7-laboratoriya mashg’uloti. Bog'langan ro'yxat
Download 218 Kb.
|
7-laboratoriya mashguloti MTA 2020 2021
5–variant. Kutubxonada mavjud kitobning ayni vaqtdagi holati haqidagi ma’lumotlar bilan ishlovchi dastur yarating.
Har bir kitob quyidagi ma’lumotlardan tashkil topadi: UDK nomeri; Muallif ismi sharifi; Nomi; Nashr etilgan sanasi; Kitobning kutubxonadagi miqdori; Dastur quyidagilarni amalga oshirishi kerak: kutubxonadagi barcha kitoblar haqidagi ma’lumotlarni ro’yxat ko’rinishida tasvirlash; kutubxonaga kelgan yangi kitob haqidagi ma’lumotlarni ro’yxatga qo’shish; kitob kitobxonga berilganda uning UDK nomeri kiritiladi, dastur kutubxonada mavjud kitoblar sonini bittaga kamaytiradi ѐki so’ralgan kitob kutubxonada mavjud emasligi ѐki u qo’lda ekanligi haqida ma’lumot chiqarish; kutubxonaga qaytgan kitobning UDK nomeri kiritiladi va dastur kitoblar ro’yxatini bittaga orttirish; so’rov bo’yicha kutubxonada mavjud kitoblar haqidagi ma’lumotlarni chiqarish. 6–variant. Avtobus parkidagi avtobus haqidagi dinamik ma’lumotlardan tashkil topgan dastur tuzing. Har bir avtobus haqidagi ma’lumotlar quyidagilardan iborat: avtobus nomeri (raqami); haydovchi ismi sharifi; yo’nalish nomeri; avtobusni parkda ѐki yo’nalishda ekanligini ifodalovchi belgi.
parkdagi barcha avtobuslar haqidagi dastlabki ma’lumotlarni ro’yxat ko’rinishida taqdim etish; har bir avtobus parkdan chiqaѐtganda uning nomeri kiritiladi va dastur shu avtobus haqidagi ma’lumotlarga “avtobus yo’nalishda” belgisi qo’yiladi; har bir avtobus parkka kirganda uning nomeri kiritiladi va dastur shu avtobus haqidagi ma’lumotlarga “avtobus parkda” belgisi qo’yiladi; so’rov bo’yicha avtobus parkda ѐki yo’nalishda ekanligi haqidagi ma’lumotlarni chiqarish. 7–variant. Libirentdan qidirish usuliga mo’ljallangan dastur yaratish. Labirent kvadratlardan iborat bo’lgan matrisa ko’rinishda ifodalangan. Har bir kvadrat ochiq ѐki ѐpiq bo’lishi mumkin. Yopiq kvadratga kirish taqiqlangan. Agar kvadrat ochiq bo’lsa unga kirish mumkin, faqat burchakdan emas. Har bir kvadrat matrisadagi koordinatasi bilan ifodalanadi. Dastur labirent orqali belgilangan joydan kirish kerak. O’tish yo’li qidirilganidan so’ng, topilgan o’tish yo’li kvadratlarning koordinatalari ko’rinishida chiqariladi. Yo’llarni saqlash uchun stekdan foydalaning. 8–variant. Avtomobil to’xtash joyida bitta mashinalar turish chizig’idan iborat va u yagona kirishga va yagona chiqishga egadir. Avtomashina egalari ixtiѐriy vaqtda va joydan avtomashinalarini olib kirish hamda chiqib ketish imkoniyati yo’q. Endi avtomashina egasi o’z mashinasini to’xtash joyidan olib kirish ѐki chiqib ketishi uchun belgilangan tartibda amalga oshiradi. Shunday dastur tuzish kerak-ki, dastur avtomashinalar to’xtash joyiga mashinani olib kirish va chiqish jaraѐnini modellashtirsin. Dasturni buyruq kiritish satriga ixtiѐriy avtomashina raqamini kiritilgandan uni to’xtash joyiga qachon krishi ѐki qachon chiqib ketishi haqida ma’lumot bersin. Ushbu jaraѐn navbat shaklida tashkil qilinsin. 9–variant. Egiluvchan magnit diskka ѐzishni modellashtiruvchi dastur yarating. Diskdagi umumiy hajm 360 Kbayt. Fayllar 18 baytdan 32 Kbaytgacha bo’lgan oraliqdagi ixtiѐriy uzunlikka ega. Fayllar ishlatilish jaraѐnida diskka ѐzilishi ѐki o’chirilishi mumkin. Dastlab fayllar bir tekisda, ketma ket ѐziladi. Diskdan fayl o’chirilgach o’rnida bo’shliq hosil bo’ladi va yangi ѐzilaѐtgan fayl shu bo’shliqqa sig’sa u shu yerga ѐziladi. Aks holda yangi fayl diskdagi eng oxirida ѐzilgan fayldan keyingi o’ringa ѐziladi. Agar fayl hajmi eng katta bo’sh joydan ortib ketsa halokat xabari beriladi. Faylni ѐzish ѐki o’chirish jaraѐnida buyruqlar satrida fayl nomi, uning uzunligi (baytlarda) va ѐzish ѐki o’chirish kerakligi haqidagi belgini kiritish talab etiladi. Dastur so’rov asosida diskdagi bo’sh joy haqida ma’lumot berishi kerak. Ko’rsatma: diskdagi bo’sh va band xotira joylari ro’yxatini tuzib chiqish kerak bo’ladi. Download 218 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling