7-maruza: bo’shliqichlilar (coelenterata) tipi
Ko’payishi va rivojlanishi
Download 51.81 Kb.
|
7-MARUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korall riflari.
Ko’payishi va rivojlanishi. Korall poliplar jinssiz va jinsiy ko’payadi. Yakka poliplar (aktini- yalar) ba’zan bo’linib, kolonial poliplar kurtaklanib ko’payadi. Korall poliplar odatda ayrim jinsli. Jinsiy bezlari septalar endodermasi bilan mezogleya orasida joylashgan. Spermatozoidlar septa epiteliysidan tana bo’shlig’i va og’iz teshigi orqali suvga chiqadi; urg’ochisi og’iz teshigida kirib, tuxum hujayrani urug’lantiradi. Tuxumdan chiqqan planula lichinkasi oldingi tomoni bilan substratga yopishib, polipga aylanadi.
Korall riflari. Atlantika, Hind va Tinch okeanlari tropik qismida rif hosil qiluvchi madrepor korallar tarqalgan. Ular boyi 2 m, ba’zan 4 m ga (Asgoroga) yetadi. Riflar iliq dengizlarning qirg’oqqa yaqin sayoz qismida, ayniqsa Avstraliya, Indoneziya, Okeaniya sohillarida keng tarqalgan. Riflar Qizil dengizda ham uchraydi. Korallar qishda harorat 20° dan pastga tushmaydigan suvlarda ayniqsa, barq urib rivojlanadi. Riflar tanasida bir hujayrali suv o’tlari simbioz yashaydi. Shu sababdan korallar suvning yorug’lik yetib boradigan 50 m gacha chuqurligida tarqalgan; kam sho’rlangan suvlarda, daryolarning quyilish joyida uchramaydi. Medrepor korallar ifloslanmagan, kislorodga boy suvlarda rivojlanadi. Korall riflari dengiz hayvonlari uchun yashash va ko’payish joyi hisoblanadi. Dengizlarning riflar tarkalgan joylarida suv o’tlari, mollyuskalar, chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, ninaterililar, baliklar va bo’shliqichlilar juda xilma-xil bo’ladi. Korall riflarida hayot kechiradigan suv o’tlari va hayvonlar birgalikda korall riflari biotsenozini hosil qiladi. Biotsenozdagi qattiq skeletga ega bo’lgan organizmlar rif hosil bo’lishida ishtirok etadi. Boshqa ko’zga yaqqol tashlanadigan organizmlar uchun esa riflar pana joy hisoblanadi. Riflar qirg’oq riflari, bar′yer riflari va atollarga ajratiladi. Qirg’oq riflari qirg’oqni dengiz tomon- dan o’ rab turadi. Barer riflari qarg’oqdan nariroqda, unga parallel joylashadi. Avstraliya yaqinidagi bar′yer riflari qit’aning shimoliy sohillari boylab 1400 km masofaga cho’zilgan. Atollar suvdan bir oz turtib chiqib turadigan halqa shaklidagi rif orollalaridan iborat. Halqa ichida dengiz suvidan iborat laguna bo’ladi. Suv, shamol yoki qushlar yordamida har xil o’simliklar urug’i kelib o’sib qolishi tufayli atollarda hayot boshlanadi. Ch. Darvin korall riflarini "Bigl" kemasida sayohat qilganida tekshirib, bar′yer riflari va atollarni qirg’oq riflaridan kelib chiqqanligini isbotlab bergan. Agar qirg’oq riflari bilan har tomondan o’rab olingan orol asta-sekin cho’ka boshlasa, riflar oroldan ajralib qolib, bar′yer riflariga aylanadi. Orol cho’kib, uning atrofi ko’tariladigan bo’lsa, atollar hosil bo’ladi. Korall poliplar uchta kenja sinf kiradi. Download 51.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling