("Stansiya chegarasi" signal belgisi) gacha bo‘lgan yo‘l uchastkasi poyezdlardan bo‘sh. DNS ______».
25. Peregonda motorvagon poyezdi majburan to‘xtab qolib, uning keyinchalik mustaqil harakatlanishiga iloji bo‘lmasa, unga ortidan kelayotgan motorvagon poyezdini, peregondan yo‘nalishdagi birinchi stansiyaga ikkilangan tarkibda chiqarish uchun ulash ruxsat etiladi. Ikkala poyezdning avtotormozlari umumiy magistralga qo‘shilishi lozim.
Ikkala poyezdning mashinistlariga (bu maqsadda mavjud barcha aloqa vositalaridan foydalanib) quyidagi shaklda uzatiladigan poyezd dispetcherining qayd etiluvchi buyrug‘iga binoan tarkiblar birlashtiriladi:
«№_____ va №_____ poyezdining mashinistlari. Poyezdlarni birlashtirib, ikkilangan tarkib bilan _____________ stansiyasigacha harakatlaninglar. DNS ___________».
Birlashtirilgan poyezdni birinchi poyezdning boshqaruv kabinasidan boshqarishning iloji bo‘lmasa, poyezd va tormozlar ikkinchi poyezdning boshqaruv kabinasidan boshqariladi, bunda harakatlanish tezligi 25 km/soat dan oshmasligi lozim. Birinchi poyezdning boshqaruv kabinasida mashinist bo‘lib, harakatni kuzatib borishi va zarurat tug‘ilganda shoshilinch tormozlash bilan to‘xtash choralarini ko‘rishi shart.
Birlashtirish va ikkilangan tarkib bilan harakatlanishda ikkala poyezd lokomotiv brigadalarining ish tartibi mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, AJ raisi tomonidan belgilanadi.
26. Peregonda yo‘lovchi poyezdining majburiy to‘xtab qolishida, uning keyinchalik mustaqil harakatlanish imkoni bo‘lmasa, bu poyezdga yordam, yordamchi lokomotiv bilan poyezdning bosh tomonidan ham va poyezdning ort tomonidan ham, yo‘lovchi poyezdini muvofiq ravishda oldinda yoki orqada joylashgan stansiyaga olib chiqish yo‘li bilan ko‘rsatilishi mumkin. Yordamchi lokomotiv mashinisti kutilayotgan harakat yo‘nalishi xaqida yo‘lovchi poyezd mashinistini, u o‘z navbatida bu xaqda yo‘lovchi poyezdi boshlig‘i (mexanik-brigadir) ni ogohlantirishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |